4–BOB
1 Ey Samariya ayollari, eshiting!
Sizlar Bashandagi sigirlarday semirib ketgansiz ,
Kambagʻallarga jabr qilasiz, yoʻqsilni ezasiz,
Erlaringizdan ichkilik talab qilasiz.
2 Egamiz Rabbiy Oʻz muqaddas nomi haqi ont ichib demoqda:
“Shunday kunlar keladiki,
Sizlarni ilmoqlar bilan sudrab ketishadi,
Har biringizni qarmoqlar bilan tortib ketishadi.
3 Har biringizni devordagi teshiklar orasidan sudrab olib chiqishadi.
Itarib–itarib sizlarni Xermon tomon olib ketishadi ,
— deb aytmoqda Egamiz. —
4 Qani, endi Baytilga borib gunoh qilavering!
Gilgalda gunohlaringizni koʻpaytiring!
Saharda qurbonliklar keltiring,
Ertasiga ushrlar olib keling!
5 Xamirturushli nonlarni Menga shukrona nazri qiling,
Koʻngildan chiqarib bergan qurbonligingiz haqida
Jar solib hammaga ayting,
Axir, bunday qilishni xoʻp yaxshi koʻrasiz, ey Isroil xalqi!
— deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —
6 Men hamma shaharlaringizda
Sizlarga tishingizning kirini soʻrdirdim,
Qishloqlaringizni nonga zor qildim,
Shunda ham sizlar Menga qaytmadingizlar,
— deb aytmoqda Egamiz. —
7 Ekinzorlaringizga suv kerak boʻlganda,
Men yomgʻir yogʻdirmadim.
Bir shaharga yomgʻir yogʻdirib,
Boshqasiga yogʻdirmas edim.
Bir dalani yomgʻir suviga toʻydirardim,
Boshqasiga yomgʻir yogʻdirmay, quritar edim.
8 Shunda ikki–uch shahar aholisi suv ichgani
Boshqa shaharga oyogʻini sudrab borardi.
Lekin sizlar suvga toʻymadingizlar.
Shunda ham Menga qaytmadingizlar,
— deb aytmoqda Egamiz. —
9 Men hosilingizga shira va oqqirov kasalini yubordim.
Chigirtkalar qayta–qayta bogʻu uzumzorlaringizni,
Anjir va zaytun daraxtlaringizni nobud qildi,

10 Misrda boʻlgani kabi orangizga falokat yubordim.
Yigitlaringizni qilichdan oʻtkazdim,
Otlaringizni dushmanlaringizga berdim.
Qarorgohingizdagi jasadlarning qoʻlansa hidi bilan
Dimogʻingizni toʻldirdim.

11 Sadoʻm va Gʻamoʻrani yoʻq qilganim kabi,
Men koʻplaringizni yoʻq qildim.
Baʼzilaringizni esa olov ichidan qutqarganday qutqargandim.
Shunda ham Menga qaytmadingizlar,
— deb aytmoqda Egamiz. —
12 Shunday ekan, ey Isroil,
Men seni jazolayman.
Xudoning oldida hisob berishga tayyorlangin!”
13 Zero, Xudo togʻlarga shakl berdi,
Shamolni yuzaga keltirdi.
U rejalarini insonlarga ayon qiladi,
Tonggi shafaq nurini zulmatga aylantiradi,
Togʻ choʻqqilari uzra yuradi.
Parvardigori Olam — Egamizdir Uning nomi!