15–BOB
Yettinchi yil
1 Har yettinchi yilning oxirida qarzlaringizdan kechinglar. 2 Qarzdan kechish shundan iboratki, yaqiniga qarz bergan odam qarzidan kechsin. Isroil xalqidan boʻlgan birodaridan oʻsha qarzini soʻramasin, chunki Egamiz qarzdan kechishni eʼlon qildi. 3 Begonadan qarzingizni soʻrasangiz boʻladi. Isroil xalqidan boʻlgan birodaringizdan esa qarzingizni soʻramang.
4 Sizlarning orangizda kambagʻal boʻlmaydi. Egangiz Xudo mulk qilib berayotgan yurtda sizlarga baraka beradi. 5 Faqat Egangiz Xudoga itoat etib, Men bugun sizlarga berayotgan mana shu amrlarni bitta qoldirmay bajarishingiz kerak. 6 Egangiz Xudo Oʻzi vaʼda qilganday, sizlarga baraka berganda, koʻp xalqlarga qarz berasiz, oʻzingiz esa ulardan qarz olmaysiz. Koʻp xalqlar ustidan hukmronlik qilasiz, ular esa sizlarning ustingizdan hukmronlik qilmaydi.
7 Egangiz Xudo sizga beradigan yurtdagi shaharlaringizning birida Isroil xalqidan birortasi kambagʻal boʻlsa, unga nisbatan bagʻritoshlik qilmang, ziqna boʻlmang. 8 Ochiq qoʻl boʻling, unga kerakli narsani yetarlicha qarzga bering. 9 Ehtiyot boʻling, koʻnglingizda yomon niyat qilmang, yettinchi yil, qarzdan kechish yili kelyapti, deb kambagʻal birodaringizga nafrat bilan qaramang, unga yoʻq demang. Aks holda, birodaringiz Egamizga sizdan noliydi, natijada siz gunoh orttirib olasiz. 10 Unga saxiylik bilan qarz bering, buning uchun achinmang. Shunda Egangiz Xudo har bir ishingizga baraka beradi. 11 Yer yuzida har doim kambagʻallar boʻladi. Shuning uchun sizlarga amrim shuki, yurtingizdagi kambagʻal, muhtoj birodaringizga ochiq qoʻl boʻling.
Qullarga boʻlgan munosabat
12 Birodaringizdan ibroniy erkak yoki ayol sizga oʻzini sotsa , olti yil xizmat qilsin, yettinchi yili uni ozod qilishingiz kerak. 13 Uni ozod qilganingizda, quruq joʻnatmang. 14 Unga saxiylik bilan mol–qoʻyingizdan, don, sharobingizdan bering, Egangiz Xudo sizlarga ato etgan barakadan bering. 15 Yodingizda tuting: sizlar ham Misr yurtida qul boʻlgansiz, Egangiz Xudo sizlarni ozod qilgan. Shuning uchun men bugun sizlarga oʻsha amrni berdim.
16 Agar qulingiz, sizni, oilangizni yaxshi koʻraman, sizning xonadoningizda oʻzimga toʻqman, siznikidan ketmayman, deb aytsa, 17 uni uyingiz eshigi yoniga olib boring. Qulogʻini eshikka qoʻyib, bigiz bilan teshing. Shunda u bir umr sizning qulingiz boʻladi, choʻringizni ham shunday qiling.
18 Qulingizni ozod qilayotganingizda afsuslanmang, chunki u olti yil ichida mardikorning haqiga arziydigan mehnatni qildi. Uni ozod qilsangiz, Egangiz Xudo qilgan har bir ishingizga baraka beradi.
Hayvonlarning birinchi tugʻilgan bolalari
19 Mol–qoʻylaringizning birinchi tugʻilgan erkagini Egangiz Xudoga bagʻishlang. Birinchi tugʻilgan buqangizni ishlatmang, birinchi tugʻilgan qoʻyingizning yungini olmang. 20 Bularning goʻshtini Egamiz tanlaydigan joyda, oʻzingiz oilalaringiz bilan birga har yili Uning huzurida yenglar. 21 Agar oʻsha hayvon choʻloq yoki koʻr boʻlsa yo uning boshqa bir nuqsoni boʻlsa, uni Egangiz Xudoga qurbonlik qilmang. 22 Uni shaharlaringizda yeyaveringlar. Pok odam ham, harom odam ham, ohu va kiyikni yeganday, uning goʻshtini yesa boʻladi. 23 Faqat qonini isteʼmol qilmang. Qonni suv singari, yerga toʻkib tashlang.