33–BOB
Muso Isroil qabilalarini duo qiladi
1 Xudoning odami Muso oʻlimidan oldin Isroil xalqini quyidagi soʻzlar bilan duo qildi:
2 “Egamiz Sinay togʻidan Oʻz xalqiga keldi,
Seir yurti uzra quyoshday porladi,
Poron qirlaridan nur sochdi.
Oʻn minglarcha farishta U bilan keldi ,
Oʻng qoʻlida otashin olov bor edi.
3 Darhaqiqat, Egamiz Oʻz xalqini sevadi,
Unga bagʻishlangan odamlarni himoya qiladi.
Ular Egamizga taʼzim qiladilar,
Undan koʻrsatmalar oladilar.
4 Muso Isroil xalqiga bergan ushbu qonun
Yoqub naslining bebaho mulkidir.
5 Isroil qabilalari yigʻilganda,
Xalq yoʻlboshchilari toʻplanganda,
Egamiz aziz Isroilga shoh boʻldi.”
6 Muso Ruben qabilasi haqida shunday dedi:
“Ruben qabilasi yashasin, oʻlmasin,
Soni kam boʻlsa–da, omon boʻlsin .”
7 Yahudo qabilasi haqida shunday dedi:
“Ey Egam, Yahudoning ovozini eshitgin,
Uni boshqa qabilalar bilan birlashtirgin.
U oʻz qoʻllari bilan oʻzini himoya qilmoqda,
Dushmanlariga qarshi unga madad bergin.”
8 Levi qabilasi haqida shunday dedi:
“Ey Egam, Sen Urim bilan Tummimni
Taqvodor Leviga berding.
Uni Massaxda sinab koʻrding,
U bilan Mariva suvlari boʻyida bellashding.
9 U ota–onasidan, aka–ukasidan,
Bola–chaqasidan Seni ustun koʻrdi .
Sening amrlaringni bajardi,
Ahdingga sodiq qoldi.
10 Yoqub nasliga qoidalaringni,
Isroil xalqiga qonuningni oʻrgatadi,
Huzuringda tutatqilar tutatib,
Qurbongohingda qurbonliklar kuydiradi.
11 Ey Egam, uning davlatiga baraka bergin,
Qilgan ishlaridan mamnun boʻlgin.
Yovlarining belini sindirgin,
Undan nafratlanganlar qaytib turolmasin.”
12 Benyamin qabilasi haqida u shunday dedi:
“Egamizning suyukligi bexatar yashaydi,
Xudoyi Taolo doim uni asraydi ,
U Xudoning quchogʻida orom oladi.”
13 Yusuf qabilasi haqida shunday dedi:
“Egamiz uning yeriga baraka bersin.
Osmon yomgʻiri, yer osti suvi bilan barakalasin.
14 Quyoshga toʻygan aʼlo hosillar bersin,
Oʻz mavsumida moʻl mevalar yetishtirsin.
15 Qadimiy togʻlarning asil unumini,
Koʻhna adirlarning serob barakasini bersin.
16 Yerning aʼlo inʼomlari Yusufga nasib etsin,
Yongan buta orasida zohir boʻlgan Xudo
Uni Oʻz muruvvatiga muyassar qilsin,
Aka–ukalari orasidan tanlangan Yusufga bular buyursin.
17 Birinchi tugʻilgan buqaday qudratlidir u!
Uning shoxlari yovvoyi buqaning shoxlaridaydir.
Bir shoxi Efrayimning tuman lashkaridir,
Boshqa shoxi Manashening minglab jangchilaridir.
Bu shoxlari bilan Yusuf xalqlarni quvadi,
Yer yuzining chetigacha ularni haydab boradi.”
18 Zabulun va Issaxor qabilasi haqida shunday dedi:
“Zabulun safarga chiqqanda xursand boʻlsin,
Issaxor esa chodirlarida shodlansin.
19 Ular butun xalqni toqqa chaqiradi,
U yerda maʼqul qurbonliklar keltiradi,
Dengizning boyligi bilan,
Qumdagi xazina bilan oziqlanadi.”
20 Gad qabilasi haqida shunday dedi:
“Gadning yerini kengaytirgan Xudoni olqishlang!
Gad bir arslon kabi yashaydi,
Qurbonining qoʻlu boshini uzib tashlaydi.
21 U oʻzi uchun yerning aʼlosini oldi,
Yoʻlboshchining ulushi unga berildi.
Xalqning yoʻlboshchilari yigʻilganda
Gad Egamizning odil irodasini bajardi,
Egamizning Isroil uchun chiqargan qarorini ado etdi .”
22 Dan qabilasi haqida shunday dedi:
“Dan yosh sherga oʻxshar,
U Bashandan sakrab chiqar.”
23 Naftali qabilasi haqida shunday dedi:
“Egamizning muruvvati Naftaliga yor!
Barakasi uni toʻldirdi bisyor!
Gʻarbu janubga u egalik qilar.”
24 Osher qabilasi haqida shunday dedi:
“Oʻgʻillar orasida Osher eng koʻp baraka topdi,
Aka–ukalari uni afzal koʻrsin,
Oyogʻi zaytun moyida boʻlsin.
25 Tambalari temiru bronzadan boʻlsin,
Umri qancha uzoq boʻlsa, kuchi shuncha koʻp boʻlsin.”
Muso Isroil xalqiga shunday dedi:
26 “Ey azizim Isroil, Xudoyingga oʻxshagani yoʻq,
U salobat bilan bulutlarni egarlaydi,
Senga yordam bergani osmondan uchib keladi,
27 Qadimdan bor boʻlgan Xudo sening panohingdir,
Uning abadiy qoʻllari seni tutib turadi.
U dushmanlaringni oldingdan haydaydi,
Senga: «Ularni qirib tashla!» deb aytadi.
28 Ey Isroil, xavf–xatarsiz yashaysan,
Yoqub nasli, osoyishta boʻlasan.
Sening yering don va sharobga boydir,
Yurtingga osmondan shudring tushadi.
29 Ey Isroil, sen baxtlisan!
Kim senga oʻxshar?!
Sen Egamiz qutqargan xalqsan.
Seni asraydigan qalqoning,
Shonli qiliching Egamizdir.
Oldingda dushmanlaring titrab tiz choʻkadi,
Sen esa ularning belini ezasan.”