8–BOB
Butparast Isroil xalqi hukm qilinadi
1 Egamiz shunday deydi:
“Qani boʻling, bong uring!
Dushman burgutday xonadonimga hujum qilmoqda.
Axir, xalqim ahdimni barbod qildi,
Ular qonunimni buzdi.
2 Isroil xalqi Menga faryod qiladi:
«Ey Xudoyim, Seni tan olamiz», deb aytadi.
3 Oʻzlari esa ezgulikni rad etishdi,
Dushmanlar ularni taʼqib qiladi.

4 Ular roziligimni soʻramay shohlar tanlashdi,
Ijozatimni olmay, mulozimlar tayinlashdi.
Oltinu kumushlaridan butlar yasashdi,
Shu orqali boshlariga halokat keltirishdi.
5 Samariyaliklarning oltin buzogʻini Men rad etdim!
Ularga qarshi alanga olgandir Mening gʻazabim.
Qachon ular oʻzlarini poklab olishadi?
6 Butni Isroillik hunarmand yasagan–ku,
But Xudo emas!
Samariya shahrining buzogʻi parchalanib tashlanadi.

7 Shamolni ekkan odam boʻronni oʻrib olar.
Bugʻdoy boshoqsiz boʻlsa, xalq nonga zor boʻlar.
Bugʻdoyingiz boshoq tukkan taqdirda ham,
Uni begonalar yeb ado qilar.
8 Boshqa xalqlar orasida Isroil ado boʻldi,
Qadrsiz sopol idishga u oʻxshab qoldi.
9 Yolgʻiz daydigan qulonday u,
Ossuriyaga yordam soʻrab bordi.
Efrayim oʻzini oʻynashlariga sotdi.
10 U boshqa xalqlarga sotilgan boʻlsa ham,
Men uni yigʻib olaman.
Ossuriya shohining zulmi ostida
U tezda xazon boʻladi.

11 Efrayim gunohlarini yuvmoqchi boʻldi,
Qurbongohlar qurib tashladi.
Qurbongohlar esa gunoh makoni boʻlib qoldi.
12 Men bu xalqqa koʻplab qonunlar yozdim,
Biroq qonunlarimni ular yot deb biladi.
13 Ular Men, Egasiga aʼlo qurbonliklar keltirishsa ham,
Qurbonlik goʻshtidan tanovul qilishsa ham,
Men ulardan mamnun boʻlmayman.
Men jinoyatlarini esga olaman,
Gunohlari uchun jazosini beraman.
Ular Misrga qaytib ketadi .
14 Isroil oʻz Yaratuvchisini unutib, saroylar qurdi.
Yahudo koʻplab shaharlarni mustahkam qildi.
Men esa shaharlariga oʻt qoʻyaman,
Qalʼalarini olovga yem qilaman.”