19–BOB
Panoh shaharlar
1 Egangiz Xudo sizlarga beradigan yurtning xalqlarini yoʻq qilganda, sizlar oʻsha yurtni mulk qilasizlar, shaharlariga, uylariga joylashasizlar. 2-3 Oʻshanda yurtni uch qismga boʻlinglar. Har bir qismida bittadan panoh shahar ajratinglar. Oʻsha shaharlarga boradigan yoʻllar quringlar, toki birovni oʻldirib qoʻygan odam oʻsha shaharlarning biriga qochib bora olsin. 4 Agar u birovni adovat qilmay, bexosdan oʻldirib qoʻygan boʻlsa, oʻsha shaharlarning biriga qochib, tirik qoladi. 5 Masalan, bir odam boshqasi bilan daraxt kesgani oʻrmonga bordi, deylik. U daraxt kesmoqchi boʻlib boltani koʻtarganda, bolta sopidan chiqib ketib, sherigiga borib tegsa–yu, sherigi oʻlib qolsa, qotil oʻsha shaharlarning biriga qochib borib tirik qoladi. 6 Aks holda, qasoskor qotilning orqasidan quvishi mumkin, yoʻl uzoq boʻlganidan unga yetib olib, oʻldirishi mumkin. Lekin u oʻlimga loyiq emas, chunki marhumga oldindan uning adovati yoʻq edi. 7 Uchta shahar ajratinglar, deb sizlarga buyurganimning sababi shudir.
8-9 Egangiz Xudoni seving, har doim Uning yoʻlidan yuring, deb sizlarga bugun amr qildim. Agar sizlar bu amrlarni bitta qoldirmay bajarsangiz, Egangiz Xudo ota–bobolaringizga qasam ichib, bergan vaʼdasiga koʻra, yerlaringizni kengaytiradi, vaʼda qilgan butun yurtni sizga beradi. Shunda sizlar ajratgan uchta shahringizga yana uchta panoh shahar qoʻshinglar, 10 toki Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtda aybsizning qoni toʻkilmasin. Sizlar qon uchun javobgar boʻlib qolmanglar.
11 Lekin birorta odam boshqasini adovat bilan poylab turib, hujum qilib oʻldirsa, soʻng oʻsha shaharlarning birortasiga qochib borsa, 12 qotilning ona shahridagi oqsoqollar qotil orqasidan odam yuborib, uni oldirib kelsin. Qotilni qasoskorning qoʻliga topshirsin. Qotil oʻldirilishi kerak. 13 Unga rahm qilmanglar, Isroilni aybsizning qonidan tozalanglar. Shunda baxtiyor boʻlasiz.
Qadimiy chegaralar
14 Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yerda, ota–bobolaringiz ilgaridan belgilagan qoʻshningizning chegarasini surmanglar.
Guvohlar haqida
15 Birovni gunoh yoki jinoyat qilishda ayblash uchun bitta guvoh yetarli emas. Ish ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi. 16 Agar soxta guvoh yomon niyat bilan birortasini ayblasa, 17 janjallashayotgan ikkala odam Egamizning huzuriga borsinlar. Oʻsha kunlarda xizmatini oʻtayotgan ruhoniylarga va hakamlarga uchrashsinlar. 18 Hakamlar ishni yaxshilab koʻrib chiqishsin. Agar guvoh birodariga qarshi yolgʻon guvohlik berayotgan boʻlsa, 19 birodariga qarshi oʻylagan niyatini oʻziga qaytaringlar. Shu tariqa orangizdan yomonlikni yoʻq qilinglar. 20 Boshqalar boʻlib oʻtgan voqealarni eshitib, qoʻrqadilar, orangizda bunday jinoyatni boshqa qilmaydilar. 21 Bundaylarga rahm qilmanglar: jon evaziga jon, koʻz evaziga koʻz, tish evaziga tish, qoʻl evaziga qoʻl, oyoq evaziga oyoq.