33–BOB
Najot va umid haqida bashorat
1 Ey talanmagan talonchi! Holingga voy!
Ey xiyonatni tatimagan xiyonatkor! Holingga voy!
Rosa talab boʻlganingdan soʻng,
Oʻzingni talon–taroj qiladilar.
Xiyonatni bas qilganingda,
Senga xiyonat qiladilar.

2 Ey Egamiz, bizga marhamat qil,
Biz Senga umid bogʻlaymiz.
Bizga har kuni kuch ato qil,
Kulfat chogʻi esa bizga najot ber.
3 Gumburlagan ovozingdan xalqlar tarqab ketar,
Sen qoʻzgʻalganingda elatlar qochib ketar.
4 Chigirtkalar yigʻilganday oʻljalaring yigʻilar,
Chigirtkalar uyumi kabi, oʻljalaringni talon–taroj qilishar.

5 Egamiz yuksalgandir. Ha, Uning maskani yuksakda.
Toʻldirgandir U Quddusni adolatu solihlik ila.
6 Ey Quddus, U kunlaringiz tinchligini mahkam tutadi,
Uning Oʻzi najot, ilm–maʼrifat, donolikning boy manbaidir.
Egamizdan qoʻrqish sizlarning xazinangizdir.

7 Ana qarang! Yahudoning jasur yigitlari
Koʻchalarda faryod qiladi,
Tinchlik elchilari achchiq–achchiq yigʻlaydi.
8 Katta yoʻllar huvullab qolgan,
Bu yoʻllardan yurmaydi hech kimsa,
Ahdlar buzildi, shaharlar vayron boʻldi ,
Inson oʻz qadrini yoʻqotdi.
9 Yurt aza tutdi, azob chekdi.
Lubnon oʻrmonlari isnodga qolib, qurib qoldi.
Sharon tekisligi sahroga oʻxshab qoldi,
Bashan , Karmil togʻidagi daraxtlarning yaproqlari qolmadi.

10 “Endi qoʻzgʻalaman,
— demoqda Egamiz. —
Endi Men yuksalaman,
Ha, Oʻzimni baland koʻtaraman.
11 Sizlar esa somonga homilador boʻlganday,
Foydasiz poyalar tuqqanday boʻlasiz.
Ruhingiz sizlarni olov kabi yeb bitiradi.
12 Xalqlar yonib, kul boʻladi,
Kesilib, olovga tashlangan tikanday boʻladi.
13 Ey uzoqdagilar, Mening qilganlarimni eshiting,
Ey yaqindagilar, qudratimni bilib oling!”

14 “Oramizda kim yamlamay yutadigan olov bilan tura oladi?
Oramizdagi kim yonib bitmas alanga yonida qola oladi?” deya
Quddusda gunohkorlar vahimaga tushdi,
Nopoklarni qoʻrquv egallab oldi.
15 Mana, qarang solih yashayotganlarga!
Ular toʻgʻri gapni gapiradi,
Tamagirlik foydasidan yuz oʻgiradi,
Pora olishdan qoʻllarini tiyadi.
Qotillarning fitnalariga qoʻshilmaydi,
Koʻzlarini yovuzlik jalb qila olmaydi.
16 Ha, shundaylarning maskani yuksaklarda boʻladi,
Togʻlardagi qoyalar boshpanasi boʻladi.
Nonu suvi hech qachon yetmay qolmaydi.

17 Mana, koʻzlaringiz ulugʻvor shohni,
Keng yoyilgan yurtni koʻradi.
18 Shunda oʻtmishdagi qoʻrquvni eslab, deysiz:
“Qani ekan oʻsha bosh lashkarboshi?
Qani oʻsha oʻljalarni oʻlchagan odam?
Qani endi minoralarni sanaganlar?”
19 Sizlar tillarini tushunmaydigan,
Gaplarini anglamaydigan,
Oʻsha takabbur xalqni endi koʻrmaysiz!

20 Mana, qarang Quddusga!
Bayramlarimiz shahriga boqing.
Oʻz koʻzlaringiz bilan Sionni,
Oʻsha osuda maskanni koʻrasiz.
Bu chodir hech qachon koʻchmaydi,
Uning qoziqlari surilmaydi,
Bironta arqoni uzilmaydi.
21 Ha, u yerda qudratli Egamiz bizning Shohimiz boʻladi,
U yerda keng daryolaru irmoqlar boʻladi.
Eshkakli urush kemalari kechib oʻta olmaydi,
Yelkanli jang kemalari ham u yerda suza olmaydi.
22 Axir, Egamiz hukmronlik qiladi,
Uning Oʻzi qonun–qoidani oʻrnatadi.
Egamiz bizning Shohimizdir,
Uning Oʻzi bizga najot beradi.

23 Kemangizning machtasi mustahkam emas,
Uning arqonlari zaiflashgan,
Uning yelkani yoyilmaydi .
Soʻng moʻl–koʻl oʻlja boʻlinadi,
Hatto choʻloq ham oʻljaga sherik boʻladi.
24 Orangizda hech kimsa, “Men xastaman”, demaydi,
Quddusdagilarning gunohlari kechiriladi.