10–BOB
1 Oʻlik pashshalar xushboʻy moyni sasitib yuboradi, shuningdek, ozgina ahmoqlik koʻp donolikdan ogʻirroq chiqadi.
2 Dononing yuragi oʻngga — toʻgʻri ishlarni qilishga, nodonniki esa chapga — fosiqlikka tortadi. 3 Ahmoqlar aqli yetmay, qilgan qiliqlari bilan ham hammaga ahmoqligini koʻrsatadi.
4 Agar hukmdorning sendan jahli chiqsa, joyingni tashlab ketmagin, chunki vazminlik tufayli xafagarchiliklar ham bosilib ketadi.
5 Mana men bu dunyoda koʻrgan fojia, hukmdordan boshlangan katta xato: 6 ahmoqlar baland lavozimga koʻtariladi, boylar esa pastda oʻtirishadi. 7 Men yana shuni koʻrdim: zodagonlar xuddi qullarday piyoda yurganda, qullar otda yurardi.
8 Chuqur qaziganning oʻzi unga tushishi, devorni buzganni esa ilon chaqishi mumkin. 9 Tosh kesgan oʻziga zarar yetkazishi, xoda yorgan esa ogʻriqqa duchor boʻlishi mumkin. 10 Agar bolta oʻtmas boʻlsa–yu, uni oʻtkirlamasang, uni ishlatish uchun koʻproq kuch kerak boʻladi. Mana, donolikdan qanday foyda bor ekan. 11 Ammo ilon oʻynatilmasdan oldin chaqib olsa, ilon oʻynatuvchiga donishmandlikning nima foydasi bor?!
12 Donolarning soʻzlari ularga hurmat keltiradi, nodonlarning soʻzlari esa oʻzlarini halok qiladi. 13 Ularning soʻzlari ahmoqlik bilan boshlanib, gʻirt telbalik bilan tugaydi, 14 shunda ham ahmoqlar gapiraveradilar. Hech kim nima boʻlishini bilmaydi, kim bizga kelajakni aytib bera oladi?! 15 Nodonning harakatlari uni juda charchatadi, chunki u shunchalik ahmoqki, shaharga boradigan yoʻlni ham qayta topa olmaydi.
16 Ey shohi yosh boʻlgan, hukmdorlari ertalabdan ziyofat qiladigan yurt, senga afsus–nadomatlar boʻlsin. 17 Shohi asilzoda boʻlgan, hukmdorlari mayxoʻrlik uchun emas, kuch toʻplash uchun oʻz vaqtida ziyofat qiladigan yurt baxtlidir.
18 Dangasalikdan uyning tomi choʻkadi,
Yalqovlik tufayli tomdan chakki oʻtadi.
19 Ziyofat berilganda koʻngil shodlikka toʻladi,
Sharob insonni xushnud etadi.
Lekin ikkalasi uchun ham pul kerak.
20 Hatto sirdosh doʻstlaring orasida ham shohni laʼnatlama, oʻz yotoqxonangda ham boylarni yomonlama. Yaxshi gapning ham, yomon gapning ham qanoti bordir. Osmondagi qush soʻzlaringni yetkazib borishi mumkin.