5–BOB
Oʻnta amr
1 Muso jamiki Isroil xalqini bir joyga yigʻib, ularga aytgan nutqini davom ettirdi.
Ey Isroil xalqi, eshitinglar! Bugun men sizlarga aytayotgan farmonlar va qonun–qoidalarga quloq solinglar. Bularni yod olib, bitta qoldirmay bajaringlar. 2 Egamiz Xudo biz bilan Sinay togʻida ahd qildi. 3 U nafaqat ota–bobolarimiz bilan, balki shu yerda turgan har bir odam bilan ahd qildi. 4 Egamiz oʻsha togʻda olov ichidan sizlar bilan yuzma–yuz gaplashdi. 5 Men oʻshanda Egamiz bilan sizlarning orangizda turib, Uning gapini sizlarga aytib turdim. Chunki sizlar olovdan qoʻrqib, toqqa chiqmadingizlar. Egamiz shunday deb aytdi:
6 “Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman.
7 Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang.
8 Oʻzlaringizga hech qanday butni yasamang. Osmonda yo yerda yo yer ostidagi suvda mavjud boʻlgan biror narsaning shaklini yasamang. 9 Oʻsha xudolar yoki butlarga sajda qilmang, xizmat qilmang. Men, Egangiz Xudo, sizlarning sevgingizni boshqa xudolar bilan baham koʻrmaydigan Xudoman. Mendan nafratlanadiganlarni jazolayman, ularning gunohlari oqibatidan farzandlari, nabiralari va chevaralari ham qochib qutulmaydi. 10 Lekin Meni sevib, amrlarimga rioya qiladiganlarning ming–ming avlodlariga sodiq sevgimni koʻrsataman.
11 Men, Egangiz Xudoning ismini suiisteʼmol qilmang . Kim Mening ismimni suiisteʼmol qilsa, oʻshani jazosiz qoldirmayman.
12 Men, Egangiz Xudoning amriga koʻra, Shabbat kunini muqaddas deb biling, bu kunga rioya qilib yuring. 13 Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. 14 Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan Shabbat kunidir. Oʻsha kuni hech qanday ish qilmanglar. Oʻgʻillaringiz, qizlaringiz, qullaringiz, choʻrilaringiz, molingiz, eshagingiz, birorta hayvoningiz, shahringizdagi musofirlar ham hech qanday ish qilishmasin. Qulu choʻrilaringiz sizday dam olsin. 15 Yodingizda tuting: sizlar Misrda qul edingiz, Men, Egangiz Xudo, qudratim va ajoyibotlarim bilan sizlarni u yerdan olib chiqdim. Shuning uchun, Shabbat kuniga rioya qilinglar, deb amr etdim.
16 Men, Egangiz Xudo, amr etganimdek, ota–onangizni hurmat qiling. Oʻshanda Men sizlarga berayotgan yurtda umringiz uzoq boʻlib, baxtiyor yashaysiz.
17 Qotillik qilmang.
18 Zino qilmang.
19 Oʻgʻrilik qilmang.
20 Qoʻshningizga qarshi yolgʻon guvohlik bermang.
21 Qoʻshningizning xotiniga koʻz olaytirmang. Qoʻshningizning uyi, dalasi, quli yoki choʻrisi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga koʻz olaytirmang.”
22 Egangiz bu amrlarni hammangizga oʻsha togʻda olov, bulut va qorongʻilik ichidan baland ovoz bilan aytdi, boshqa biron soʻz qoʻshmadi. Soʻngra U bu amrlarni ikkita tosh lavhaga yozib, menga berdi.
Xalq Xudodan qoʻrqadi
23 Togʻ olov boʻlib yonayotganda, qorongʻilik ichidan ovoz eshitdingiz. Shunda qabilalaringiz boshliqlari va oqsoqollari mening oldimga kelib, 24 shunday deyishdi: “Mana, Egamiz Xudo ulugʻvorligini, buyukligini bizga koʻrsatdi. Uning ovozini biz olov ichidan eshitdik. Bugun biz Xudoning inson zotiga gapirganini, ammo inson tirik qolganini koʻrdik. 25 Nima qilamiz endi jonimizni xavf ostiga qoʻyib?! Mana bu buyuk olov bizni yondirib tashlaydi–ku. Agar biz Egamiz Xudoning ovozini yana eshitsak, aniq oʻlamiz. 26 Axir, olov ichidan gapiradigan barhayot Xudoning ovozini biz kabi, eshitib, tirik qolgan inson bormi?! 27 Endi sen bor, Egamiz Xudoning hamma soʻzlarini eshit. Keyin Uning har bir soʻzini bizga ayt. Biz quloq solib, bajaramiz.”
28 Sizlar menga gapirganlaringizda, Egamiz soʻzlaringizni eshitib, shunday dedi: “Men bu xalqning senga aytgan soʻzlarini eshitdim, hamma aytganlari toʻgʻri. 29 Qaniydi, ularning yuraklari har doim shunday boʻlsa, Mendan qoʻrqib, amrlarimni bajarishsa! Shunda oʻzlari ham, farzandlari ham to abad baxtli boʻlishardi. 30 Endi ularning oldiga borib: «Chodirlaringizga qaytinglar», deb ayt. 31 Sen esa shu yerda Mening yonimda qolasan. Men senga amrlar, farmonlar va qonun–qoidalar beraman. Sen bularni xalqqa oʻrgatasan. Men ularga mulk qilib beradigan yurtda hammasiga rioya qilishsin.”
32 Endi oʻngga ham, chapga ham ogʻmay, Egangiz Xudo sizlarga buyurgan amrlarga bitta qoldirmay rioya qilinglar. 33 Egangiz Xudo amr etgan yoʻldan yuringlar. Shunda yashaysizlar, baxtli boʻlasizlar, mulk qilib oladigan yurtda uzoq umr koʻrasizlar.