23–BOB
Tir shahrini Xudo jazolaydi
1 Tir haqida bashorat:

Ey Tarshish kemalari, faryod qiling!
Siz Kipr sohilida eshitgan xabarlar toʻgʻri,
Boshpanangiz boʻlgan Tir vayron boʻldi.

2 Sukut saqlang, ey orol xalqi!
Ey Sidon savdogarlari!
Bir paytlar kemalarga toʻla edingiz.
3 Shixor doni, Nilning hosili
Tirning daromadi boʻlgan edi,
U elatlardan foyda qilardi.
4 Uyat senga, ey Sidon!
Axir, Tir, dengiz boʻyidagi qalʼa shunday demoqda:
“Na toʻlgʻoq azobin chekdim, na tugʻdim,
Na oʻgʻillar, na qizlar ulgʻaytirdim.”
5 Tir toʻgʻrisida eshitganda,
Misrning yuragi qinidan chiqay deydi.

6 Tarshishga joʻnang, ey qirgʻoq aholisi,
Faryod qiling!
7 Qadimda barpo boʻlgan,
Takabbur shahringizning holi ne boʻldi?
Endi darbadar boʻlasiz,
Uzoq, begona yurtni vatan qilasiz.
8 Tirga qarshi kim bunday qaror chiqardi?
Bu shahar shohlarga toj kiydirgandi,
Savdogarlari hukmdor edi,
Butun dunyo ularni izzat qilardi.
9 Sarvari Olam qabul qildi bu qarorni:
“Takabburligi, ulugʻvorligi yoʻq boʻlsin,
Butun olam izzat qilganlar yerga urilsin.”

10 Ey Tarshish ahli!
Nil boʻyidagi dehqonlar kabi,
Yerlaringga ishlov ber .
Axir, bandargohing yoʻq endi .
11 “Kanʼon qalʼalari vayron boʻlsin”, deb
Egamiz amr berdi.
Ha, U dengizga qarshi qoʻl koʻtardi,
Shohliklarni titratdi.
12 Egamiz shunday dedi:
“Zulm chekkan, ey Sidon ahli,
Endi xursandchilik bilmay oʻtasan.
Qani, Kiprga joʻna,
U yerda rohat nimaligin bilmay oʻtasan.”

13 Ana Bobil yurtiga boq, endi uning xalqi yoʻq. Ossuriyaliklar qurshov minoralari qurdilar, Bobilliklarning saroylarini yakson qildilar. Yurtni vayronaga aylantirdilar, yovvoyi hayvonlarga berdilar.

14 Faryod qiling, ey Tarshish kemalari,
Endi yoʻq boshpanangiz!

15 Shundan keyin Tir shahri bir shohning umricha — yetmish yilga unutiladi. Yetmish yil oʻtgandan keyin, Tir ham quyidagi qoʻshiqda aytilgan fohishaday boʻladi.

16 Arfangni ol, shahar boʻylab kez,
Ey hamma unutgan fohisha!
Qani, goʻzal qilib chal–chi!
Qoʻshiq ketidan qoʻshiq kuyla–chi!
Balki seni eslab qolarlar.

17 Yetmish yil oʻtgach, Egamiz Tir bilan yana aloqada boʻladi. Ammo Tir pul uchun yana fohishalik qila boshlaydi. Dunyoning hamma shohliklariga fohisha boʻladi. 18 Shahar tijoratdan va fahshdan olgan daromadlarini Egamizga ataydi. Daromadlar yigʻilmaydi ham, saqlanmaydi ham. Tijoratdan olganlarini toʻyguncha yesinlar, chiroyli kiyinsinlar deb, daromad Egamizning huzurida yashayotganlarga beriladi.