5–BOB
Dovud Isroil va Yahudo shohi boʻladi
1 Jamiki Isroil qabilalari Xevronga — Dovudning huzuriga kelib shunday deyishdi:
— Biz ham sizning jigaringizmiz. 2 Ilgari Shoul shohimiz boʻlganda ham, urushlarda Isroil lashkariga oʻzingiz bosh boʻlar edingiz. Egamiz sizga: “Sen xalqim Isroilning choʻponi boʻlib, ularni boqasan, Isroilga sen rahnamolik qilasan”, deb aytgan edi.
3 Shunday qilib, Dovud Xevronda Isroil oqsoqollari bilan Egamiz oldida ahd qildi. Isroil oqsoqollari Dovudning boshiga moy surtib, uni Isroil ustidan shoh qilib koʻtarishdi. 4 Dovud oʻttiz yoshida shoh boʻlib, qirq yil shohlik qildi: 5 Xevronda yetti yilu olti oy Yahudo ustidan, Quddusda esa oʻttiz uch yil butun Isroil va Yahudo ustidan shoh boʻldi.
6 Shoh Dovud odamlari bilan Quddusda yashayotgan Yobus xalqiga qarshi otlanganda, ular Dovudga: “Sen bu yerga kira olmaysan, hatto oramizdagi koʻrlar bilan choʻloqlar ham seni orqangga uloqtirib yuboradi”, deyishdi. Yobus xalqi: “Dovud shahrimizni bosib ololmaydi”, deb oʻylagan edi. 7 Ammo Dovud Sion qalʼasiga bostirib kirib, qalʼani egalladi. Keyinchalik bu qalʼaga “Dovud qalʼasi” deb nom berildi.
8 Oʻsha kuni Dovud odamlariga shunday dedi:
— Kimki Yobus xalqini yengmoqchi boʻlsa, shaharga quvur orqali kirib, “choʻloq” va “koʻr” Yobuslarga hujum qilsin. Ularni koʻrgani koʻzim yoʻq.
Shu sababdan: “Koʻrlar bilan choʻloqlar Xudo uyiga kirmaydi” degan gap paydo boʻlgan.
9 Shunday qilib, Dovud qalʼani egallab, bu yerni “Dovud qalʼasi” deb atadi. U Quddusning sharq tomonidagi Millodan boshlab, butun shahar atrofini devor bilan oʻrab mustahkamladi. 10 Dovud tobora kuchayib borardi, chunki Parvardigori Olam — Egamiz unga yor edi.
11 Tir shohi Xiram Dovudga elchilar joʻnatib, sadr yogʻochlarini, duradgorlar va tosh teruvchilarni ham yoʻlladi. Ular Dovudga bir saroy qurib berishdi. 12 Dovud endi bildiki, Egamiz uni Isroil ustidan shoh qilib tayinlagan ekan, Egamiz Oʻz xalqining haqi–hurmati uchun uning shohligini yuksaltirgan ekan.
13 Dovud Xevrondan Quddusga kelgandan keyin, bu yerda yana kanizaklar , xotinlar oldi, ular Dovudga yanada koʻp oʻgʻil–qizlar tugʻib berishdi. 14 Dovudning Quddusda tugʻilgan farzandlari quyidagilar edi: Shammuva, Shoʻvav, Natan, Sulaymon, 15 Yibxar, Elishuva, Nafax, Yofiya, 16 Elishama, Elyodax va Elifalet.
Dovud Filistlarni magʻlub qiladi
17 Filistlar: “Isroil xalqi Dovudga moy surtib shoh qilishibdi” degan xabarni eshitishdi. Shundan keyin barcha Filist lashkari Dovudni qidirib jangga otlandilar. Dovud bu xabarni eshitib, muhofaza qoʻrgʻoniga chiqdi. 18 Filistlar kelib, Rafa vodiysida yoyildilar. 19 Dovud Egamizdan:
— Filistlarga hujum qilaymi? Ularni qoʻlimga berasanmi? — deb soʻradi .
— Hujum qil! — deb javob berdi Egamiz Dovudga, — ularni albatta qoʻlingga beraman.
20 Shunday qilib, Dovud Baal–Perazimga ketdi va u yerda Filistlarni tor–mor qildi. Keyin shunday dedi:
— Suv toʻgʻondan toshib, dalani bosgani singari, Egam gʻanimlarimni bosib, oldimdan uloqtirib yubordi.
Shu sababdan bu yerga “Baal–Perazim” degan nom berildi. 21 Filistlar oʻsha yerda butlarini tashlab qochgan edilar, Dovud odamlari bilan oʻsha butlarni olib ketdi.
22 Koʻp oʻtmay Filistlar yana Rafa vodiysiga kelib, jangga shay boʻlib turishdi. 23 Dovud tagʻin Egamizning xohish–irodasini soʻradi. Egamiz esa shunday javob berdi: “Old tomonidan hujum qilma. Ularning orqasiga aylanib oʻtgin–da, mumiyo daraxtlari tomondan yaqinlashib bor. 24 Mumiyo daraxtlari tepasida Mening qadamim tovushlarini eshitganing zahoti ularga hujum qil. Oʻshanda Men Filist lashkarini yoʻq qilish uchun sening qarshingdan chiqqan boʻlaman.”
25 Dovud, Egamiz amr berganiday qilib, Gebodan Gezer shahrigacha boʻlgan joylarda Filistlarni tor–mor qildi.