11–BOB
Dono kishining ishlari
1 Noningni suvga tashla, bir necha kundan keyin uni yana topasan. 2 Bu dunyoda qanday kulfat kelishini bilmaysan, shuning uchun narsalaringni yetti, hatto sakkiz kishiga boʻlib bergin .
3 Bulutlar toʻlganda, yerga yomgʻir yogʻadi, daraxt shimol tomonga yoki janub tomonga yiqilsa ham, oʻsha yiqilgan joyida yotaveradi. 4 Shamolni koʻrib qoʻrqqan hech qachon urugʻ ekmaydi, yomgʻirdan xavfsirab, bulutni kuzatgan hech qachon hosil oʻrmaydi. 5 Onaning bachadonidagi bolaga qanday qilib jon kirishini bilmaganingdek, hamma narsani sodir qiladigan Xudoning ishlarini bilmaysan. 6 Urugʻlaringni ertalab ekkin, kechqurun ham qoʻllaring boʻsh oʻtirmasin, chunki sen qaysi biri — unisimi yoki bunisimi yaxshi oʻsishini bilmaysan, balki ikkalasi ham yaxshi oʻsar.
Yoshlarga maslahat
7 Yorugʻlik lazzatlidir, quyoshni koʻrish koʻzlar uchun ham yoqimlidir. 8 Uzoq yillar yashaydiganlar ham har bir yashagan kunlaridan zavq olsin, hali koʻp qorongʻilik kunlari boʻlishini esda tutsin. Hamma keladigan narsalar yelday oʻtib ketadi . 9 Ey yigit, yoshligingda rohatlan, yuraging seni zavqlantirsin. Koʻngling orzu qilgan, koʻzlaring xohlagan ishni qilgin, lekin bilib qoʻy, har bir qilgan ishing uchun Xudo seni hukm qiladi. 10 Qaygʻurmagin, tanang ogʻriqni bilmasin, chunki yoshlik, hayot tongi yelday tez oʻtib ketadi.