49–BOB
Yoqubning soʻnggi soʻzlari
1 Yoqub oʻgʻillarini huzuriga chorlab dedi: “Yonimga kelinglar, kelgusida sizlarga nima boʻlishini aytay.
2 Keling, quloq soling, ey Yoqub oʻgʻillari,
Eshiting otangiz Isroilning soʻzlarini.
3 Ruben, sensan mening toʻngʻichim,
Quvvatimning ilk mevasi, ham qudratim,
Shuhratu qudratda yuksagi sensan.
4 Lekin dengiz toʻlqiniday betizginsan,
Bundan keyin aslo ustun boʻlmaysan.
Otangning yotogʻiga sen kirding,
Toʻshagimga chiqib, uni bulgʻading .
5 Shimoʻn bilan Levi hamtovoqlardir,
Qilichlari jabr–jafo qurolidir .
6 Hech qachon sherik boʻlmasman ularning fitnalariga,
Aslo qoʻshilmasman ularning yigʻinlariga.
Ular gʻazab ila oʻldirdilar insonlarni,
Rohatlanish uchun mayib qildilar hoʻkizlarni.
7 Laʼnat boʻlsin ularning rahmsiz gʻazabiga,
Laʼnat boʻlsin ularning beayov zulmlariga!
Tarqatib yuboraman ularni har tomonga,
Yoqubning yurtida — Isroilning yurtida.
8 Ey Yahudo , seni madh etar birodarlaring,
Gʻanimlaring gardanida boʻlar qoʻllaring.
Senga taʼzim qilishar otangning oʻgʻillari.
9 Yahudo sherning bolasiga oʻxshar,
Oʻgʻlim, ovdan qaytib kelding sen,
Sherdek choʻkib, choʻzilib yotarsan.
Seni uygʻotmoqqa kim jurʼat etar?!
10 Yahudoning qoʻlidan ketmas saltanat hassasi ,
Uning naslida qolar saltanat tamgʻasi,
Xalqlar unga oʻlpon keltirarlar ,
Unga itoat etib taʼzim qilarlar.
11 Eshagini u doim bogʻlaydi tokka,
Xoʻtikchani — tok novdasiga.
Sharobda yuvadi kiyimlarini
Aʼlo sharobda — koʻylaklarini .
12 Sharobdan ham qora koʻzlari,
Sutdan ham oppoq tishlari .
13 Zabulun oʻrnashadi dengiz boʻyida,
Kemalarga u bandargoh boʻlajak.
Uning chegarasi Sidongacha borajak.
14 Issaxor qoʻrada oʻrnashib yotgan
Kuchli eshakka oʻxshar.
15 Koʻrsaki, oʻrnashgan yeri naqadar yaxshi,
Juda yoqimli ekan bu joylar.
Yukni koʻtarmak chun yelkasin tutdi,
Ogʻir mehnatga u qul boʻlib qoldi.
16 Isroil qabilasining bittasi boʻlib,
Dan oʻz xalqini hukm qiladi.
17 Dan yoʻlda yotgan bir ilon boʻladi,
Soʻqmoqda choʻzilib yotgan zaharli ilon.
Otlarning toʻpigʻini u chaqib olar,
Chavandoz yiqilar, chalqancha tushar.
18 Sendan najot kutarman, ey Egam!
19 Gadni talab ketadi bosqinchilar,
Gad ularning izidan bostirib borar.
20 Osher tansiq taom yetishtirar,
Shohona noz–neʼmatlar tayyorlar.
21 Naftali ozod yurgan ohuga oʻxshar,
Ajoyib ohuchalar dunyoga keltirar .
22 Yusuf oʻxshar serhosil tokka —
Buloq boʻyidagi serhosil uzumga.
Uning novdalari devordan oshib oʻtar .
23 Rahmsiz kamonkashlar unga hujum qilishdi,
Oʻq otishdi unga, qattiq siqishdi.
24 Lekin Yusufning kamoni tarang tortildi,
Uning qoʻllari ham chaqqonlashdi
Yoqubning qudratli Xudosi kuchi tufayli,
Isroilning Choʻponi, Qoyasi tufayli.
25 Otangning Xudosi senga madad bergay,
Qodir Xudo senga marhamat koʻrsatgay
Yuqoridagi osmon barakalari ila,
Yer qaʼridan chiqqan suvning barakalari ila,
Ona koʻkragiyu pushtining barakasi ila.
26 Abadiy togʻlar barakasidan ham,
Qadim tepaliklar neʼmatidan ham,
Otangning duolari kuchlidir.
Bu barakalar Yusufga nasib etar,
Birodarlari ichra u yoʻlboshchi boʻlar.
27 Benyamin och boʻriga oʻxshar,
Sabohda u oʻljasini yamlab yutar,
Oqshomda u topganini boʻlishar.”
28 Isroilning oʻn ikki qabilasi ana shular boʻlib, otasi ularni duo qilganda, yuqoridagi soʻzlarni aytgan edi. Har birini oʻziga loyiq tarzda duo qildi.
Yoqub vafot etib, dafn qilinadi
29 Shundan soʻng Yoqub oʻgʻillariga vasiyat qildi:
— Mening kunim bitib boryapti. Meni Xet xalqidan Efroʻnning dalasidagi gʻorga — ota–bobolarim yoniga dafn qilinglar. 30 Oʻsha gʻor Kanʼon yurtida, Mamre sharqida joylashgan Maxpaladagi dalada. Bobom Ibrohim bu dalani Efroʻndan qabriston uchun sotib olgan. 31 U yerga bobom Ibrohim bilan buvim Sora dafn qilingan . Otam Isʼhoq bilan onam Rivqo ham u yerga dafn qilingan. U yerga men Leaxni dafn qilganman. 32 Bobom Ibrohim Xet xalqidan sotib olgan gʻor oʻshadir.
33 Yoqub oʻgʻillariga vasiyat qilib boʻlgach, yana toʻshagiga yotdi–yu, joni uzilib, ota–bobolari yoniga ketdi.