18–BOB
Ruhoniylarning ulushi
1 Levi ruhoniylari, butun Levi qabilasi qatorida, Isroilda ulush ham, mulk ham olmaydilar. Ular Egamizga keltirilgan nazr va qurbonliklardan yeydilar. 2 Birodarlari orasida ularning ulushi boʻlmaydi. Egamiz Levi qabilasiga: “Men Oʻzim sizlarning ulushingiz boʻlaman” , deb vaʼda bergan edi.
3 Qurbonlik qilingan mol yoki qoʻyning yelka, jagʻ va ichak–chovoqlari ruhoniylarga berilsin. 4 Gʻallangizning ilk hosilini, eng birinchi tayyorlagan sharobingizni va zaytun moyingizni, qoʻylaringizning birinchi qirqilgan yungini ruhoniylarga beringlar. 5 Chunki Egangiz Xudo, Levi qabilasi va ularning avlodlari har doim Menga xizmat qilishsin, deb ularni qabilalaringiz orasidan tanlab oldi.
6 Agar biror levi Isroildagi oʻzi yashab turgan shahardan Egamiz tanlagan joyga oʻz xohishi bilan borsa, 7 u yerda Egamizga xizmat qilgan levi birodarlari singari, Egasi Xudo nomidan xizmat qila oladi. 8 Oilasining mulkini sotishdan kelgan daromadi boʻlsa ham, boshqa levilar qatori bir xil ulush yesin.
Butparast xalqlarning qabih odatlari haqida ogohlantirish
9 Egangiz Xudo beradigan yurtga kirganingizda, u yer xalqlarining jirkanch odatlarini oʻrganmanglar. 10 Oʻgʻli yoki qizini olovda qurbon qiladigan , folbin, bashoratgoʻy, romchi, sehrgar, 11 issiq–sovuq qiladigan, arvoh chaqiruvchi, oʻliklardan maslahat soʻraydiganlar orangizda boʻlmasin. 12 Egamiz bundaylardan jirkanadi. Mana shu jirkanch odatlari uchun Egangiz Xudo oʻsha xalqlarni sizning oldingizdan haydab chiqaryapti. 13 Egangiz Xudoga butunlay sodiq qoling.
Paygʻambar yuborish haqida vaʼda
14 Sizlar yurtini olayotgan oʻsha xalqlar bashoratgoʻylar va folbinlarning gapiga quloq soladilar. Sizlarning bunday qilishingizga esa Egangiz Xudo ruxsat bermaydi. 15 Egangiz Xudo sizlar uchun oʻz xalqingiz orasidan menga oʻxshagan bir paygʻambar chiqaradi. Unga quloq solinglar. 16 Siz Sinay togʻida yigʻilgan kuningizda Egangiz Xudodan oʻzingiz uni tilab olgandingiz, zotan, siz shunday degan edingiz: “Egamiz Xudoning ovozini endi eshitmaylik, mana shu buyuk olovni ham boshqa koʻrmaylik, aks holda, oʻlamiz.” 17 Oʻshanda Egamiz menga shunday dedi: “Ularning aytganlari toʻgʻri. 18 Ular uchun oʻz xalqi orasidan senga oʻxshagan bir paygʻambar chiqaraman, Men unga nima aytishni oʻrgataman. Oʻsha paygʻambar bergan amrlarimning hammasini ularga aytadi. 19 U Mening nomimdan gapiradi, unga quloq solmagan odamni Men Oʻzim jazolayman. 20 Ammo biror paygʻambar Men buyurmagan soʻzni Mening nomimdan gapirishga jurʼat qilsa yoki boshqa xudolar nomidan gapirsa, u paygʻambar oʻlishi kerak.”
21 Koʻnglingizda: “Bu soʻzlar Egamizdanmi yoki yoʻqmi, biz qanday qilib bilamiz?” deb oʻylashingiz mumkin. 22 Agar biror paygʻambar Egamizning nomidan gapirsa–yu, oʻsha voqea yuz bermasa, demak, bu soʻzni Egamiz aytmagan boʻladi. Paygʻambar oʻzicha gapirgan, undan qoʻrqmanglar.