8–BOB
Doniyorning qoʻchqor va echki haqidagi vahiysi
1 Doniyor shunday deb yozdi:
“Shoh Belshazar hukmronligining uchinchi yilida menga yana bir vahiy keldi. 2 Bu vahiyda men Elam viloyatidagi Shushan qalʼasida , Uloy daryosining boʻyida turgan ekanman. 3 Men daryo boʻyida bir qoʻchqor turganini koʻrdim. Uning ikkita uzun–uzun shoxlari bor ekan . Ikkinchi boʻlib chiqqan shox birinchisiga qaraganda uzunroq ekan . 4 Qoʻchqor oʻzini gʻarb, shimol va janubga urib, yoʻlida duch kelgan hamma narsani suzar edi. Hech qanday hayvon unga bas kela olmas, uning qurbonlarini qutqara olmas edi. Qoʻchqor xohlagan ishini qilar, kuchi tobora oshib borar edi.
5 Buni tomosha qilib turganimda, gʻarb tomondan bir taka koʻrindi. Yelday uchib kelayotgan bu takaning tuyoqlari goʻyo yerga tegmayotganday tuyular edi. Uning ikki koʻzi orasida ulkan bir shox bor edi . 6 U quturganicha qoʻchqor tomon yugurdi–da, 7 qahr–gʻazab bilan unga tashlanib, suzdi. Takaning zarbasi zoʻrligidan, qoʻchqorning ikkala shoxi sinib tushdi. Qoʻchqor takaga bas kela olmadi. Taka uni yerga yiqitib toptadi, hech kim qoʻchqorni undan qutqara olmas edi.
8 Taka nihoyatda kuchayib ketdi, ammo kuch–qudrat choʻqqisida uning ulkan shoxi sinib tushdi. Sinib tushgan shoxning oʻrniga dunyoning toʻrt tomoniga qayrilgan toʻrtta katta shox oʻsib chiqdi .
9 Ularning biridan yana bitta shoxcha chiqdi. Uning kuch–qudrati oshib, janub, sharq va goʻzal Isroil oʻlkasi tomon yoyildi. 10 Qudrati osmonu falakka yetgan bu shox samoviy lashkarlarga hujum qildi. Samoviy lashkarlar boʻlmish yulduzlarning ayrimlarini yerga tushirib toptadi. 11 Hatto samoviy lashkarning Sarkardasi — Xudoni mensimay, Unga keltiriladigan kundalik qurbonliklarni toʻxtatdi. Maʼbadni esa vayron qilib, 12 samoviy lashkarlarni magʻlub qildi. Kundalik qurbonliklar oʻrniga haddan tashqari jirkanch bir narsani oʻrnatdi. Haqiqatni oyoq osti qilgan bu shox har bir ishida muvaffaqiyat qozonar edi .
13 Keyin men farishtalar oʻzaro gaplashayotganini eshitib qoldim. Ularning biri boshqasidan shunday deb soʻraganini eshitdim:
— Vahiydagi bu hodisalar qachongacha davom etar ekan–a? Qachongacha bu jirkanch narsa kundalik qurbonliklar oʻrnini egallaydi? Qachongacha Maʼbad va samoviy lashkarlar oyoq osti boʻladi?
14 Sherigi unga shunday javob berdi:
— Bunday ahvol 2300 kechayu kunduz davom etadi. Oʻsha vaqt mobaynida qurbonliklar keltirilmaydi. Shundan soʻng Maʼbad poklanib, asl holiga qaytariladi.
Farishta Jabroil vahiylarni tushuntirib beradi
15 Men koʻrgan vahiyning magʻzini chaqmoqchi boʻlib, boshimni qotirib turganimda, birdaniga oldimda odam qiyofasidagi allakim paydo boʻldi. 16 Shu paytda men Uloy daryosi tomonidan:
— Ey Jabroil, bu odamga vahiyning maʼnosini tushuntirib ber, — deb xitob qilayotgan inson ovozini eshitdim. 17 Jabroil menga yaqinlashganda, men qoʻrqqanimdan yuz tuban yerga yiqildim. Ammo u menga:
— Tushungin, ey inson , bu oxirzamon vahiysi, — dedi.
18 U gapirayotganda men hushimdan ketib, yuz tuban yerda choʻzilib yotgan edim. Ammo u qoʻlini tekkizib, meni turgʻizib qoʻydi–da, 19 shunday dedi:
— Eshit, men senga oxirzamon paytida sodir boʻladigan narsalarni ayon qilaman, oʻsha davrda Xudo Oʻz gʻazabini yer yuziga sochishni belgilagandir. 20 Sen koʻrgan ikki shoxli qoʻchqor — bu Midiya va Fors shohliklaridir. 21 Taka esa Yunon shohligidir. Ikkala koʻzining orasidagi ulkan shox — bu Yunon shohligining taxtida oʻtiradigan birinchi hukmdordir. 22 Sinib tushgan shoxning oʻrniga chiqqan toʻrtta shox — Yunon shohligi toʻrt qismga boʻlinishini bildiradi. Taxtga oʻtirgan toʻrtala hukmdor oldingi hukmdorga qaraganda zaifroq boʻladi. 23 Ularning hukmronlik paytlari oxirlab, gunohlari toʻlib–toshganda, makr–hiylaga usta, vajohati xunuk bir hukmdor taxtga oʻtiradi. 24 U nihoyatda kuchayib ketadi, biroq oʻzining kuchi bilan emas. U hamma yoqni vayron qilib, barcha ishlarida muvaffaqiyat qozonadi. Zabardast yoʻlboshchilaru Xudoning azizlarini qirib tashlaydi. 25 Ustalik bilan ishlatgan makkorligi tufayli koʻp yutuqlarga erishadi. Koʻzini yogʻ bosgan bu hukmdor ogohlantirmasdan koʻp odamlarni halok qiladi. U hatto eng buyuk Hukmdorga qarshi bosh koʻtaradi. Oqibatda esa yoʻq qilib tashlanadi, ammo bu insonning kuchi bilan qilinmaydi. 26 Doniyor, men hozir senga tushuntirib bergan ertalabki va kechqurungi qurbonliklarga oid boʻlgan bu vahiy albatta amalga oshadi. Sen vahiyni sir tutgin, chunki bu uzoq kelajakka oid narsadir.
27 Bu voqeadan soʻng tobim qochib, bir necha kun betob boʻlib yotdim. Keyin turib, shohning xizmatiga qaytdim. Ammo vahiy meni tamomila esankiratib qoʻygan edi. Men uning maʼnosini tushunmagan edim.