47–BOB
1-2 Yusuf akalaridan beshtasini firʼavn huzuriga olib borib, unga shunday dedi: “Mening otam bilan aka–ukalarim mol–qoʻylarini, butun mulkini olib, Kanʼon yurtidan kelishdi. Ular hozir Goʻshen yerlarida .” Soʻng Yusuf akalarini firʼavnga tanishtirdi. 3 Firʼavn ulardan:
— Kasb–koringiz nima? — deb soʻradi.
— Biz, qullaringizning kasbi choʻpon, ota–bobolarimiz ham choʻpon oʻtishgan, — deb javob berishdi ular firʼavnga. 4 — Biz, Misrda istiqomat qilib tursak, deb keldik. Chunki qoʻy–echkilarimiz uchun Kanʼonda yaylov yoʻq, u yerda ogʻir qahatchilik. Siz, janobi oliylaridan iltimosimiz shuki, biz, qullaringizga, Goʻshen yerlarida istiqomat qilib turishimiz uchun ijozat bersangiz.
5 Shunda firʼavn Yusufga dedi:
— Otang, aka–ukalaring sening oldingga kelishgan ekan, 6 ana, Misr yurti ularniki. Ularni yurtning eng yaxshi yeriga — Goʻshen yerlariga joylashtir. Agar ularning orasida uddaburonlari boʻlsa, mening chorvamni ham ularga topshirib qoʻy.
7 Soʻng Yusuf otasi Yoqubni boshlab kelib, firʼavn huzuriga olib kirdi. Yoqub firʼavnni duo qildi .
8 — Yoshingiz nechada? — deb soʻradi firʼavn Yoqubdan.
9 — Bir yuz oʻttiz yildan beri bu dunyoda mehmonman, — dedi Yoqub firʼavnga. — Ota–bobolarim ham bu dunyodan mehmon boʻlib oʻtdilar. Lekin mening hayotim tez va qiyinchilik bilan kechdi, men hali ota–bobolarim yoshiga yetmadim.
10 Shundan keyin Yoqub firʼavnni yana duo qilib, uning huzuridan chiqdi. 11 Firʼavn amr berganday, Yusuf otasini, akalarini Misrdagi eng yaxshi yerlarga — Ramzes shahri yaqinidagi yerlarga joylashtirdi. 12 Yusuf otasini, aka–ukalarini, otasining jamiki xonadoni ahlini, ularning soniga qarab, oziq–ovqat bilan taʼminladi.
Qahatchilik
13 Qahatchilik tobora kuchayib boraverdi. Qahatchilik Misr va Kanʼon yurtini xarob qildi. 14 Yusuf donni kumushga almashtirib, Misrdagi va Kanʼondagi bor kumushlarni yigʻib oldi. U kumushlarni firʼavnning xazinasiga olib kelib toʻplayverdi. 15 Misr va Kanʼon xalqlari kumushlarini sarf qilib boʻldi. Hamma Misrliklar Yusufning huzuriga kelishardi. “Kumushlarimiz tugadi, lekin bizga don bersinlar! Janoblarining koʻz oʻngilarida oʻlib ketmaylik!” deb yalinishardi. 16 Yusuf esa ularga: “Agar kumushlaringiz tugagan boʻlsa, mol–holingizni olib kelinglar, evaziga don beraman”, deb javob qilardi. 17 Shunday qilib, ular chorvasini Yusufga olib kelishardi. Yusuf ularning otlarini, qoʻy–echkilarini, podalarini, eshaklarini olib, evaziga don berardi. Oʻsha yili Yusuf ularning chorvasini olib, evaziga yegulik berdi. 18 Kelgusi yili ular yana Yusufning huzuriga kelib, hasrat qilishdi: “Biz janobi oliylaridan yashirib nima ham qilardik: kumushlarimiz tugagan, mol–qoʻylarimiz oʻzlariniki boʻldi. Janobi oliylariga tanamizu yerimizdan tashqari beradigan narsamiz qolmadi. 19 Janoblarining koʻzi oldida oʻzimiz ham, yerimiz ham nobud boʻlib ketmasin. Oʻzimizni ham, yerlarimizni ham sotib olib, evaziga don bersinlar. Biz yerlarimizni firʼavnga berib, oʻzimiz unga qul boʻlishga tayyormiz. Hoziroq bizga don–dun bersalar, toki oʻlmay tirik qolaylik, yerlarimiz tashlandiq boʻlib qolmasin.”
20 Shunday qilib, Yusuf Misrdagi jamiki yerlarni firʼavn uchun sotib oldi. Qahatchilik nihoyatda kuchayganidan, hamma Misrliklar dalalarini Yusufga sotdilar. Ularning hamma yerlari firʼavnniki boʻlib qoldi. 21 Shu tariqa Misrning bu chetidan u chetigacha boʻlgan butun xalq firʼavnga qul boʻlib qoldi . 22 Yusuf faqat ruhoniylarning yerlarinigina sotib olmadi. Chunki ularga firʼavn tomonidan oziq–ovqat tayinlangan boʻlib, yerlarini sotishlariga zarurat yoʻq edi. 23 Shundan soʻng Yusuf xalqqa aytdi:
— Oʻzlaringiz ham, yerlaringiz ham endi firʼavnniki. Mana sizlarga urugʻ, dalaga ekinglar. 24 Hosilni yigʻib olganlaringizda, beshdan birini firʼavnga berasizlar, beshdan toʻrt qismi oʻzlaringizniki boʻladi, kelgusi yil hosili uchun urugʻlik qilasizlar, bola–chaqalaringiz bilan yeb, tirikchilik qilasizlar.
25 — Siz bizga iltifot koʻrsatdingiz, siz bizning hayotimizni saqlab qoldingiz, janobi oliylari! — deb aytdi xalq. — Shuning uchun biz firʼavnga qul boʻlamiz.
26 Firʼavn hosilning beshdan birini oladigan boʻldi. Yusuf buni butun Misr yurti boʻylab qonun qilib qoʻydi. Bu qonun bugungacha bor. Faqat ruhoniylarning yerlarigina firʼavnning mulki boʻlmadi, xolos.
Yoqubning oxirgi vasiyati
27 Shunday qilib, Yoqub nasli Misrning Goʻshen yerlariga oʻrnashib qoldi. Yoqub nasli u yerda mulk orttirdi, aholisi koʻpayib bordi. 28 Yoqub Misr yurtida 17 yil yashadi. U 147 yil umr koʻrdi.
29 Yoqubning umri oxirlab qoldi. U oʻgʻli Yusufni chaqirib shunday dedi:
— Agar mendan rozi boʻlsang, qoʻlingni sonim ostiga qoʻyib , “Sizning vasiyatingizni bajaraman”, deb qasam ich . Oxirgi vasiyatim shuki, meni Misrda dafn qilmagin. 30 Bu olamdan oʻtganimdan keyin, jasadimni Misrdan olib ketib, ota–bobolarimning xilxonasiga dafn qil.
Yusuf: “Aytganingizday qilaman”, deb vaʼda berdi. 31 Yoqub: “Mening oldimda qasam ich”, deb talab qildi. Yusuf qasam ichdi. Yoqub oʻz toʻshagi ustida sajda qildi.