10–BOB
Nuhdan tarqalgan dunyo xalqlari
1 Nuhning oʻgʻillari Som, Xom va Yofas toʻfondan keyin oʻgʻillar koʻrdilar. Ularning nasl–nasabi va ulardan kelib chiqqan xalqlar tarixi quyidagichadir:
Yofasdan kelib chiqqan xalqlar
2 Yofas nasli: Goʻmer, Magoʻg, Moday, Yovon, Tuval, Meshex, Tiros va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
3 Goʻmer nasli: Ashkanoz, Rifat, Toʻxarmo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
4 Yovon nasli: Elishox, Tarshish, Kit, Roʻdon va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 5 Yovon nasli dengiz boʻylariga tarqalib joylashdi.

Ular har xil qabilalarga va yurtlarga boʻlindilar, har bir qabilaning oʻz tili bor edi.
Xomdan kelib chiqqan xalqlar
6 Xom nasli: Kush , Mizra , Fut, Kanʼon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
7 Kush nasli: Savo, Xavila, Sabto, Ramo, Sabtaxo va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
Ramo nasli: Shava, Dedon va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

8 Kushning naslida yana Nimroʻd degani ham bor edi. Nimroʻd yer yuzidagi birinchi buyuk jangchi edi. 9 Egamizning nazarida u shu qadar buyuk ovchi ediki, uning ismi hikmat boʻlib qoldi. Odamlar mohir ovchi haqida gapirganda: “Egamizning nazaridagi Nimroʻdga oʻxshagan buyuk ovchi” deb aytadigan boʻlishdi. 10 Nimroʻd shohligining ilk markazi Shinar yeridagi Bobil, Erax, Akkad shaharlarining hammasini oʻz ichiga olgan edi. 11 Nimroʻd oʻsha yerdan Ossuriyaga borib , Naynavo , Rexoboʻt–Ir, Kolax, 12 Rasan shaharlarini qurdirdi. Rasan shahri Kolax va buyuk Naynavo shaharlari orasida joylashgan edi.

13 Mizra nasli: Lud, Onom, Laxov, Naftux, 14 Patroʻs, Kasluv, Xaftoʻr va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi .
15 Kanʼon nasli: Kanʼonning toʻngʻich oʻgʻli Sidon, Xet va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 16 Kanʼondan Yobus, Amor, Girgosh, 17 Xiv, Oruq, Sin, 18 Arvod, Zamar va Xomat xalqlari ham kelib chiqdi.

Natijada Kanʼon urugʻlari chegaradan tashqariga tarqalib ketdi. 19 Kanʼonning chegaralari shimoldagi Sidondan boshlab Garor tomonga — janubdagi Gʻazogacha, soʻngra sharqdagi Sadoʻm, Gʻamoʻra, Adma, Zavoʻyim tomonga — to Leshagacha choʻzilgan edi.

20 Xomning nasli ana shulardan iborat edi. Ular har xil qabilalarga va yurtlarga boʻlindilar, har bir qabilaning oʻz tili bor edi.
Somdan kelib chiqqan xalqlar
21 Yofasning akasi Som ham farzandlar koʻrdi. U jamiki Ibir naslining ota–bobosi boʻldi.

22 Som nasli: Elam, Oshur, Arpaxshod, Lud, Oram va ulardan kelib chiqqan xalqlar.
23 Oram nasli: Uz, Xul, Geter, Meshex va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

24 Arpaxshodning Shilax degan oʻgʻli bor edi. Shilaxning Ibir degan oʻgʻli bor edi. 25 Ibir ikki oʻgʻil koʻrdi: birinchisining ismini Palax qoʻydi, chunki uning davrida dunyo boʻlinib ketdi . Ikkinchisining ismi Yoxton edi.

26 Yoxtonning nasli: Elmoʻdod, Shalaf, Xazormavat, Yorax, 27 Hadoram, Uzol, Dikla, 28 Obal, Abumayl, Shava, 29 Ofir, Xavila, Yoʻvov va ulardan kelib chiqqan xalqlar.

Yoxtonning nasli mana shular edi. 30 Bu xalqlar yashagan hudud Meshadan tortib, sharqdagi Safor qirlari tomongacha choʻzilgan edi.

31 Somning nasli ana shulardan iborat edi. Bu xalqlar har xil qabilalarga va yurtlarga boʻlindilar, har bir qabilaning oʻz tili bor edi.

32 Nuhning oʻgʻillaridan paydo boʻlgan nasllar, nasabnomasi boʻyicha, alohida–alohida xalqlar sifatida roʻyxat qilingan edi. Toʻfondan keyin yer yuzida mana shu xalqlar oʻrnashdi.