4–BOB
1 Oʻsha kuni yetti ayol bir erkakni tutib olib, shunday deydi:
“Oʻz nonimizni yeymiz,
Oʻz kiyimimizni kiyamiz.
Sharmandaligimizdan bizni qutqaring,
Bizni sizniki deb bilishsa boʻldi.”
2 Oʻsha kuni Isroildagi omon qolganlarga
Yurtning hosili iftixor, ulugʻvorlik boʻladi.
Ha, Egamning novdasi koʻrkam, ulugʻvor boʻladi.
3 Quddusda omon qolganlar,
Oʻsha Sion shahrida qolganlar
“Muqaddas” deb ataladi.
Ular Quddusda hayot kitobiga yozilgan.
4 Adolat ruhi, otash ruhi ila
Rabbiy yuvib tashlaydi
Quddus xalqining harom–xarishini,
Poklaydi Sionning qon dogʻlarini.
5 Jamoa uzra kunduzi bulutni,
Tunlari tutunni, yorugʻ alangani
Egam barpo qiladi butun Sion togʻida .
Ha, oʻsha hashamatli shahar uzra
Egam Oʻzi soyabon boʻladi.
6 U soya, koʻlanka boʻladi kunduzi issiqdan,
Panoh, boshpana boʻladi boʻronu yomgʻirdan.