17–BOB
Salonika shahrida
1 Pavlus bilan Silas Amfipolis va Apolloniya shaharlarini bosib oʻtib, Salonika shahriga keldilar. Bu shaharda yahudiylar sinagogasi bor edi. 2 Pavlus, oʻz odatiga koʻra, sinagogaga kirdi va uch hafta davomida Shabbat kunlari yahudiylar bilan munozara olib bordi. U Muqaddas bitiklar asosida 3 Masihning azob chekishi va oʻlikdan tirilishi kerakligini tushuntirib, isbotlab berdi. Soʻng: “Men sizlarga aytayotgan Iso oʻsha Masihdir”, dedi. 4 Yahudiylardan baʼzilari, shuningdek, Xudodan qoʻrqadigan koʻp gʻayriyahudiylar va yuqori martabali ayollarning koʻpchiligi Pavlus bilan Silasga ishonib, ularga qoʻshildilar. 5 Ammo ishonmagan yahudiylar hasadga toʻldilar va koʻchalardagi bekorchi daydilarni toʻplab, olomonni yigʻib, shaharda gʻalayon boshladilar. Ular: “Pavlus bilan Silasni qidirib topamiz, xalqning oldiga olib chiqamiz”, deb Yason degan odamning uyiga hujum qildilar. 6 Ammo ularni topa olishmadi. Soʻngra Yason bilan bir necha imonlilarni shahar amaldorlari huzuriga sudrab keldilar va shunday deya shovqin soldilar: “Anavi odamlar butun dunyoni ostin–ustin qilib, bizning shahrimizga ham kelibdilar. 7 Yason oʻsha odamlarga uyidan joy beribdi. Ularning hammasi, Iso degan boshqa shoh bor, deb Qaysarning farmonlariga qarshi chiqyaptilar.” 8 Xalq va shahar amaldorlari bu gaplarni eshitib, bezovtalanib qoldilar. 9 Ular Yason va boshqa imonlilardan garovga pul olib, ularni qoʻyib yubordilar.
Veriya shahrida
10 Qorongʻi tushgach, imonlilar Pavlus bilan Silasni Veriya shahriga joʻnatdilar. Ular shaharga kelib, yahudiylar sinagogasiga kirdilar. 11 Bu yerdagi yahudiylar Salonikadagi yahudiylarga qaraganda keng fikrli edilar. Ular zoʻr ishtiyoq bilan Iso haqidagi xabarni tinglashar, Pavlusning aytganlari haqiqat ekanini koʻrish uchun Muqaddas bitiklarni har kuni tadqiq etishardi. 12 Ularning koʻpchiligi shu boisdan imonga keldilar, shuningdek, gʻayriyahudiy erkaklaru yuqori martabali ayollarning koʻpchiligi ham imonga keldilar. 13 Ammo Salonikadagi yahudiylar, Pavlus Veriyada Xudoning kalomini vaʼz qilibdi degan gapni eshitganlarida, ular Veriyaga kelib, olomonni gijgijlab, qayradilar. 14 Shunda imonlilar Pavlusni zudlik bilan dengiz boʻyiga joʻnatib yubordilar. Silas bilan Timoʻtiy esa Veriyada qoldilar. 15 Pavlusni kuzatib ketganlar uni Afinagacha olib borib qoʻydilar . Ular Pavlusdan: “Silas bilan Timoʻtiy tezroq mening oldimga yetib kelsin” degan koʻrsatmani olganlaridan keyin Veriyaga qaytib ketdilar.
Pavlus Afinada
16 Pavlus Silas bilan Timoʻtiyni Afinada kutarkan, shahar butlarga toʻlib ketganini koʻrib, taʼbi juda xira boʻldi. 17 Pavlus sinagogada yahudiylar va Xudodan qoʻrqadigan gʻayriyahudiylarga dalillar keltirdi. Shuningdek, shahar maydonida har kuni duch kelgan odamlarga ham vaʼz qildi. 18 Bir necha epikurchi va stoik faylasuflar ham Pavlus bilan bahsga kirishishdi. Baʼzilari: “Bu mahmadona nima demoqchi?” desa, boshqalari: “U begona xudolar toʻgʻrisida vaʼz qilyapti”, der edi. Pavlus Iso toʻgʻrisidagi Xushxabarni va oʻliklardan tirilishni vaʼz qilayotgani uchun ular shunday deb aytardilar . 19 Ular Pavlusni ushlab, Aryopagus kengashiga olib bordilar va shunday dedilar: “Sen oʻrgatayotgan yangi taʼlimot nima ekanini biz ham bilishimiz mumkinmi? 20 Bu taʼlimoting bizga bir oz gʻalati tuyulyapti, shuning uchun bu nimani anglatishini bilmoqchimiz.” 21 (Hamma Afinaliklar va bu yerda yashayotgan musofirlar butun vaqtlarini oxirgi yangiliklarni aytib berish yoki eshitish bilan oʻtkazishni yaxshi koʻrishardi.)
22 Pavlus Aryopagus kengashining oldiga chiqib, shunday dedi: “Ey Afinaliklar! Sizlar har jihatdan gʻoyat dindor ekaningizni koʻrib turibman. 23 Men butun shaharni kezib chiqib, sizlarning sajdagohlaringizga diqqat bilan nazar tashladim. Men oʻsha narsalarning orasidan «Nomaʼlum xudoga» degan yozuv bitilgan qurbongohni koʻrdim. Oʻzlaringiz bilmasdan turib sajda qilayotgan Xudoni men sizlarga anglatay.
24 Olamni va undagi hamma narsalarni yaratgan Xudo yeru osmonning Egasi boʻlib, inson qoʻli bilan yasalgan sajdagohlarda yashamaydi. 25 Har qanday odamga jon, nafas va hamma narsani Uning Oʻzi bergan. Shuning uchun U insonning qoʻliga qarab qolmagan. U hech narsaga muhtoj emas. 26 Xudo bitta odamdan jamiki elatlarni yaratib, ularni butun yer yuziga joylashtirdi. U elatlarning hayoti vaqtini va ular istiqomat qiladigan joylarning chegaralarini belgilab berdi. 27 Xudo bularni, Meni qidirsinlar, paypaslanib boʻlsa–da, topsinlar deb qildi. Haqiqatan ham, U har birimizdan uzoqda emas. 28 Zotan, bir odamning aytishi boʻyicha : «Biz Unda yashaymiz, Unda harakat qilamiz va Unda mavjudmiz.» Sizning shoirlaringizdan biri shunday degan edi: «Biz ham Uning zurriyotimiz.»
29 Biz Xudoning zurriyotidan ekanmiz, Xudoni inson oʻz sanʼati va mahorati bilan shaklga solgan oltinga yoki kumushga, yo toshga oʻxshatmasligimiz kerak. 30 Xudo oʻtmishda insoniyatning johilligiga eʼtibor bermadi. Endi esa U hamma joydagi jamiki xalqlarga: «Tavba qilinglar!» deb amr bermoqda. 31 Chunki U dunyo xalqlarini Oʻzi tayinlagan Zot orqali adolat bilan hukm qiladigan kunni belgiladi. Oʻsha Zotni oʻlikdan tiriltirdi. Shu yoʻsinda jamiki insonlarga bu Zotning tayinlanganini isbot qildi.”
32 Ular Pavlusning oʻliklar tirilishi haqidagi gapini eshitganlarida, baʼzilar uni masxara qildi, ammo boshqalar: “Biz bu haqda yana sizning gaplaringizni eshitmoqchimiz”, dedilar. 33 Shunday qilib, Pavlus ularning oldidan ketdi. 34 Bir necha odam unga ergashib, imonga keldi. Imonga kelganlarning orasida Aryopagus kengashining aʼzosi Dionisis, Damara ismli ayol va boshqa odamlar ham bor edi.