36–BOB
Ossuriya qoʻshini Quddusga tahdid soladi
1 Hizqiyo hukmronligining oʻn toʻrtinchi yilida Ossuriya shohi Sanxariv Yahudo yurtiga hujum qildi. Uning hamma mustahkam shaharlarini bosib oldi. 2 Laxish shahridan Ossuriya shohi oʻz mulozimini katta lashkar bilan Quddusga, shoh Hizqiyo huzuriga yubordi. U Yuqori hovuz arigʻi yonida toʻxtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yoʻlda edi. 3 Shunda Xilqiyo oʻgʻli Eliyaqim, Shavna va Osif oʻgʻli Yoʻx Quddusdan chiqib, mulozimning yoniga bordilar. Shoh Hizqiyoning saroyida Eliyaqim bosh vazir boʻlib, Shavna kotib, Yoʻx esa mushovir boʻlib xizmat qilar edilar.
4 Mulozim ularga shunday dedi:
“Ulugʻ Ossuriya shohining shu gaplarini Hizqiyoga yetkazing: «Nimangga ishonyapsan oʻzi? 5 Harbiy mahoratingdan va kuch–qudratingdan gapiryapsan, lekin bular quruq gaplar–ku! Kimingga ishonib menga itoat etmayapsan? 6 Ha, sen Misrga ishonyapsan. Lekin Misr yoriq qamishdan qilingan hassaga oʻxshaydi–ku! Unga suyansang, qoʻlingga sanchiladi. Misr firʼavniga ishonganlarning hammasi shu ahvolga tushadi. 7 Balki sizlar: ‘Biz Egamiz Xudoga ishonamiz’, deb aytarsizlar menga. Axir, Hizqiyo oʻsha Egangizning sajdagohu qurbongohlarini buzib tashlab, Yahudo xalqiga va Quddusliklarga: ‘Faqatgina Quddusdagi qurbongohning oldida sajda qilinglar’, deb aytgan ekan–ku! »
8 Kelinglar, endi Ossuriya shohi janobi oliylari nomidan sizlar bilan bir garov oʻynaylik. Biz sizlarga ikki mingta ot beramiz, qani, ularni minishga odam topinglar–chi! 9 Qani, koʻraylik–chi, shohimning qullari orasidagi eng kichik bir lashkarboshisini magʻlub qila olasizmi?! Axir, oʻzingiz Misrning jang aravalariyu otliqlariga umid bogʻlab oʻtiribsiz. 10 Qolaversa, bizni Egangizning xohishisiz bu yurtni vayron qilishga kelgan, deb oʻylaysizlarmi? Egangizning Oʻzi bizga: «Oʻsha yurtga borib, u yerni vayron qilinglar», deb amr bergan–ku!”
11 Eliyaqim, Shavna va Yoʻx Ossuriyalik mulozimga:
— Bu qullaringga oramiycha gapiraver, oramiychani tushunamiz. Ibroniycha gapirma. Tagʻin devor ustidagilar bizning gapimizni eshitib qolmasin, — dedilar. 12 Mulozim esa shunday javob berdi:
— Shohim bu soʻzlarni faqat hukmdoringizga va sizlarga gapirsin, deb meni yuboribdimi?! Devor ustida toʻplangan odamlarga ham gapiryapman–da. Ular ham, sizlar kabi tezaklarini yeb, siydiklarini ichishga giriftor qilingan.
13 Soʻngra u tik turib, baland ovoz bilan ibroniycha gapirdi: “Ulugʻ Ossuriya shohining gaplarini eshiting! 14 Shoh hazratlari shunday aytmoqda: Hizqiyo sizlarni yoʻldan urmasin. U baribir sizlarni qutqara olmaydi. 15 «Egamiz bizni albatta qutqaradi, bu shahar Ossuriya shohi qoʻliga taslim boʻlmaydi», deb Hizqiyo sizlarni Egangizdan umidvor qilmasin.
16 Shohingiz Hizqiyoga quloq solmanglar. Mana, Ossuriya shohi aytmoqda: men bilan sulh tuzib, mening oldimga chiqinglar. Shunda har kimga oʻz uzumzoriyu anjir daraxti hosilidan yeyishga, oʻz sardobasidan suv ichishga ijozat beriladi. 17 Soʻngra men sizlarni oʻz oʻlkangizga oʻxshagan bir yurtga olib boraman. U joy bugʻdoy, sharob, non, uzumzorlarga boy yurtdir. 18 Yana Hizqiyo: «Egamiz bizni qutqaradi», deb sizlarni aldamasin. Qani, qaysi xalqning xudosi oʻz yurtini men, Ossuriya shohining qoʻlidan qutqaribdi?! 19 Xomat bilan Arpad shaharlarining xudolari qani?! Sefarvayimning xudolari–chi?! Birorta xudo Samariyani mening qoʻlimdan qutqara olmadi–ku! 20 Jamiki xalqlarning xudolaridan qaysi biri oʻz yurtini mening qoʻlimdan qutqaribdiki, Egangiz Quddusni qutqara olsa?!”
21 Ammo xalq jim turaverdi. Birontasi ham javob bermadi. Chunki shoh Hizqiyo: “Uning gapiga javob qaytarmanglar”, deb farmon bergan edi. 22 Shundan keyin bosh vazir Eliyaqim, kotib Shavna va mushovir Yoʻx qaygʻudan liboslarini yirtib, Hizqiyoning oldiga keldilar–da, Ossuriya mulozimining gaplarini Hizqiyoga aytib berdilar.