2–BOB
Qabih odam
1 Rabbimiz Iso Masihning kelishi va bizning U bilan birga boʻladigan kunimiz haqida quyidagilarni aytsak: birodarlar, sizlardan oʻtinib soʻraymiz, 2 Rabbimiz kelibdi degan gaplar boshingizni aylantirmasin, sizlarni xavotirga solmasin. Ehtimol, bunday gaplar bashorat orqali, biror xabar yoki xuddi biz yozgan xatga oʻxshash bir xat orqali kelib chiqqandir. 3 Hech kim sizlarni hech qanday usul bilan aldamasin. Koʻpchilik Xudoga qarshi bosh koʻtarmaguncha va qabih odam kelmaguncha, oʻsha kun kelmaydi. Oʻsha odam halokatga mahkum qilingan. 4 U har qanday “xudo” deb atalgan va sajda qilingan narsaga qarshi chiqib, oʻzini ulardan ustun qoʻyadi. Hattoki, Xudoning Maʼbadida oʻtirib olib, oʻzini xudo deb ataydi.
5 Sizlar bilan boʻlganimda shularni aytganim esingizda yoʻqmi? 6 Oʻsha qabih odamni hozir nima tutib turganini oʻzingiz bilasiz. Bu odam belgilangan vaqtda zohir boʻladi. 7 Ha, qabihlikning yashirin kuchi allaqachon ishga tushgan. Biroq bir zot bu kuchni tiyib turibdi. Oʻsha zot olib tashlangandan keyin, 8 qabih odam oshkor qilinadi. Uni Rabbimiz Iso bir nafas bilan halok qiladi. Rabbimiz kelganda, Oʻz ulugʻvorligining yorqinligi bilan uni yoʻq qilib tashlaydi. 9 Oʻsha qabih odam shaytonning kuchi bilan keladi. Qudratini koʻrsatib, har xil moʻjizayu ajoyibotlar qiladi. 10 Halok boʻlayotganlarni turli makr–hiylalar bilan aldaydi. Ular najot beradigan haqiqatni rad qilganlari uchun, uni sevmaganlari uchun halok boʻlyaptilar. 11 Mana shuning uchun Xudo ularni adashtiradigan bir kuchga topshirib qoʻyadi. Shunda ular yolgʻonlarga ishonib yuraveradilar. 12 Natijada, haqiqatga ishonmay, yovuzlikdan zavq topganlarning hammasi hukm qilinadi.
Imoningiz qatʼiy boʻlsin
13 Ey Egamiz sevgan birodarlar! Sizlar uchun har doim Xudoga shukr qilishni burch deb bilamiz. Axir, Muqaddas Ruh kuchi bilan poklansin va haqiqatga ishonsin deb, Xudo sizlarni boshidanoq najot uchun tanlagan edi. 14 Rabbimiz Iso Masihning ulugʻvorligidan bahramand boʻlishingiz uchun biz aytgan Xushxabar orqali Xudo sizlarni chaqirdi. 15 Shuning uchun, ey birodarlar, imoningiz qatʼiy boʻlsin. Biz gaplarimiz va xatlarimiz orqali sizlarga oʻrgatgan haqiqatni mahkam tutinglar.
16 Bizni sevadigan, Oʻz inoyati bilan bizga tengsiz jasorat va barqaror umid bergan Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Oʻzi 17 sizlarga dalda bersin, har bir qilgan yaxshi ishingiz va soʻzingizda sizlarga kuch ato qilsin.