9–BOB
Xudo Nuh bilan ahd qiladi
1 Xudo Nuh bilan uning oʻgʻillariga marhamat qilib, ularga dedi: “Uvali–juvali boʻlinglar, yer yuzini toʻldiringlar. 2 Yer yuzidagi jamiki hayvonlar, osmondagi hamma qushlar, yerda sudralib yuruvchi jonivor va hasharotlarning hammasi, dengizdagi hamma baliqlar sizlardan qoʻrqib, hurkadigan boʻladi. Bularning hammasi ustidan sizlar hukmron boʻlasizlar. 3 Oʻtni va sabzavotlarni sizlarga yemish qilib berganim singari, hamma tirik jonzotlarni ham sizlar uchun yemish qilib beraman. 4 Lekin etni qoni bilan yemaysizlar. Qonda jon boʻlgani uchun Men buni taqiqlayman. 5 Qotillik jazolanadi. Insonning jonini olgan insondan Men xun talab qilaman, insonni oʻldirgan har qanday hayvon oʻldirilishi lozim.
6 Kimki inson qonini toʻksa,
Uning qonini ham inson toʻkar.
Zero, inson zotini Men, Xudo,
Yaratganman Oʻz suratimda.
7 Barakali boʻlib koʻpayinglar, yer yuzida toʻlib–toshib, tobora ortib boringlar.”
8 Xudo Nuh bilan uning oʻgʻillariga yana gapirdi: 9 “Men endi sizlar bilan va sizlarning avlodingiz bilan ahd qilaman. 10 Sizlar bilan kemadan chiqqan hamma tirik jonzot — qushlar, chorva, yer yuzida yashovchi hamma jonivorlar bilan ham ahd qilaman. 11 Sizlar bilan qatʼiy ahd qilaman: bundan buyon barcha jonzot toʻfon tufayli qirilib ketmaydi, yer yuzini qirib bitiradigan toʻfon boshqa hech qachon boʻlmaydi, deb vaʼda beraman. 12 Sizlar va jamiki tirik jonzot bilan qilayotgan abadiy ahdimning alomati shu boʻladi: 13 Men bulutlar orasida Oʻz kamalagimni hosil qilaman. Bu kamalak Mening olam ahli bilan qilgan ahdimning alomati boʻladi. 14 Men bulutlarni yer ustiga olib kelganimda, kamalak bulutlar orasida koʻrinib turadi. 15 Ana oʻshanda Men Oʻzim bilan sizlar va hamma tirik jonzot oʻrtasida qilgan ahdimni yodimda tutaman. Toʻfon endi hech qachon jamiki jonzotni yoʻq qilmaydi. 16 Kamalak bulutlar orasida turganda, Men kamalakni koʻrib, yer yuzidagi tirik jonzot bilan Oʻzim qilgan abadiy ahdimni yodimda tutaman.” 17 Xudo yana Nuhga dedi: “Yer yuzidagi jamiki tirik jonzot bilan Men qilayotgan ahdning alomati ana shudir.”
Nuh va uning oʻgʻillari
18 Nuh va uning oʻgʻillari Som, Xom va Yofas kemadan chiqishdi. Keyinroq Xom oʻgʻil koʻrib, ismini Kanʼon qoʻydi. 19 Nuhning uchala oʻgʻlidan butun yer yuzidagi xalqlar tarqaldi.
20 Toʻfondan keyin Nuh dehqon boʻldi va ilk bor uzumzor barpo qildi. 21 Bir kuni u oʻzi tayyorlagan maydan ichdi. Mast boʻlib, chodirida yalangʻoch yotgan edi, 22 Kanʼonning otasi Xom otasining yalangʻoch yotganini koʻrdi va tashqariga chiqib, akalariga aytdi . 23 Som bilan Yofas bir kiyimni olib, yelkalariga tashladilar. Orqalari bilan chodirga kirib, otalarining yalangʻoch tanasini koʻrmaslik uchun yuzlarini teskari oʻgirib, uning ustini kiyim bilan yopib qoʻydilar. 24 Nuh oʻziga kelgach, kenja oʻgʻlining qilmishini bildi. 25 Shunda Nuh dedi:
“Kanʼon laʼnati boʻlsin!
Qullarning ham quli boʻlsin akalariga! ”
26 Nuh yana dedi:
“Somning Xudosi — Egamizga
Hamdu sanolar boʻlsin.
Kanʼon Somga qul boʻlsin!
27 Xudo Yofasga moʻl yer bersin ,
Uning nasli Somning xalqi bilan yashasin!
Kanʼon Yofasga qul boʻlsin!”
28 Nuh toʻfondan keyin 350 yil yashadi. 29 U 950 yoshida olamdan oʻtdi.