46–BOB
1 Egam aytar: “Xudo Bel tiz choʻkdi, xudo Navo bukildi.
Ularning butlari molu hayvonga yuk boʻldi.
Oldin koʻtarib yurganlaringiz
Endi toliqqanga yuk boʻldi.
2 Ular egildi, birga tiz choʻkdi,
Ular endi yukni qutqara olmaydi,
Oʻzlari esa asir boʻlib ketadi.
3 Ey Yoqub nasli! Menga quloq soling!
Ey Isroil naslining omon qolganlari!
Ey xalqim! Tugʻilganingdan beri seni onaday koʻtarib yurdim,
Ha, dunyoga kelmasingdan oldin Men tayanching boʻldim.
4 Keksayguningcha ham Men Oʻshaman,
Soching oqarganda ham seni koʻtarib yuraman.
Men seni yaratganman, Oʻzim seni koʻtaraman.
Oʻzim seni koʻtarib, qutqaraman.
5 Meni kimga oʻxshatasan?!
Kimga tenglashtirasan?!
Meni kimga taqqoslaysan?!
Nima, Men oʻshalar bilan teng boʻlib qoldimmi?!
6 Mana, odamlar hamyondan tilla chiqaradilar.
Kumushni tarozilarda tortadilar.
Usta yollab, xudo yasattiradilar.
Ular oʻsha xudosiga taʼzim qiladilar.
Ha, unga sajda qiladilar.
7 Oʻsha xudosini opichlab olib ketadilar,
Uni joyiga oʻrnatib, turgʻizib qoʻyadilar.
U joyidan qimirlamay turaveradi.
Kimdir unga yolvorganda, javob bermaydi,
Mashaqqatidan xalos qila olmaydi.
8 Buni yodda tuting, mahkam boʻling!
Ey isyonkorlar, buni esga olib turing!
9 Azaldan boʻlganlarni yodda tuting!
Axir, Men Xudoman, boshqasi yoʻq!
Men Xudoman, Menga oʻxshagani yoʻq!
10 Oxirida nima boʻlishini boshidayoq aytaman.
Sodir boʻlmaganlarni oldindan bildiraman.
«Niyatlarim bajo boʻladi,
Barcha istaklarimni ijro etaman», deb aytmoqdaman.
11 Sharqdan yirtqich qushni chaqiryapman.
Ha, xohishimni bajaradiganni
Uzoq yurtdan chaqiryapman .
Men Oʻz aytganimni bajo qilaman!
Ha, oʻylaganimni amalga oshiraman!
12 Menga quloq soling, ey oʻjarlar!
Gʻalaba uzoq, deb oʻylaganlar!
13 Mana, Men gʻalaba keltiraman, u uzoqda emas.
Kechiktirmay najot beraman.
Ha, Quddusga najot ato qilaman,
Isroilga Oʻz ulugʻvorligimni beraman.”