12–BOB
1 Yoshligingda, qaygʻuli kunlar kelishidan oldin Yaratganni yodda tut, shunday yillar keladiki, sen: “Bu vaqt menga hech qanday rohat keltirmaydi”, — deysan. 2 Hayotingning oʻsha yillarida:

Quyosh, yorugʻlik, oy va yulduzlar qorayar,
Yomgʻirli bulutlar oʻtib ketmas.
3 Seni himoya qilgan qoʻllaring qarilikdan qaltirar,
Kuchli oyoqlaring zaiflashar,
Tishlaring kamligidan chaynay olmassan,
Koʻzlaring yaxshi koʻrmaydigan boʻlib qolar.
4 Quloqlaring ham koʻchada bugʻdoy yanchilayotganiniyu
Ashulachilar ovozini eshitolmaydigan darajada kar boʻlib qolar.
Qushlarning ovozi esa seni uygʻotib yuborar.
5 Balandliklardan qoʻrqadigan boʻlib qolarsan,
Ehtiyotkorlik bilan qadam tashlarsan.
Sochlaring gulga kirgan bodom daraxtiday oppoq boʻlib qolar,
Turib yurishga qiynalarsan,
Belingning quvvati ketib sudralib yurarsan.
Har bir inson dunyodan oʻtganday, sen ham vafot etarsan,
Azadorlar koʻchalarni toʻldirarlar.
6 Kumush zanjir uzilar,
Hayotning tilla chirogʻi tushib ketib, buzilar.
Buloq boshidagi suv koʻzasi sinib ketar,
Quduqning arqoni uzilib ketar.
7 Sening oʻtkinchi tanang
Yerning tuprogʻiga qaytar,
Xudo bergan ruhing ham
Uning Oʻziga qaytar.

8 “Behuda! Behuda!
— deydi Voiz . —
Hammasi behudadir!”
Xulosa
9 Voiz dono odam edi. U oʻz bilganlarini odamlarga oʻrgatdi, sabr–toqat bilan hikmatlarni oʻrganib, ularni toʻgʻrilab yozdi. 10 Voiz maʼqul keladigan soʻzlar topishga harakat qilib, haqiqat soʻzlarini ochiq yozdi.
11 Donolarning hikmatlari oʻtkir tayoqqa oʻxshaydi, hikmatli soʻzlar mahkam qoqilgan mixlarga oʻxshaydi. Bularning hammasini barchamizning Choʻponimiz bergan. 12 Bulardan boshqa nasihatlarga ehtiyotkorlik bilan qaragin, bolam .

Koʻp kitob yozishning oxiri yoʻq,
Koʻp oʻqish odamni charchatadi.

13 Hamma narsa aytildi, mana endi xulosa: Xudodan qoʻrq, Uning amrlarini bajar, chunki bu hammaning burchidir. 14 Har bir ishni, hatto yashirin qilingan ishlarni ham, yaxshi yoki yomon boʻlishidan qatʼi nazar, Xudo hukm qiladi.