13–BOB
1 Agar orangizda biror paygʻambar yoki tush taʼbirlovchi paydo boʻlib: “Alomat yoki moʻjiza koʻrsataman”, deb aytsa, 2 uning aytganlari bajo boʻlsa, keyin u: “Yur, sen bilmagan boshqa xudolarga ergashaylik, ularga xizmat qilaylik”, desa, 3 oʻsha paygʻambar yoki tush taʼbirlovchining soʻzlariga quloq solmanglar. Egangiz Xudo: “Qani bilay–chi, ular butun qalbi bilan, jonu dili bilan Meni sevadimi yoki yoʻqmi”, deb sizlarni sinayotgan boʻladi. 4 Sizlar faqatgina Egangiz Xudoga ergashinglar. Undan qoʻrqinglar, Uning amrlariga itoat etinglar. Egangizga quloq solinglar, Unga xizmat qilinglar, Unga sodiq boʻlinglar. 5 Egangiz Xudo sizni Misr yurtidan olib chiqqan, Misrdagi qullikdan ozod qilgan. Oʻsha paygʻambar yoki tush taʼbirlovchi esa sizni Xudoyingizdan yuz oʻgirtirishga harakat qildi. Egangiz Xudo amr qilgan yoʻldan sizni ozdirmoqchi boʻldi. Shuning uchun uni oʻldiringlar. Orangizdan yomonlikni yoʻq qilinglar.
6 Hatto aka–ukangiz yoki oʻgʻlingiz, qizingiz, sevikli xotiningiz yo jonajon doʻstingiz sizni yashirincha oʻzingiz bilmagan, ota–bobolaringiz ham bilmagan begona xudolarga sajda qilishga undashi mumkin. 7 Atrofingizda yashayotgan uzoq–yaqindagi, yerning bu chetidan narigi chetigacha oʻrnashgan xalqlarning xudolariga sigʻinishga undashi mumkin. 8 Ammo sizlar rozi boʻlmanglar. Bunday odamga quloq solmanglar, unga rahm–shafqat qilmanglar, uning yonini olmanglar. 9 Uni oʻldiringlar. Birinchi boʻlib sen, keyin butun xalq unga tosh otinglar. 10 Uni toshboʻron qilib oʻldiringlar. Chunki u sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudodan yuz oʻgirishga undadi. 11 Bu voqeani Isroil xalqi eshitib qoʻrqadi, bundan keyin orangizda bunday qabihlik qilinmaydi.
12 Egangiz Xudo sizlarga yashash uchun berayotgan shaharlarning birortasida 13 manfur odamlar chiqib, ular shahar ahlini: “Yuringlar, oʻzlaringiz bilmagan boshqa xudolarga xizmat qilaylik”, deb yoʻldan urganini eshitsangiz, 14 soʻrab–surishtiringlar, yaxshilab tekshiringlar. Bu jirkanch voqea haqiqatan yuz bergan boʻlib, eshitganlaringiz rost boʻlib chiqsa, 15 oʻsha shaharning butun aholisini, hayvonlarigacha qilichdan oʻtkazinglar. Shaharni va undagi hamma narsani butunlay vayron qilinglar. 16 Oʻljalarni maydon oʻrtasiga yigʻinglar. Shaharni va u yerdagi hamma oʻljani Egangiz Xudoga bagʻishlab, yondirib tashlanglar. U joy abadiy vayronaga aylansin, hech qachon qayta tiklanmasin. 17 Yondiriladigan narsalardan hech birini oʻzingizga olmanglar. Shunda Egamiz gʻazabidan tushadi, sizlarga mehr–shafqat koʻrsatadi, rahm qiladi, ota–bobolaringizga qasam ichib vaʼda berganiday sizlarni koʻpaytiradi. 18 Shuning uchun sizlar Egangiz Xudoga quloq solishingiz kerak. Men bugun sizlarga berayotgan Uning amrlariga itoat etib, Uning oldida toʻgʻri ishlar qilishingiz kerak.