7–BOB
Isroil xalqi gunohlari uchun jazo tortadi
1 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2 “Ey inson, Isroil yurtiga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: kuni bitdi! Butun yurtning kuni yetdi! 3 Ey Isroil, sening kuning bitdi, Men qahrimni ustingga sochaman. Tutgan yoʻling uchun seni hukm qilaman, jirkanch odatlaring uchun jazolayman. 4 Senga achinmayman, rahm ham qilmayman. Tutgan yoʻling uchun, jirkanch odatlaring uchun adabingni beraman. Oʻshanda Egang Men ekanligimni bilib olasan.
5 Ey Isroil, Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: mana, kulfat kelmoqda! Dahshatli kulfat! 6 Kuningiz bitdi! Evoh, kuningiz bitdi! Mana, balo boshingizga keldi! 7 Ey yurt ahli, halokatingiz keldi! Togʻlarda xursandchilik emas, sarosima hukm suradigan kun keldi. 8 Koʻp oʻtmay sizlarni gʻazabimga duchor qilaman, jahlimdan tushmagunimcha qahrimni ustingizga sochaman. Tutgan yoʻlingiz uchun sizlarni hukm qilaman, jirkanch odatlaringiz uchun jazolayman. 9 Sizga achinmayman, rahm qilmayman. Tutgan yoʻlingiz uchun, jirkanch odatlaringiz uchun adabingizni beraman. Oʻshanda sizni jazolagan Egangiz Men ekanligimni bilib olasiz.»
10 Ey inson, ana, kulfat kuni yetib keldi! Halokat yaqinlashib qoldi! Zoʻravonlik gulladi, magʻrurlik kurtakladi. 11 Zoʻravonlik fosiqlikni jazolaydigan xivichga aylandi. Bu odamlarning birontasi omon qolmaydi. Toʻkin–sochinligi, boyligi, dabdabasi ado boʻladi.
12 Oʻsha vaqt keldi! Oʻsha kun yaqinlashdi! Xaridor xarid qilgan narsasidan quvonmasin, sotuvchi koʻrgan zararidan gʻam chekmasin. Mening gʻazabim butun olomon ustiga birday yogʻiladi. 13 Sotuvchi bilan xaridor tirik qolgan taqdirda ham, sotuvchi sotgan yerini qaytarib ololmaydi. Butun olomonga tegishli bu bashoratni qaytarib boʻlmaydi. Gunoh qilganlari uchun ularning birortasi oʻz hayotini saqlab qololmaydi. 14 Burgʻular chalindi, hammasi tayyor boʻldi. Ammo jangga kirishga hech kim jurʼat qilmadi. Axir, Mening gʻazabim butun olomon ustiga yogʻiladi.
15 Koʻchada jang boʻlmoqda. Ichkarida ocharchiligu oʻlat hukm surmoqda. Daladagilar jangda halok boʻladilar, shahardagilar ocharchiligu oʻlatdan oʻladilar. 16 Omon qolganlar dashtdagi kabutarlarday togʻlarga qochadi. Ular gunoh qilganlari uchun ingraydi. 17 Odamlarning qoʻllarida mador qolmaydi, ishtonlari hoʻl boʻladi. 18 Ular qaygʻudan qanorga oʻranishadi, dahshat ularning yopinchigʻi boʻladi. Ular sochlarini qirdirishadi , yuzlari shuvut boʻladi. 19 Kumushlarini koʻchaga uloqtirishadi, oltini axlat kabi boʻladi. Mening gʻazab kunimda kumushu oltini ularga najot bera olmaydi. Ularning nafsini qondirmaydi, och qorinlarini toʻydirmaydi. Ha, oltinu kumushi Isroil xalqining boshiga halokat keltiradi . 20 Ular koʻz–koʻz qilib yurgan chiroyli oltin bezaklaridan makruh xudolarni, jirkanch butlarni yasadilar. Shu sababdan Men boyliklarini ular uchun axlat kabi qilaman.
21 Men oʻsha boyliklarni kelgindilarga oʻlja qilib beraman, dunyoning fosiqlariga talataman. Ular Isroil xalqining bor bisotini harom qiladilar. 22 Men bu xalqdan yuzimni oʻgiraman. Shunda kelgindilar aziz uyimni bulgʻaydilar. Ha, zoʻravonlar bostirib kelib, uni bulgʻaydilar.
23 Bu xalq uchun zanjirlar tayyorlang! Zero, yurtda qotillik avjiga chiqqan. Quddus shahri zoʻravonlikka toʻlgan. 24 Men bu yurtga eng vahshiy xalqlarni boshlab kelaman. Ular yurt ahlining uylariga egalik qilishadi. Men kuchlilarning magʻrurligiga chek qoʻyaman. Ularning sajdagohlari harom qilinadi. 25 Dahshatu alam Isroil xalqini qamrab oladi. Ular tinchlikka intilishadi, ammo tinchlik boʻlmaydi. 26 Kulfat ketidan kulfat keladi, mish–mish ketidan mish–mish tarqaladi. Odamlar bashorat istab, paygʻambar oldiga behuda borishadi. Ruhoniylar taʼlimot berishga, oqsoqollar maslahat berishga ojiz boʻladilar. 27 Shunda shoh qaygʻuga botadi, shahzodalar tushkunlikka tushadi. Qoʻrqqanidan yurt ahlining qoʻli titraydi. Men ularni qilgan qilmishlariga yarasha jazolayman. Ular boshqalarni qanday hukm qilgan boʻlsalar, Men ham ularni xuddi shunday hukm qilaman. Oʻshanda Isroil xalqi Egasi Men ekanligimni bilib oladi.”