17–BOB
1 Nuqsoni yoki kamchiligi bor mol–qoʻylarni Egangiz Xudoga qurbonlik qilmanglar. Bu Egangiz Xudoga jirkanchdir.
2 Egangiz Xudo sizga berayotgan shaharlarning birida orangizdan birorta erkak yoki ayol Egangiz oldida qabihlik qilib, Uning ahdini buzsa, 3 begona xudolarga xizmat qilsa, oʻsha xudolarga yoki quyoshga, oyga va samoviy jismlarga topinsa, taqiqlangan bu ishlarni qilsa, 4 bu voqeadan sizlar xabardor boʻlsangiz, eshitganlaringizni yaxshilab tekshiringlar. Isroil xalqi orasida haqiqatan ham bunday jirkanch ish qilingan boʻlsa, 5 oʻsha gunohkor erkak yoki ayolni shahar darvozasidan tashqariga olib chiqib, toshboʻron qilib oʻldiringlar. 6 Odam faqat ikkita yoki uchta guvohning soʻzi bilan oʻlimga hukm qilinishi mumkin, bitta guvohning soʻzi bilan oʻldirilmasin. 7 Gunohkorga birinchi boʻlib guvohlar tosh otsin, keyin butun xalq uni toshboʻron qilsin. Shunday qilib, orangizdan yomonlikni yoʻq qilinglar.
8 Agar shahringizda qon toʻkish, haq–huquq talashish va zoʻravonlik kabi mojarolarni hukm qilish qiyin boʻlsa, Egangiz Xudo tanlaydigan joyga boringlar. 9 Levi ruhoniylarining va oʻsha vaqtda xizmatda boʻlgan hakamning oldiga borib, ulardan soʻranglar. Ular hukm chiqaradi. 10 Ular chiqargan hukm boʻyicha ish tutinglar, oʻrgatganlarini bitta qoldirmay bajaringlar. 11 Tushuntirgan qonunni va qonunga asosan chiqargan hukmni toʻliq bajaringlar. Ularning aytganlaridan chapga ham, oʻngga ham ogʻmanglar. 12 Egangiz Xudoning xizmatida turgan ruhoniy va hakamning gapiga quloq solmay, oʻzboshimcha ish tutgan odam oʻlishi kerak. Shunday qilsangiz, Isroil xalqi orasidan yomonlikni yoʻq qilgan boʻlasizlar. 13 Butun xalq bu voqeani eshitib qoʻrqadi, bundan keyin oʻzboshimcha ish qilmaydigan boʻladi.
Shoh haqida koʻrsatmalar
14 Egangiz Xudo sizlarga beradigan yurtga borib, u yerga joylashib, egalik qilasizlar. Shundan keyin, “Atrofimizdagi xalqlarga oʻxshab biz ham ustimizdan shoh qoʻyaylik”, deysiz. 15 Koʻtaradigan shohingiz albatta Egangiz Xudo tomonidan tanlangan boʻlsin. Shoh oʻz xalqingizdan boʻlsin. Begona boʻlgan musofirni ustingizdan shoh qilishingiz mumkin emas. 16 Shoh oʻzi uchun ot koʻpaytirmasin, ot sotib olish uchun odamlarni Misrga joʻnatmasin. Chunki Egamiz sizlarga: “U yerga qaytib bormanglar”, degan. 17 Tayinlangan shoh xotinlarni koʻpaytirmasin, aks holda, Egamizdan yuragi soviydi . Oʻzi uchun koʻp miqdorda oltin va kumushni yigʻmasin. 18 U shohlik taxtiga oʻtirganda, levi ruhoniylari saqlagan qonunlardan oʻzi uchun bir nusxa koʻchirtirib olsin. 19 Qonunlarning oʻsha nusxasi doimo shohning yonida boʻlsin. Shoh uni har kuni, umri davomida oʻqisin, toki oʻzining Egasi Xudodan qoʻrqishni oʻrgansin, qonun va farmonlarning soʻzlarini bitta qoldirmay bajarsin. 20 Oʻzini birodarlaridan ustun qoʻymasin, amrlardan chapga ham, oʻngga ham ogʻmasin. Shunda oʻzi ham, oʻgʻillari ham Isroil ustidan uzoq yillar hukmronlik qiladilar.