42–BOB
Ruhoniylarning muqaddas xonalari
1 Soʻng oʻsha odam meni tashqi hovliga olib chiqib, Maʼbadning shimolidagi bir qator xonalar oldiga olib bordi. Bu xonalar Maʼbadning gʻarb tomonidagi imoratga yaqin joylashgan edi. 2 Ularning shimol tomonidagi umumiy uzunligi 100 tirsak , eni 50 tirsak edi. 3 Xonalar bir tomoni bilan eni 20 tirsak boʻlgan ichki hovlining ochiq joyiga , ikkinchi tomoni bilan Maʼbadning tosh yotqizilgan tashqi hovlisiga qarab turardi. Xonalar uch qavat qilib qurilgan edi. 4 Xonalarning ichki hovli tomonida bir keng yoʻlak bor edi. Bu yoʻlakning eni 10 tirsak, uzunligi 100 tirsak edi. Ammo xonalarning eshiklari shimol tomonga ochilar edi. 5 Uchinchi qavatdagi xonalar, ikkinchi qavatdagilarga, ikkinchi qavatdagi xonalar esa birinchi qavatdagilarga qaraganda torroq edi. Shuning hisobiga yuqori qavatdagi ayvonlar kengroq edi. 6 Quyi qavatdagi xonalar yuqori qavatdagi xonalarga tayanch boʻlib xizmat qilar edi. Shu sababdan bu inshoot qurilmasida Maʼbad hovlisidagi boshqa binolardan farqli ravishda ustunlardan foydalanilmagan. 7 Bu xonalarni tashqi hovlidan devor ajratib turar edi. Uzunligi 50 tirsak boʻlgan bu devor tashqi hovlidagi hujralarning davomiga qurilgan edi. 8 Tashqi hovlidagi hujralarning uzunligi 50 tirsak, ichki hovlidagi bu xonalarning uzunligi esa 100 tirsak edi. 9 Bu xonalarga tashqi hovlidan kirish uchun sharqdagi kiraverishdan foydalanilgan. 10 Bu kiraverish hovlining devori boshlangan joyda edi.
Janubda ham ochiq joy va xonalar bor edi, bu xonalar imorat roʻparasida edi. 11 Bu xonalarning old tomonida yoʻlakchasi bor edi. Xonalarning hajmi, eshiklari, tuzilishi va kirish joylari shimol tomondagi xonalarniki bilan bir xil edi. 12 Bu xonalarga sharq tomondan oʻsha yoʻlakcha orqali kirilar edi. Yoʻlakning bir tomoni devor edi.
13 U odam menga shunday dedi: “Maʼbadning shimol va janub tomoniga qurilgan bu xonalar muqaddasdir. Bu xonalarda Egamizning huzuriga kiradigan ruhoniylar eng muqaddas nazrlarni tanovul qiladilar. Don nazri, gunoh qurbonliklari va ayb qurbonliklari bu xonalarga qoʻyiladi, chunki bu xonalar muqaddasdir. 14 Ruhoniylar Maʼbadda xizmat qilib boʻlganlaridan keyin, muqaddas liboslarini bu xonalarda yechib, boshqa kiyim kiyib olishlari kerak. Shundan keyingina tashqi hovliga — odamlarning oldiga chiqishlari mumkin.”
Maʼbad hududining oʻlchamlari
15 Oʻsha odam Maʼbad hovlisidagi binolarni oʻlchab boʻlgandan soʻng, meni sharqiy darvoza orqali tashqariga olib chiqib, Maʼbad hovlisining atrofidagi devorni oʻlchay boshladi. 16 U chizgʻichi bilan devorning sharq tomonini oʻlchadi, devorning uzunligi 500 tirsak chiqdi. 17-19 Soʻng devorning shimol, janub va gʻarb tomonlarini oʻlchadi. Devorning hamma tomonlari 500 tirsak uzunlikda edi. 20 Maʼbad hududi toʻrtburchak shaklda edi. Bu devor muqaddas joyni oddiy joydan ajratib turar edi.