22–BOB
Mulkni himoya qilish toʻgʻrisida qonun–qoidalar
1 Birortasi mol yoki qoʻyni oʻgʻirlab, soʻysa yoki sotsa, molning evaziga oʻgʻri beshta mol, qoʻyning evaziga toʻrtta qoʻy toʻlasin. 2-4 Oʻgʻirlangan hayvonni oʻgʻri qaytarishi kerak boʻlsa–yu, lekin tovon toʻlay olmasa, u oʻgʻirlagan hayvon evaziga qul qilib sotilsin. Oʻgʻirlangan hayvon tiriklayin oʻgʻrining qoʻlida topilsa, topilgan hayvon mol boʻladimi yo eshak yoki qoʻy boʻladimi, ikki baravar qilib tovon toʻlasin.
Birortasi kechasi devor teshayotgan oʻgʻrini koʻrib qolib, oʻgʻrini urib oʻldirib qoʻysa, oʻgʻrini oʻldirgan odam aybdor emas. Agar oʻgʻrilik kunduzi sodir boʻlsa, qon toʻkkan odam aybdor boʻladi.
5 Agar birortasi birovning dalasiga yoki uzumzoriga chorvasini oʻtlatgani qoʻyib yuborsa, chorva ekinzorni yoki uzumzorni payhon qilsa, chorva egasi oʻzining dalasidan yoki uzumzoridan yaxshi hosilini dalaning egasiga qaytarib berishi lozim.
6 Agar birortasi olov yoqsa, olov changalzor boʻylab birovning dalasiga oʻtib, oʻsayotgan donni yoki oʻrib, bogʻlab qoʻyilgan gʻallani yondirib yuborsa, olov yoqqan odam hamma zararni qoplashi lozim.
7 Birortasi pulini yoki buyumini qoʻshnisiga saqlash uchun bersa, ammo shular qoʻshnisining uyidan oʻgʻirlanib, oʻgʻri topilsa, oʻgʻri ikki baravar qilib toʻlashi kerak. 8 Oʻgʻri topilmasa, uy egasi hakamlar huzuriga kelib:
— Qoʻshnimning mulkiga qoʻlimni tekkizmaganman, — deb qasam ichsin.
9 Kimdir yoʻqotib qoʻygan biror buyumi, moli, eshagi, qoʻyi, kiyimi toʻgʻrisida qoʻshnisi bilan janjallashib qolsa, bu meniki, deb daʼvo qilsa, ikkovi ham, ajrim qilamiz deb, hakamlar huzuriga borsin. Hakamlar aybdor deb topgan odam buyum egasiga ikki baravar tovon toʻlashi kerak.
10 Birortasi qoʻshnisiga eshagini yo molini yoki qoʻyini yoxud boshqa hayvonini qarab turgani bersa–yu, oʻsha hayvon oʻlib qolsa, yoki shikastlansa, yoki oʻgʻirlab olib ketilgan boʻlsa, lekin guvoh boʻlmasa , 11 olgan odam hayvon egasiga: «Xudo haqi, aybim yoʻq», deb qasam ichsin. Hayvon egasi qasamga ishonsin, qoʻshnisi tovon toʻlamasin. 12 Bordi–yu, oʻsha hayvon qoʻshnisining aybi bilan oʻgʻirlangan boʻlsa, qoʻshnisi hayvon egasiga tovon toʻlasin. 13 Agarda hayvonni biror yirtqich tilka–pora qilgan boʻlsa, dalil qilib burdalarini koʻrsatsin. Burdalangan boʻlaklari uchun u tovon toʻlamaydi.
14 Birortasi boshqasining hayvonini soʻrab olgan boʻlsa–yu, hayvon shikastlansa yoki oʻlsa, lekin oʻsha paytda egasi hayvonning oldida boʻlmasa, soʻrab olgan odam hayvon uchun tovon toʻlasin. 15 Agar oʻshanda egasi oʻz hayvoni yonida boʻlsa, tovon toʻlamasin. Agar hayvon yollab olingan boʻlsa, yollangan bahosi toʻlansin.
Axloq va din toʻgʻrisida qonun–qoidalar
16 Kimki voyaga yetgan va unashtirilmagan qizni zoʻrlab, u bilan yotsa, oʻsha odam u qiz uchun qalin bersin, oʻsha qizga uylansin. 17 Agar otasi qizni oʻsha odamga berishga rozi boʻlmasa, oʻsha odam voyaga yetgan qizlarga beriladigan miqdordagi pulni qizning oilasiga toʻlasin.
18 Jodugarlarni tirik qoldirmanglar.
19 Hayvon bilan jinsiy aloqa qilgan odamning jazosi oʻlimdir.
20 Faqat Men, Egangizgagina qurbonlik keltiringlar. Mendan boshqa xudolarga qurbonlik keltirgan odamni oʻlimga hukm qilinglar.
21 Musofirni ezib, unga zulm oʻtkazmanglar. Oʻzlaringiz ham Misrda musofir boʻlgan edingizlar.
22 Bevalarga va yetimlarga jabr qilmanglar. 23 Agar shunday qilsangiz, ular Menga yolvoradilar. Men ularning nolalarini eshitaman. 24 Men qattiq gʻazablanib, erkaklaringizga qirgʻin keltiraman. Oqibatda xotinlaringiz beva, bolalaringiz yetim boʻlib qoladi.
25 Mening xalqimdan birorta kambagʻalga qarz bersangiz, qarz beruvchi sifatida uni siquvga olmanglar, undan foiz talab qilmanglar. 26 Agar qoʻshningizning toʻnini garovga olgan boʻlsangiz, kun botmasdan oldin toʻnini qaytarib bering. 27 Oʻsha toʻn qoʻshningizning bittayu bitta yopinchigʻidir. Boʻlmasa, qoʻshningiz nimani yopinib uxlaydi?! U Menga yolvorganda, eshitaman. Men rahmdilman.
28 Men, Xudoyingizni xoʻrlamanglar, oqsoqollaringizdan birontasini ham qargʻamanglar.
29 Xirmoningizning hosilidan, zaytun moyi va sharobdan Menga nazr qilishni kechiktirmanglar.
Toʻngʻich oʻgʻillaringizni Menga bagʻishlanglar . 30 Mol va qoʻy–echkilaringizning birinchi erkak bolasini ham Menga bagʻishlanglar. Ular yetti kun onasi bilan boʻlsin, sakkizinchi kuni esa ularni Menga nazr qilinglar.
31 Sizlar Mening muqaddas xalqim boʻlinglar. Dalada yirtqich tilka–pora qilgan hayvonning goʻshtini oʻzlaringiz yemanglar, itlarga beringlar.