12–BOB
Kanʼon yurtida rioya qilinadigan qonun–qoidalar
1 Ota–bobolaringizning Xudosi — Egangiz sizlarga mulk qilib berayotgan yurtda bajarishingiz lozim boʻlgan farmonlar va qonun–qoidalar quyidagilardan iboratdir. Bularni bitta qoldirmay bajaringlar. 2 Sizlar boradigan yurtdagi xalqlar boshqa xudolarga sigʻinadi. Ularning yurtini qoʻlga kiritganingizdan keyin togʻ choʻqqilaridagi, qirlardagi va har bir yashil daraxt ostidagi sajdagohlarini buzib, yoʻq qilinglar. 3 Qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini parchalab tashlanglar, Asheraga atalgan ustunlarni yondiringlar, butlarini chopib tashlab, xudolarining nomini u yerdan yoʻq qilinglar.
Sajda qilish uchun yagona joy
4 Sizlarning Egangiz Xudoga sajda qilishingiz oʻsha xalqlarning sajdasiga oʻxshamasin. 5 Egangiz Xudo ulugʻlanishi uchun barcha qabilalaringiz orasidan Oʻziga bir joy tanlaydi. Sizlar oʻsha joyda Unga sajda qilinglar. 6 U yerga kuydiriladigan va boshqa qurbonliklarni, ushrlaringizni , ehsonlaringizni, bergan vaʼdangizga muvofiq qilinadigan nazrlaringizni, koʻngildan chiqarib beradigan qurbonliklaringizni, mol–qoʻylaringizning birinchi tugʻilgan bolalarini olib boringlar. 7 U yerda, Egangiz Xudoning huzurida oilalaringiz bilan yeb, Egangiz Xudo hamma ishingizga bergan barakadan sevininglar.
8 U yerda biz hozir qilayotgan ishlarni qila koʻrmanglar. Bu yerda hamma koʻngliga maʼqul kelganini qilyapti. 9 Chunki Egangiz Xudo sizga mulk qilib beradigan yerga hali kirmadingiz, osoyishta hayotga erishmadingiz. 10 Ammo koʻp oʻtmay sizlar Iordan daryosidan oʻtasizlar, Egangiz Xudo mulk qilib beradigan yurtda joylashasizlar. U dushmanlaringizni yengib, sizlarga har tarafdan osoyishtalik ato qiladi, sizlar xavf–xatarsiz yashaysizlar. 11 Shunda Egangiz Xudo Oʻzi ulugʻlanishi uchun tanlaydigan joyga men amr qilgan nazru qurbonliklaringizni olib boringlar. Kuydiriladigan va boshqa qurbonliklaringizni, ushrlaringizni, ehsonlaringizni, bergan vaʼdangizga muvofiq qilinadigan aʼlo nazrlaringizni Egamizga atab, oʻsha yerga olib boringlar. 12 Egangiz Xudo huzurida oʻzlaringiz, oʻgʻillaringiz, qizlaringiz, qullaringiz, choʻrilaringiz, shahringizdagi Levi qabilasidan boʻlganlar bilan xursandchilik qilinglar. Chunki levilarning siznikiga oʻxshagan ulushi ham, mulki ham yoʻqdir. 13 Ehtiyot boʻlinglar, kuydiriladigan qurbonligingizni duch kelgan joyda qilavermanglar. 14 Ularni faqat Egamiz qabilalaringiz orasidan tanlagan joyda qilinglar. Men sizlarga amr qilganning hammasini oʻsha yerda ado etinglar.
15 Bordi–yu, goʻsht yemoqchi boʻlsangiz, hayvonni istagan paytingizda, Egangiz Xudo bergan barakaga yarasha, xohlagan shahringizda soʻyib, yeyishingiz mumkin. Odam pok boʻlsa ham, harom boʻlsa ham, kiyik va ohu goʻshtini yeganday, bu goʻshtdan yeyaversin. 16 Faqat qonni isteʼmol qilmanglar, uni suvday yerga toʻkib tashlanglar. 17 Nazru qurbonliklaringizni shaharlaringizda yemanglar. Doningiz, sharobingiz va zaytun moyingizning oʻndan bir qismini, mol, qoʻyingizning birinchi tugʻilgan bolasini, bergan vaʼdangizga muvofiq qilinadigan nazrlaringizni, koʻngildan chiqarib beradigan qurbonliklaringizni, ehsonlaringizni 18 faqat Egangiz Xudo tanlagan joyda yenglar. Bularni Uning huzurida oʻgʻlingiz, qizingiz, qullaringiz, choʻrilaringiz, shahringizdagi levilar bilan birga yeb, Egangiz Xudo ishingizga bergan barakadan sevininglar. 19 Yurtingizda yashar ekansiz, ehtiyot boʻlinglar, levilarni unutib qoʻymanglar.
20 Egangiz Xudo sizlarga bergan vaʼdaga koʻra, yerlaringizni kengaytiradi. Shunda koʻnglingiz goʻshtni tusab: “Goʻsht yegim kelyapti”, deb aytsangiz, xohlaganingizcha goʻsht yeysiz. 21 Egangiz Xudo Oʻzi ulugʻlanishi uchun tanlaydigan joy sizlar turgan joydan uzoqda boʻlsa, men buyurganimday, U sizlarga bergan mol yoki qoʻylardan soʻyib, shahringizda xohlaganingizcha goʻsht yesangiz boʻladi. 22 Pok yoki harom odam bu goʻshtni ohu yoki kiyik goʻshtini yeganday tanovul qilaversin . 23 Qonni esa aslo isteʼmol qilmanglar, chunki qon jondir, jonni goʻsht bilan birga yemanglar. 24 Qonni isteʼmol qilmay, suv singari, yerga toʻkib tashlanglar. 25 Sizlar ham, farzandlaringiz ham, qonni isteʼmol qilmanglar, shunda baxtiyor boʻlasizlar. Egamizning oldida maʼqul ish qilgan boʻlasizlar. 26 Egamizga atagan ehsonlaringizni va vaʼda qilgan nazrlaringizni U tanlagan joyga olib boringlar. 27 Kuydiriladigan qurbonliklaringizni, ularning qonini, goʻshtini Egangiz Xudoning qurbongohida keltiringlar. Boshqa qurbonliklaringizning qonini ham Egangiz Xudoning qurbongohi yoniga toʻkinglar, goʻshtini esa yesangiz boʻladi. 28 Men berayotgan bu amrlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Shunda oʻzlaringiz ham, sizlardan keyingi farzandlaringiz ham to abad baxtli boʻlasizlar. Negaki, Egangiz Xudoning oldida toʻgʻri, yaxshi ishlarni qilgan boʻlasizlar.
Butparastlikka qarshi ogohlantirish
29 Sizlar yurtga kirib, u yerning xalqlariga hujum qilganingizda, Egangiz Xudo ularni yoʻq qiladi. Sizlar ularning yerlariga joylashasizlar. 30 Shunda ehtiyot boʻlinglar, ularning udumlarini qilib, tuzoqqa tushib qolmanglar. “Bu xalqlar xudolariga qanday xizmat qilgan ekan–a?! Men ham ularday qilaman”, deb ularning xudolari haqida surishtirmanglar. 31 Ularga xos usul bilan Egangiz Xudoga sigʻinmanglar. Axir, ular oʻz xudolariga sigʻinganlarida jirkanch ishlar qiladilar, Egamiz esa bunday ishlardan nafratlanadi. Ular hatto oʻgʻil–qizlarini xudolariga qurbonlik qilib, olovda yondiradilar.
32 Men sizlarga bergan amrlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Bu amrlarga hech narsa qoʻshmanglar ham, olib tashlamanglar ham.