1–BOB
Duoyi salom
1 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Silas va Timoʻtiydan salom! 2 Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
Iso Masih kelganda boʻladigan hukm
3 Birodarlar, sizlar uchun har doim Xudoga shukr qilishni burch deb bilamiz. Shunday qilishimiz juda oʻrinli, chunki sizlarning imoningiz kundan–kunga oʻsib boryapti, bir–biringizga va boshqa hammaga mehr–muhabbatingiz oshyapti. 4 Shuning uchun biz Xudoning jamoatlari oldida sizlar bilan faxrlanamiz. Axir, sizlar quvgʻinlaru azob–uqubatlarga sabr–toqat va imon bilan bardosh beryapsiz. 5 Xudoning Shohligi yoʻlida azob chekyapsiz, shunday ekan, Xudo sizlarni Oʻz Shohligiga loyiq topib, unga erishtiradi. Oqibatda esa Uning odil hukmi hammaga ayon boʻladi. 6 Ha, Xudo odildir, sizlarni azoblaganlarga U azob beradi. 7-8 Azob chekayotgan sizlarga esa Oʻz tinchligini ato qiladi, sizlar qatori bizga ham tinchligini beradi. Bularning hammasi Rabbimiz Iso Oʻzining qudratli farishtalari bilan, lovullab turgan alanga ichida, koʻkdan zohir boʻlganda roʻy beradi. Xudoni rad etganlarni va Oʻzi haqidagi Xushxabarga quloq solmaganlarni Iso Masih jazolaydi. 9 Oʻsha odamlar Rabbimiz Isoning huzuri va qudratli ulugʻvorligidan ayrilib, abadiy halokat jazosini oladilar. 10 Oʻsha kuni Rabbimizni Uning muqaddas xalqi ulugʻlaydi. Unga ishongan hamma odamlar Uni madh qiladi. Sizlar ham oʻsha insonlarning qatoriga kirasiz, chunki biz aytgan xabarga ishondingiz. 11 Shunday ekan, Xudoyimiz sizni Oʻz chaqirigʻiga loyiq deb topsin, Oʻz qudrati bilan sizlarning barcha yaxshi niyatlaringizni roʻyobga chiqarsin, imon bilan qilgan ishlaringizni amalga oshirsin, deb biz doim sizlar uchun ibodat qilamiz. 12 Rabbimiz Isoning nomi orangizda ulugʻlansin, sizlar esa Xudoyimiz va Rabbimiz Iso Masihning inoyati bilan U orqali ulugʻlaninglar, deb ibodat qilamiz.