34–BOB
Musoning oʻlimi
1 Muso Moʻab tekisligidan Navo togʻining choʻqqisiga chiqdi . Navo togʻi Yerixo shahrining sharqida joylashgan Fisgax togʻ tizmasining eng baland joyi edi. U yerdan Musoga Egamiz butun oʻlkani koʻrsatdi: shimoldagi Dan shahrigacha choʻzilgan butun Gilad oʻlkasini , 2 hamma Naftali yerlarini, Efrayim va Manashe yerlarini, Oʻrta yer dengizigacha choʻzilgan butun Yahudo yerlarini, 3 Nagav choʻli va tekislikni. Bu tekislik Zoʻvar shahridan to palmalar shahri boʻlmish Yerixogacha choʻzilgan edi. 4 Egamiz Musoga dedi:
— Men Ibrohim, Isʼhoq, Yoqubga, sening avlodingga beraman, deb qasam ichib aytgan yurt mana shudir. Mana, bu yurtni oʻz koʻzing bilan koʻrding, lekin u yurtga kirmaysan.
5 Egamiz aytganiday, Uning quli Muso oʻsha yerda, Moʻab yurtida vafot etdi. 6 Egamiz uni Moʻabda, Bayt–Piyor shahrining yaqinidagi bir vodiyda dafn qildi. Muso dafn qilingan joyni hozirgacha hech kim bilmaydi. 7 Muso vafot etganda 120 yoshda edi. Lekin koʻzlarining nuri hali soʻnmagan edi, gʻayrati yoʻqolmagan edi. 8 Isroil xalqi Moʻab tekisligida Muso uchun oʻttiz kun aza tutdi. Muso uchun aza kunlari tamom boʻldi.
9 Muso oʻlimidan oldin Yoshuaga qoʻl qoʻyib, uni yoʻlboshchi qilib tayinlagan edi. Nun oʻgʻli Yoshuani Xudo donolik ruhi bilan toʻldirdi. Isroil xalqi Yoshuaga boʻysundi, Egamiz Musoga buyurganlarning hammasini ular qildi.
10 Isroilda Musoga oʻxshagan paygʻambar boshqa chiqmadi. Egamiz Muso bilan yuzma–yuz gaplashar edi. 11 Egamiz uni Misr yurtida firʼavnga, uning aʼyonlari va butun xalqiga alomatu moʻjizalar koʻrsatish uchun yuborgan edi. 12 Muso butun Isroil xalqi oldida buyuk qudratu haybatli ishlarni namoyon qilgandi.