9–BOB
Xalqning itoatsizligi
1 Quloq sol, ey Isroil! Bugun Iordan daryosining narigi tomoniga oʻtasizlar. Oʻzlaringizdan koʻproq va kuchliroq boʻlgan xalqlarning yerlarini mulk qilib olasizlar. Ularning ulkan shaharlari osmonoʻpar devorlar bilan oʻralgan. 2 Oʻsha kuchli, boʻyi baland xalq Onoq avlodidandir . Ularni oʻzlaringiz bilasizlar, “Onoq avlodiga kim ham bas kela olardi?!” degan gaplarni eshitgansizlar. 3 Bugun shuni bilib qoʻyinglarki, Egangiz Xudo yamlamay yutadigan olovday sizlarning oldingizda boradi. Xudo Onoq avlodini magʻlub qilib, sizlarga itoat ettiradi. Shunda Egamiz bergan vaʼdaga koʻra, ularni bir lahzada quvib, yoʻq qilasizlar.
4 Egangiz Xudo ularni sizlarning oldingizdan haydaganda, oʻzingizcha: “Egam solihligim uchun bu yerni menga berdi”, deb aytmanglar. Bu xalqlar fosiq boʻlgani uchun Egamiz ularni sizlarning oldingizdan haydayapti. 5 Sizlar solihligingiz uchun, yuragingiz toʻgʻri boʻlgani uchun ularning yeriga borib egalik qilmayapsizlar. Yoʻq! Bu xalqlarning fosiqligi tufayli Egangiz Xudo ularni oldingizdan haydayapti. Shu yoʻl bilan otalaringiz Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubga Egangiz ont ichib bergan vaʼdasini bajaradi. 6 Shuni bilib qoʻyinglarki, Egangiz Xudo bu hosildor yurtni sizlarga solih boʻlganingiz uchun bermayapti. Sizlar solih emas, oʻjar xalqsiz.
7 Egangiz Xudoni sahroda qanchalar gʻazablantirganingizni yodingizda tutinglar, aslo unutmanglar. Misrdan chiqqan kundan boshlab, mana shu yerga yetib kelguningizcha Egamizga qarshilik qilib keldingizlar. 8 Sinay togʻida ham Egamizning gʻazabini keltirganingizda, U shunday gʻazablandiki, sizlarni yoʻq qilib yuboray dedi. 9 Men tosh lavhalarni, yaʼni Egamiz sizlar bilan qilgan ahd lavhalarini olgani toqqa chiqdim. Qirq kechayu qirq kunduz togʻda boʻldim, u yerda na non yedim, na suv ichdim. 10 Egamiz menga Oʻz qoʻli bilan yozgan ikkita tosh lavhani berdi. Togʻda yigʻilgan kuningiz Egamiz sizlarga olov ichidan aytgan amrlarning hammasi tosh lavhalarga yozilgan edi. 11 Qirq kechayu qirq kunduzdan keyin Egamiz menga ahd soʻzlari yozilgan ikkita tosh lavhani berdi.
12 Keyin Egamiz menga: “Qani boʻl, bu yerdan tez pastga tush! Oʻzing Misrdan boshlab olib chiqqan xalq yoʻldan ozdi. Men sizlarga amr qilgan yoʻldan darrov toyib, oʻzlariga but yasadi”, — dedi.
13 Egamiz menga yana shunday dedi: “Bu xalq haqiqatan ham oʻjar ekanligini koʻrib turibman. 14 Endi Meni toʻxtatma. Hammasini halok qilaman, ularning nomini yer yuzidan oʻchiraman. Ulardan ham koʻproq, kuchliroq xalqni sendan yarataman.”
15 Men togʻdan qaytib tushdim. Togʻ olov boʻlib yonar, ahdning ikkita tosh lavhasini qoʻllarimga koʻtarib olgan edim. 16 Qarasam, sizlar Egangiz Xudoga qarshi gunoh qilibsizlar, oʻzlaringizga buzoq shaklidagi butni yasab olibsizlar. Birpasda Egamiz sizlarga amr qilgan yoʻldan toyibsizlar. 17 Shunda qoʻllarimdagi ikkala tosh lavhani otib yubordim. Ularni koʻz oldingizda sindirdim. 18 Egamiz oldida yuz tuban muk tushib, oldingiday qirq kechayu qirq kunduz non yemay, suv ichmay iltijo qildim, chunki sizlar gunoh qilgan edingizlar. Egamiz oldida qabih ish qilib, Uni gʻazablantirgan edingizlar. 19 Egamiz gʻazablanib, sizlarni yoʻq qilmoqchi boʻldi. Men Uning gʻazabidan qoʻrqdim. Lekin Egamiz bu safar ham mening iltijolarimga quloq soldi. 20 Egamiz Horundan ham gʻazablanib, uni halok qilmoqchi boʻldi, lekin men oʻshanda Horun uchun ham Egamizga yolvordim. 21 Sizlar butni yasab gunoh qildingiz, shuning uchun men butni olovda yondirdim. Tuproqday maydalab ezib, kukunini togʻdan oqib tushayotgan irmoqqa tashlab yubordim. 22 Sizlar Taverada ham, Massax va Xivrut–Xattavoda turganingizda ham Egamizni gʻazablantirgan edingiz. 23 Egamiz sizlarni Kadesh–Barnadan joʻnatganda ham, sizlarga: “Boringlar, Men sizlarga beradigan yerni mulk qilib olinglar”, deb amr qilganda, sizlar Egangiz Xudoning amriga qarshilik qildingizlar . Unga ishonmadingizlar, quloq solmadingizlar. 24 Men sizlarni taniganimdan buyon, sizlar Egamizga qarshi bosh koʻtarasizlar.
25 Egamiz sizlarni halok qilmoqchi boʻlgani uchun Men Egamiz oldida oʻsha qirq kechayu qirq kunduz muk tushib ibodat qilganimda 26 shunday deb yolvorgan edim: “Ey Egamiz Rabbiy! Xalqingni halok qilma. Axir, ular Sening mulking–ku! Sen ularni buyuk kuching bilan qutqarib, qudrating bilan Misrdan olib chiqqansan. 27 Qullaring Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubni yodingda tut, bu xalqning oʻjarligi, fosiqligi va gunohiga eʼtibor berma. 28 Aks holda, Misrliklar shunday deydi: «Anavi xalqning Egasi vaʼda qilgan yeriga ularni olib kirolmabdi. U Oʻzining xalqini yomon koʻrar ekan, shuning uchun ularni sahroda nobud qilish maqsadida Misrdan olib chiqqan ekan!» 29 Axir, ularni buyuk kuching va ajoyibotlaring bilan Misrdan Oʻzing olib chiqqansan, ular Sening xalqingdir.”