20–BOB
Ibrohim va Abumalek
1 Ibrohim bu yerdan koʻchib, janubga — Nagav choʻli tomonga yoʻl oldi va Kadesh bilan Shur oraligʻida joylashdi. Keyinroq Garorga ketdi. U yerda bir oz yashadi.
2 Ibrohim bu yerdagi odamlarga xotini Sorani, u mening singlim, deb aytar edi. Garor shohi Abumalek odam yuborib, Sorani saroyiga oldirib keldi.
3 Abumalek kechasi tush koʻrdi. Tushida Xudo zohir boʻlib, unga dedi: “Sen mana shu xotinni olganing uchun oʻlasan, chunki uning eri bor.” 4 Lekin Abumalek hali Soraga yaqinlashmagan edi.
— Yo Rabbiy! — dedi Abumalek. — Men begunohman–ku! Endi begunoh odamni ham oʻldiraverasanmi? 5 Ibrohim menga, u mening singlim, dedi–ku! Ayolning oʻzi ham, Ibrohim — mening akam, dedi. Men bu ishni pok koʻngil bilan qildim.
6 Xudo Abumalekka tushida yana dedi:
— Sening pok koʻngilli ekaningni bilaman. Shu sababdan Menga qarshi gunoh qilishdan seni saqladim. Soraga tegishingga yoʻl qoʻymadim. 7 Endi sen bu ayolni eriga qaytarib ber. Uning eri — paygʻambar, sen uchun ibodat qiladi. Shunda sen tirik qolasan. Agar bu ayolni eriga qaytarib bermasang, shuni bilib qoʻyki, oʻzing ham, butun oila aʼzolaring ham oʻlasizlar.
8 Ertasi kuni saharda Abumalek hamma aʼyonlarini chaqirib, ularga boʻlgan voqeani aytib berdi. Hammalari qattiq vahimaga tushdilar. 9 Keyin Abumalek Ibrohimni chaqirtirib, unga dedi:
— Bizni nima qilib qoʻyding? Senga qarshi qanday gunoh qilibman–a?! Men ham, shohligim ham shunchalik ogʻir gunohga botishiga sen sababchi boʻlding! Sen menga hech kim hech qachon qilmasligi kerak boʻlgan ishni qilding.
10 Abumalek Ibrohimdan:
— Nimani oʻylab bu ishni qilding? — deb soʻradi.
11 — Bu yerda hech kim Xudodan qoʻrqmaydi, xotinimni tortib olish uchun meni oʻldiradilar, deb oʻyladim, — dedi Ibrohim. 12 — Buning ustiga, u haqiqatan ham mening singlim, otamiz bir, lekin onamiz boshqa–boshqa boʻlgani uchun unga uylanganman. 13 Xudo meni otamning xonadonidan begona yurtlarga sayohatga olib ketganda, xotinimga shunday degan edim: “Qayerga borsak ham, men toʻgʻrimda gapirganingda, u mening akam, deb aytgin. Shunda menga sodiqligingni koʻrsatgan boʻlasan.”
14 Shundan keyin Abumalek mol–qoʻyidan, qul va choʻrilaridan Ibrohimga berdi. Xotini Sorani ham qaytarib berdi.
15 — Mana, shohligimga qarashli yerlar qarshingda turibdi, — dedi Abumalek. — Qayerda yashashni xohlasang, oʻsha joyni tanlab olaver.
16 Soraga esa shunday dedi:
— Mana, akangga ming boʻlak kumushni tovon qilib toʻlayapman. Bu kumushlar yoningdagilarga sening pokligingni isbotlaydi .
17-18 Xudo Sora tufayli Abumalekning xonadonidagi hamma ayolni tugʻmaydigan qilib qoʻygan edi. Ibrohim Xudoga ibodat qildi. Xudo Abumalekka shifo berdi, shuningdek, uning xotini va choʻrilariga ham shifo berib, ularni tugʻadigan qildi.