34–BOB
Egamiz elatlarni jazolaydi
1 Ey elatlar, yaqinroq keling, quloq soling!
Ey xalqlar, diqqat qiling!
Eshiting, ey zamin, zamindagi bor jonzot!
Olamu uning mahsuli, eshiting!
2 Ha, Egamiz butun elatlardan gʻazabda,
Ularning lashkarlariga qahri keldi.
Egamiz ularni tamomila qirib tashlaydi.
Ularni boʻgʻizlashga hukm etgan.
3 Murdalari koʻmilmay qolib ketadi,
Jasadlaridan qoʻlansa hid anqiydi,
Ularning qoni qirlarda daryo boʻlib oqadi.
4 Samodagi hamma yulduzlar chirib ketadi,
Osmon oʻrama qogʻozday eshilib ketadi.
Tokdan qurib tushgan barglar singari,
Daraxtidan toʻkilgan anjir singari,
Samoviy jismlar toʻkilib ketadi.
5 Egam aytar: “Ha, samolarda Mening qilichim paydo boʻldi .
Mana, u Edomga ,
Men halokatga hukm qilgan xalqning boshiga tushadi.”
6 Egamizning qilichi qonga bulgʻangan.
Qoʻzilar, echkilar yogʻiga, qoniga,
Qoʻchqor buyragining yogʻiga toʻygan.
Ha, Bozrax shahrida Egamizga qurbonlik bor,
Edom yurtida katta qirgʻin boshlanadi.
7 Yovvoyi buqalar, novvoslar, katta hoʻkizlar ham
Ular bilan birga qirilib ketadi.
Ularning yeri qon bilan sugʻoriladi,
Tuprogʻi yogʻni shimib oladi.
8 Ha, bu kun Egamizning qasos kunidir.
Quddus uchun Egamiz qasos oladigan yildir bu.
9 Edom irmoqlari qatronga aylanadi,
Tuprogʻi oltingugurtga aylanadi,
Butun yurt esa alanga ichida qoladi.
10 Alanga kechayu kunduz oʻchmaydi,
Tutun abadiy koʻtarilaveradi.
Bu yurt avlodlar osha
Vayrona boʻlib qolaveradi.
Hech kim uni to abad bosib oʻtmaydi.
11 U yer boyqushlaru kirpilarning mulki boʻladi,
Ukkiyu qargʻalar u yerda makon qiladi.
Ha, Egamiz bu yurtni oʻlchab,
Vayronayu xarobaga loyiq topdi.
12 Bu yurtda aslzodalar yoʻq endi,
U yerdan birorta shoh chiqmaydi,
Barcha shahzodalari yoʻq boʻlib ketadi.
13 Qalʼalarida tikanlar oʻsadi,
Saroylarida yantoqlar, qushqoʻnmas butalar bitadi.
U yer chiyaboʻrilarga maskan boʻladi,
Tuyaqushlarning boshpanasi boʻladi.
14 Yovvoyi mushuklaru sirtlonlar
Bir–biriga duch keladi,
Yovvoyi echkilar bir–birini chaqirib maʼraydi,
U yerda tun sharpalari dam oladi,
Oʻsha yer ularga oromgoh boʻladi.
15 Ilonlar u yerda in qurib, tuxum qoʻyadi,
Soya joylarda bolalarini yigʻadi.
Quzgʻunlar u yerda juftlanib toʻplanadi.
16 Mana, Egamizning kitobidan topib, oʻqing:
Hayvonlaru qushlardan birontasi yoʻq boʻlmaydi,
Ularning hammasi juft–juft boʻladi,
Egamizning Oʻzi shunday amr etgan,
Uning Ruhi hammasini toʻpladi.
17 Egamiz qurʼa tashlab, har birining ulushini berdi,
Arqon bilan oʻlchab, yurtni ularga boʻlib berdi.
Bu yurt to abad ularning mulki boʻladi,
Avlodlar osha ular bu yerda yashaydi.