1–BOB
Duoyi salom
1-2 Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi boʻlgan men — Pavlusdan sevimli oʻgʻlim Timoʻtiyga salom! Xudo abadiy hayotni eʼlon qilishim uchun meni yubordi. U vaʼda qilgan bu hayotga Iso Masihga boʻlgan imon orqali erishiladi. Oʻgʻlim Timoʻtiy, senga Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.
Iso Masihga sodiq qolishga daʼvat
3 Timoʻtiy, boringga shukur! Men, ota–bobolarim kabi, Xudoga vijdonan xizmat qilib, kechayu kunduz sen uchun ibodat qilaman. 4 Seni juda sogʻinganman, koʻz yosh toʻkkanlaring hamon yodimda. Qaniydi, diydoringni koʻrsam–u, qalbim quvonchga toʻlsa, deyman. 5 Sening samimiy imoningni doim eslayman. Avvaldan buving Loida hamda onang Evnika oʻz qalblariga jo etgan oʻsha imon endi senda ham ravnaq topayotganiga aminman.
6 Shu sababdan, yodingda boʻlsin: men ustingga qoʻllarimni qoʻyib duo qilganimda , sen Xudodan Muqaddas Ruhni inʼom qilib olgansan. Ichingdagi oʻsha Muqaddas Ruh inʼomini alangalatib tur. 7 Zero, Xudo bergan Ruh qalbimizga qoʻrquv solmaydi, aksincha, bizga kuch, muhabbat va aqli rasolikni ato qiladi. 8 Shunday ekan, Rabbimiz Iso haqida shohidlik berishdan or qilma, men Rabbimiz tufayli zanjirband boʻlganimdan ham uyalma. Mendan ibrat olib, Xushxabar tufayli azob chekishga tayyor turgin, buning uchun Xudoning bergan kuchiga tayangin. 9 Axir, Xudo bizga najot berdi, Xushxabar aytish kabi muqaddas xizmatga bizni daʼvat etdi. Bunga bizning savob ishlarimiz emas, aksincha, Xudoning murod–maqsadiyu inoyati sabab boʻldi. Xudo azaldanoq Iso Masih orqali bizga inoyat koʻrsatishga qaror qilgan edi. 10 Mana endi bu inoyat najotkorimiz Iso Masihning olamga kelishi bilan yaqqol namoyon boʻldi. Masih oʻlim kuchini yoʻq qildi. U mangu hayotga eltuvchi yoʻlni bizga Xushxabar orqali yoritib berdi.
11 Xudo meni bu Xushxabarni turli xalqlarga yetkazuvchi voiz, havoriy va muallim qilib tayinladi. 12 Shu sababdan ham bu azoblarni tortyapman. Biroq men bundan or qilmayman, chunki Kimga eʼtiqod qilganimni yaxshi bilaman. Ishonchim komilki, Xudo menga topshirgan Xushxabarni qiyomat kunigacha Uning Oʻzi toʻligʻicha saqlashga qodir . 13 Sen mendan eshitgan bu sogʻlom taʼlimotdan namuna olgin, uni asragin. Iso Masihga tegishli boʻlgan inson sifatida imon va muhabbatga toʻla hayot kechirgin. 14 Senga ishonib topshirilgan bu ezgu taʼlimotni ichimizda yashayotgan Muqaddas Ruh yordamida avaylab–asragin.
15 Asiya viloyatidagi barcha birodarlar, shu jumladan, Figelus bilan Hermogenes mendan yuz oʻgirganlarini bilasan. 16 Onisiforus baraka topsin, Rabbimiz Iso uning xonadoniga marhamat qilsin. Onisiforus bir necha marta kelib, mening koʻnglimni koʻtardi. Zanjirbandligimdan or qilmay, 17 Rimga kelishi bilanoq, meni astoydil qidirib, oxiri topdi. 18 U menga Efes shahrida ham qanchalar xizmat qilganini oʻzing yaxshi bilasan. Yo Rabbim Iso, qiyomat kunida Oʻz marhamatingni Onisiforusdan darigʻ tutmagin!