24–BOB
Egamiz yer yuzini jazolaydi
1 Ana, Egamiz xarob etadi yer yuzini,
Vayronaga aylantiradi uni,
Ostin–ustin qiladi yer yuzini,
Tarqatib yuboradi zamin ahlini.
2 Bir taqdir kutmoqda
Xalq va ruhoniyni,
Qul va uning egasini,
Choʻriyu uning bekasini,
Xaridoru sotuvchini,
Qarzdoru qarz beruvchini,
Sudxoʻru qarz olganni.
3 Dunyo tamom vayron boʻladi,
Yer yuzi oʻljaga aylanadi.
Ha, Egamizning kalomi shudir.
4 Dunyo qurib, vayron boʻladi,
Yer yuzi qaygʻurib, tamom boʻladi,
Dunyoning magʻrur xalqi kuchdan qoladi.
5 Zamin bulgʻandi,
Axir, uning ahli qonunlarni buzdi,
Xudoning koʻrsatmalarini oyoq osti qildi.
Ha, abadiy ahd buzildi.
6 Shu bois laʼnat olamni yeb bitiradi,
Olam ahli gunohining jazosini tortadi,
Shu sababdan ular yoʻqolib bormoqda,
Juda oz odamlar qutulib qoldi.
7 Yangi sharobing tugadi, toklaring quridi,
Ilgari shod boʻlganlar ogʻir nafas olmoqda.
8 Doiraning joʻshqin sadosi kesildi,
Shodon ovozlar endi eshitilmaydi,
Arfaning shoʻx sadosi sukutga toldi.
9 Endi sharob ichib, qoʻshiq aytmaslar,
Ichganga sharobning taʼmi achchiq tuyular.
10 Vayrona shahar tashlandiq boʻldi,
Hamma uy berkilgan, kirib boʻlmaydi.
11 Sharob yoʻqligidan koʻchalarda shovqin–suron.
Evoh, shodlikdan asar ham qolmadi,
Dunyoni sevinch tark etdi.
12 Shahar xarobazor,
Darvozalari esa parcha–parcha.
13 Ha, hosil mavsumidan keyin,
Zaytun daraxti yoki uzumzor qanday boʻlsa,
Dunyodagi xalqlar ham shunday yalangʻoch boʻlib qoladi.
14 Mana, gʻarbdagilar
Egamizning buyukligini ovoza qiladilar.
Ular ovozlarini yuksaltirib,
Sevinchdan hayqiradilar.
15 Shu bois, ey sharq ahli, Egamizga hamdu sano ayting,
Ey dengiz orollarida yashovchilar,
Isroil xalqining Xudosi — Egamizni ulugʻlang.
16 Dunyoning eng chetidan qoʻshiqlar eshitarmiz:
“Odil Xudoga sharaflar boʻlsin!”
Ammo men: “Tamom boʻldim! Tamom boʻldim!
Endi holimga voy! — dedim. —
Xoinlar sotmoqdalar,
Ha, ular xoinlik qilmoqdalar!”
17 Ey olam ahli, sizni vahima,
Tuzoq va choh kutmoqda.
18 Vahimali ovozni eshitib qochgan chuqurga tushar,
Chuqurdan chiqqan esa tuzoqqa ilinar,
Osmonning qopqasi ochiladi,
Yerning poydevori titrab ketadi.
19 Yer parcha–parcha boʻlib,
Maydalanib ketadi.
Yer qattiq tebranadi.
20 Zamin mast odamday gandiraklaydi,
Daladagi chayladay tebranadi.
Gunohlarning ogʻirligidan bukchayib qoladi,
Yiqiladi–yu, qaytib tura olmaydi.
21 Oʻsha kuni Egamiz yuqoridagi samoviy kuchlarga,
Pastdagi zamin shohlariga jazo beradi.
22 Ular chohdagi asirlar kabi,
Bir joyga yigʻib olinadi,
Zindonga qamab qoʻyiladi,
Keyinroq ular jazolanadi.
23 Oy xijolat boʻlar, quyosh sharmanda boʻlar,
Sarvari Olam Quddusdagi Sion togʻida hukmron boʻlar.
Xalq oqsoqollariga U Oʻz ulugʻvorligini namoyon qilar.