39–BOB
Bobildan kelgan elchilar
1 Oʻsha paytlarda Bobil shohi Baladon oʻgʻli Marduxbaladon shoh Hizqiyoga maktublaru hadyalar joʻnatdi. U Hizqiyoning xastalanib, keyin sogʻayganini eshitgandi. 2 Hizqiyo elchilarni koʻrib xursand boʻldi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushboʻy ziravorlarni va moylarni, butun qurol–yarogʻ omborini ularga koʻrsatdi. Hizqiyoning saroyidayu oʻz shohligida ularga koʻrsatmagan hech narsasi qolmadi.
3 Ishayo paygʻambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib:
— Bu odamlar qayerdan kelibdi? Senga nimalar dedi? — deb soʻradi.
— Uzoq bir yurtdan, Bobildan kelibdilar, — deb javob berdi Hizqiyo.
4 — Ular saroyingda nimalarni koʻrdi? — deb soʻradi Ishayo.
— Saroyimdagi hamma narsani koʻrdilar, — deya javob berdi Hizqiyo. — Xazinalarimda men ularga koʻrsatmagan hech narsa qolmadi.
5 Shunda Ishayo aytdi:
— Endi Sarvari Olamning soʻziga quloq sol. 6 Egamiz aytmoqdaki: “Bir kun kelib, saroyingdagi hamma narsa, ota–bobolaringning bugungacha toʻplab qoldirganlari Bobilga tashib ketiladi. Hech narsa qolmaydi. 7 Sening pushti kamaringdan bino boʻlgan oʻgʻillaringdan baʼzilari ham olib ketiladi. Ular Bobil shohining saroyida bichilgan qullar boʻlib xizmat qiladi.”
8 Hizqiyo Ishayoga:
— Egamiz sen orqali aytgan soʻzlar xosiyatlidir, — dedi–da, ichida: “Umrim oxirigacha tinch, xotirjam yashar ekanman–ku”, deb oʻyladi.