32–BOB
1 Ey samo, quloq sol, men gapiraman.
Ey zamin, ogʻzimdan chiqqan soʻzlarni eshit.
2 Taʼlimotim yomgʻir kabi yogʻsin,
Soʻzlarim shudring kabi tushsin,
Maysalarni siypalaydigan yomgʻir tomchilariday,
Oʻtlar ustiga yogʻadigan moʻl yomgʻirday boʻlsin.
3 Egamizning nomini ulugʻlayman!
Xudoyimizning buyukligiga hamdlar oʻqing!
4 U suyangan Qoyam, Uning ishlari komil,
Hamma yoʻllari adolatlidir.
Xudo sadoqatlidir, Unda yolgʻon yoʻq,
U haq va odildir.

5 Ammo sizlar Unga sodiq qolmadingiz!
Ey buzuq va egri nasl,
Endi sizlar Uning farzandlari deb atalmaysiz,
Bu sizlarning isnodingizdir.
6 Egamizga shunday qaytarasizmi,
Ey ahmoq, nodon xalq?!
U sizlarni yaratgan Otangiz–ku!
Sizga shakl bergan Yaratuvchingiz–ku!
7 Qadimgi kunlarni eslang,
Uzoq oʻtmishni oʻylang.
Otangizdan soʻrang, u sizlarga aytib beradi,
Oqsoqollardan soʻrang, sizlarga gapirib berishadi.
8 Xudoyi Taolo xalqlarga yerni boʻlib berganda,
Odamzodni yer yuziga tarqatganda,
Xalqlarning chegaralarini,
Ilohiy zotlar soniga koʻra, belgilagandi.
9 Yoqub naslini esa Egamiz Oʻziga ulush qilib oldi,
Isroilni Oʻz nasibasi qildi.

10 Egamiz Isroilni sahrodan,
Uvullaydigan dashtdan topib oldi.
Uni Oʻz bagʻriga oldi,
Unga gʻamxoʻrlik qilib,
Koʻz qorachigʻiday saqladi.
11 Goʻyo burgut inidagilarni uygʻotib,
Oʻz polaponlari uzra aylanganday,
Qanotlarini yoyib, polaponlarini koʻtarganday,
Qanotlari ustida ularni olib yurganday,
12 Egamizning yolgʻiz Oʻzi Isroilni olib yurdi,
Yonida boshqa xudo yoʻq edi.
13 Yerning choʻqqilariga Isroilni hukmdor qildi,
Dalaning hosili bilan uni toʻydirdi.
Toshdan chiqqan asal bilan,
Toshloq yerda oʻsgan zaytunlarning moyi bilan boqdi.
14 Sigir qatigʻiyu echki suti bilan,
Qoʻzichoq va qoʻy dumbasi bilan,
Bashan qoʻchqoriyu buzoqlari goʻshti,
Aʼlo bugʻdoy bilan boqdi.
Uzumdan qilingan aʼlo sharobdan ichirdi.
15 Azizim Isroil semirib, oʻjar boʻldi.
U semirib, shishib ketdi, oxiri boʻkib qoldi.
Oʻzini yaratgan Xudodan yuz oʻgirib,
Oʻz najot Qoyasini xor qildi.
16 Boshqa xudolarga sajda qilib, Uning rashkini keltirdi.
Jirkanchli butlar bilan Uning gʻazabini qoʻzgʻatdi.
17 Xudoga emas, jinlarga qurbonlik keltirdi.
Bu xudolarni oʻzlari bilmas edi,
Bu xudolar yaqinda paydo boʻlgan,
Ota–bobolari ulardan qoʻrqmagan edi.
18 Evoh, ey Isroil, seni tuqqan Xudoni eslamading,
Seni dunyoga keltirgan Qoyani unutding.

19 Egamiz bularni koʻrib, ularni rad etdi,
Oʻz oʻgʻil–qizlari Uning gʻazabini keltirgandi.
20 U shunday dedi: “Bu xalqdan yuzimni oʻgiraman,
Ularning ahvoli nima boʻlishini koʻraman.
Axir, ular egri nasl, sadoqatsiz farzandlardir.
21 Ular Xudo boʻlmagan butlar bilan rashkimni keltirdilar,
Betayin xudolari bilan gʻazabimni qoʻzgʻatdilar.
Men ham xalq boʻlmaganlar bilan ularning rashkini keltiraman,
Aqlsiz bir xalq bilan gʻazabini qoʻzgʻataman.
22 Mening gʻazabimdan olov chiqadi,
Oʻliklar diyorining eng chuqur joyigacha yondiradi,
Yerni, hosilini kuydiradi,
Togʻ poydevorini kul qiladi.
23 Ularga kulfat ketidan kulfat keltiraman,
Oʻqlarimni bitta qoʻymay ularga otaman:
24 Ochlik ularning sillasini quritadi,
Isitma yondirib kuydiradi,
Ofat jonlarini oladi.
Yovvoyi hayvonlar ularni tilka–pora qiladi,
Yerda sudraladigan ilonlar zahrini sochadi.
25 Koʻchalarda yigitu qizlarni qilich halok qiladi,
Uylarda esa chaqalogʻu oq sochli keksalarni vahima oʻldiradi.
26 Ha, Men ularni sochib tashlagan boʻlardim,
Odamlar orasidan ularning xotirasini oʻchirib yuborgan boʻlardim,
27 Ammo dushmanning mazaxidan hayiqdim,
Gʻanimlar notoʻgʻri tushunmasin, dedim.
«Isroilni Egasi emas, biz magʻlub qildik», deb
Oʻylamasin dedim.”

28 Isroil aqlini yoʻqotgan, idroksiz xalqdir.
29 Agar ularda aql boʻlsa edi, tushunardi,
Oqibati nima boʻlishini bilardi.
30 Ana, Egasi Isroilni tark etdi,
Suyangan Qoyasi ularni dushmanga berib qoʻydi.
Aks holda, bir kishi Isroilning mingtasini taʼqib qila olarmidi?!
Ikki kishi Isroilning oʻn mingtasini hayday olarmidi?!
31 Hatto dushmanlari tan oladi,
Isroil xalqining Xudosi
Qudratli Qoya ekanligini.

32 Isroilning dushmanlari uzum tokiga oʻxshar,
Sadoʻm va Gʻamoʻra dalalarida oʻsar,
Uzumzorlarining mevasi zaharli,
Uzumlari ogʻu singari achchiqdir.
33 Ularning sharobi ajdarho zahri,
Ilonlarning qoʻrqinchli ogʻusidir.
34 Egamiz shunday deydi:
“Men Isroil dushmanlarini
Nimalar qilishni dilimda tutaman,
Oʻshalarni xazinamda saqlayman.
35 Ularning oyoqlari chalishganda
Men Oʻzim qasos va oʻch olaman.
Ularning halokat kuni yaqindir,
Ularning qismati hal boʻladi.”

36 Egamizning xalqi kuchdan qolganda,
Erkinu erksizlar nobud boʻlganda,
Egamiz Oʻz xalqini oqlaydi,
Oʻz qullariga rahm–shafqat qiladi.
37 Shunda Egamiz Oʻz xalqidan soʻraydi:
“Ishongan xudolaringiz qani?!
Siz panoh olgan qoyangiz qani?!
38 Sizlar oʻshalarga qurbonlik yogʻidan yedirdingiz,
Nazr sharobidan ichirdingiz.
Endi ular kelib, sizlarga yordam bersin!
Oʻshalar sizga qalqon boʻlib koʻrsin!

39 Bilib qoʻying, Men yagonaman!
Mendan boshqa Xudo yoʻqdir.
Oʻldiradigan Menman,
Hayot beradigan ham Menman,
Jarohat yetkazadigan Menman,
Shifo beradigan ham Menman.
Mening qoʻlimdan hech kim qutula olmaydi.
40 Men barhayot Xudo boʻlganim haqi,
Qoʻlimni osmonga koʻtarib, ont ichib aytamanki,
41 Men yaltiroq qilichimni charxlayman,
Adolat oʻrnata boshlayman.
Dushmanlarimdan qasos olaman,
Mendan nafratlanganlarga qaytaraman.
42 Halok boʻlganlar va asirlarning qoni bilan
Oʻqlarimni mast qilaman,
Yov lashkarboshilarining kallalari bilan
Qilichimni etga toʻydiraman.”

43 Ey ellar, Uning xalqi bilan birga shodlaning,
U qullarining oʻlimi uchun oʻch oladi.
Dushmanlaridan qasos olib,
Yurti va xalqini gunohdan poklaydi.

44 Muso Nun oʻgʻli Yoshua bilan birga bu qoʻshiqning barcha soʻzlarini ovoz chiqarib, xalqqa aytib berdi.
Musoning oxirgi koʻrsatmalari
45 Muso mana shu soʻzlarning hammasini butun Isroil xalqiga aytib bergandan keyin, 46 ularga shunday dedi:
— Bugun men sizlarni ogohlantirib, aytgan soʻzlarning hammasini yuragingizda saqlang. Bolalaringizga ham buyuring, mana shu qonunning soʻzlarini bitta qoldirmay bajarishsin. 47 Bu shunchaki quruq soʻzlar emas, balki sizlarning hayotingizdir. Mana shu soʻzlar tufayli sizlar mulk qilib oladigan Iordanning narigi tomonidagi yurtda uzoq yashaysizlar.
48 Egamiz oʻsha kuni Musoga shunday dedi:
49 — Aborim tizmasidagi Navo togʻiga chiq. Bu togʻ Yerixo shahri roʻparasidagi Moʻab yurtida joylashgan. U yerdan Men Isroil xalqiga mulk qilib berayotgan Kanʼon yurtiga qara. 50 Akang Horun Xoʻr togʻida olamdan oʻtganday, sen ham oʻzing chiqadigan togʻda olamdan oʻtasan. 51 Ikkovingiz Isroil xalqining oldida Menga sadoqatsizlik qilgan edingiz. Sizlar Zin choʻlida, Mariva suvlari boʻyidagi Kadesh yonida Isroil xalqiga muqaddasligimni namoyon qilmagan edingiz . 52 Shuning uchun sen oʻsha yurtni uzoqdan koʻrasan. Men Isroil xalqiga berayotgan oʻsha yerga sen kirmaysan.