36–BOB
Isroil togʻlari haqida bashorat
1 Egamiz menga dedi: “Ey inson, Isroil togʻlari haqida shunday bashorat qil: «Ey Isroil togʻlari, Egamizning soʻzini eshiting. 2 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: gʻanimlaringiz sizni mazax qilib: ‘Aha! Bu koʻhna tepaliklar endi bizniki boʻldi’, deb aytgan edilar.» 3 Shuning uchun, ey inson, bashorat qilib ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: qoʻshni xalqlar sizlarga har yoqdan hamla qilib, sizlarni xonavayron qilganlari uchun, sizlar ularning mulki boʻldingiz, odamlardan haqoratlar eshitib, xoʻrliklar koʻrdingiz. 4 Ey Isroil togʻlari, endi Mening soʻzimni eshiting! Men, Egangiz Rabbiy, togʻlaru qirlarga, soyliklaru vodiylarga, xarobazorlaru huvullagan shaharlarga gapirmoqdaman. Axir, bu shaharlar atrofdagi hamma xalqlarga oʻlja va kulgi boʻldi. 5 Men, Egangiz Rabbiy, aytamanki, Isroil atrofida yashagan xalqlardan, xususan, Edom xalqidan qattiq gʻazabdaman. Chunki ular nafrat tuygʻusiga berilib, yaylovlarni talon–taroj qilish uchun yurtimni qoʻlga kiritdilar. Shunda oʻzida yoʻq xursand boʻldilar.» 6 Ey inson, shu sababdan Isroil yurti haqida bashorat qilib, togʻlaru qirlarga, soyliklaru vodiylarga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: qoʻshni xalqlar sizlarni qanchalik xoʻrlaganini koʻrib, gʻazabim keldi, rashkim qoʻzidi. 7 Shu sababdan Men, Egangiz Rabbiy, ont ichib aytamanki, atrofingizdagi barcha xalqlarni xoʻrlamay qoʻymayman.
8 Sizlar esa, ey Isroil togʻlari, butoq chiqarasizlar. Xalqim Isroil uchun moʻl hosil yetishtirasizlar. Ha, koʻp oʻtmay ular oʻz yurtiga qaytib keladilar. 9 Men sizlarga yuz buraman, Oʻzim sizlarga gʻamxoʻrlik qilaman. Yerlaringiz shudgor qilinadi, ekinlar ekiladi. 10 Men Isroil aholisini koʻpaytiraman. Butun Isroil xonadonini son–sanoqsiz qilaman. Huvullagan shaharlarga odamlar koʻchib keladi, vayronalar qayta tiklanadi. 11 Nafaqat odamlarning, balki mol–qoʻylarning ham soni behad koʻpayadi. Ular koʻpayib, barakali boʻladi. Yurtingiz ilgarigiday odamlarga toʻlib–toshadi. Men sizlarni oldingidan ham aʼloroq hayotga erishtiraman. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. 12 Men xalqim Isroilni oldingizga yetaklab kelaman. Ular yerlaringizga egalik qiladilar, sizlar xalqimning mulki boʻlasizlar. Xalqimning farzandlarini boshqa nobud qilmaysizlar.
13 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Isroil togʻlari, odamlar sizlar haqingizda shunday gapirishadi: ‘Isroil yurti oʻz odamlarini nobud qiladi, oʻz xalqini farzandlaridan judo qiladi.’ 14 Ammo endi sizlar odamlarni nobud qilmaysizlar, xalqingizni farzandlaridan judo qilmaysizlar, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 15 — Begona xalqlar sizlarni haqorat qilishlariga va ustingizdan kulishlariga Men yoʻl qoʻymayman. Bundan buyon xalqimning qoqilishiga sizlar sabab boʻlmaysiz. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»”
Isroil xalqining yangi hayoti
16 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 17 “Ey inson, Isroil xalqi ona yurtida yashab yurgan paytida yerni yaramas qilmishlari bilan bulgʻagan edi. Ularning bunday qilmishlari Mening nazarimda hayz koʻrgan ayolday nopok edi . 18 Ular yurtda qon toʻkkanlari uchun, butlarga sigʻinib zaminni bulgʻaganlari uchun, Men ularning ustiga gʻazabimni sochgan edim. 19 Ularni xalqlar orasiga tarqatib tashlagan edim, boshqa yurtlarga quvib yuborgan edim. Men ularni tutgan yoʻllari va qilgan qilmishlariga yarasha jazolagan edim. 20 Biroq ular borgan joylarida Meni badnom qilishdi. Ularni koʻrgan odamlar: «Bu Xudoning xalqi–ku! Ular Egasining yurtidan chiqib ketishga majbur boʻlibdi–da!» deb aytishar edi. 21 Ha, Isroil xalqi borgan joyida Meni badnom qildi. Bulgʻangan muqaddas nomim uchun Men qaygʻurdim.
22 Shunday ekan, Isroil xalqiga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men sizlarni yurtingizga qaytarib olib kelaman. Lekin buni sizlar uchun emas, balki xalqlar orasida sizlar bulgʻagan Oʻz nomim uchun qilaman. 23 Sizlar bulgʻagan Mening buyuk nomim qanchalik muqaddas ekanligini Men barcha xalqlarga koʻrsataman. Oʻshanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar. Men sizlar orqali Oʻz muqaddasligimni ularga ayon qilaman. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
24 Axir, sizlarni barcha xalqlar orasidan, hamma yurtlardan yigʻib olaman. Oʻz yurtingizga olib borib oʻrnashtiraman. 25 Ustingizga toza suvdan sepib, sizlarni poklayman. Barcha nopokliklaru butlaringizdan tozalayman. 26 Sizlarga yangi yurak berib, qalbingizni yangi ruhga toʻldiraman. Bagʻringizdagi tosh yurakning oʻrniga yumshoq yurak beraman. 27 Ichingizga Oʻz Ruhimni solaman. Sizlar farmonlarimga rioya qiladigan, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay bajaradigan boʻlasizlar. 28 Shunda Men ota–bobolaringizga bergan bu yurtda yashaysizlar. Sizlar Mening xalqim boʻlasiz, Men esa sizning Xudoyingiz boʻlaman. 29 Men sizlarni barcha nopokliklardan xalos qilaman. Gʻalla hosilini moʻl yetishtirib, ocharchilikka chek qoʻyaman. 30 Ovqat tanqisligidan xalqlar orasida xor boʻlmasligingiz uchun bogʻlaru dalalaringizga moʻl hosil beraman. 31 Shunda sizlar yovuz yoʻllaringizni, qabih qilmishlaringizni eslaysizlar, qilgan gunohlaringiz va jirkanch odatlaringiz uchun oʻzingizdan nafratlanib ketasizlar. 32 Ey Isroil xalqi, bilib qoʻyinglar, Men sizlarga qilmoqchi boʻlgan bu yaxshiliklarga loyiq emassiz, biroq shu orqali Men sizlarni uyaltiraman. Qilgan qilmishlaringizdan pushaymon boʻlasiz. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»
33 Ey inson, ularga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men sizlarni gunohlardan poklaganimda, odamlarni olib kelib, shaharlaringizga oʻrnashtiraman. Vayrona boʻlib yotgan xarobalaringiz tiklanadi. 34 Qachonlardir sayyohlar kezib yurgan tashlandiq, qarovsiz yerlarga qayta ishlov beriladi. 35 Ular bu yerlarni koʻrganda shunday deb aytishadi: ‘Voajabo! Tashlandiq boʻlib yotgan bu yerlar Adan bogʻiday yashnab ketibdi–ku! Huvullab yotgan xarob shaharlar mustahkam devorlar bilan oʻralib, obod boʻlibdi–ku!’ 36 Shunda atrofdagi omon qolgan xalqlar xarob shaharlarni Men, Egangiz, qayta qurganimni, yalang maydonlarga Men ekin ekkanimni bilib olishadi. Men, Egangiz, aytgan bu soʻzlarimni albatta amalga oshiraman.»”
37 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men xalqim Isroilning iltijolariga quloq tutib, ularni qoʻylarday son–sanoqsiz qilaman. 38 Bayram arafasida Quddus koʻchalari qurbonlik qilinadigan qoʻylar bilan toʻlib–toshganiday, hozir vayron boʻlib yotgan shaharlar ham odamlar bilan toʻlib–toshadi. Oʻshanda Isroil xalqi Egasi Men ekanligimni bilib oladi.”