16–BOB
Dovud bilan Zibax
1 Dovud Zaytun togʻining narigi tomoniga oshib oʻtayotganda, Mefibositning xizmatkori Zibaxga duch kelib qoldi. Zibax egarlangan ikkita eshak ustiga ikki yuzta non, yuz hovuch mayiz , yuz hovuch hoʻl meva va bir mesh sharob yuklab olgan edi.
2 — Bularni nimaga olib kelding? — deb soʻradi shoh Zibaxdan.
— Eshaklarni shohning xonadoni ahli minadi, non bilan hoʻl mevalarni yigitlar yeydi, sharobni esa sahroda toliqib sulayib qolganlar ichadi, — deb javob berdi Zibax.
3 — Xoʻjayining Shoulning nabirasi qayerda? — soʻradi Dovud.
— Mefibosit Quddusda qoldi, — dedi Zibax. — Isroil xalqi bugun bobomning shohligini menga qaytarib beradi, deb oʻylayapti u.
4 — Mefibositning hamma narsasi endi seniki, — dedi shoh.
— Qulingiz boʻlay, shoh hazratlari! Tilagim shuki, har doim iltifotingizga sazovor boʻlay, — dedi Zibax.
Dovud bilan Shimax
5 Shoh Dovud Boxurimga yetib borganda, Shoul xonadonidan Shimax degan bir odam qargʻanib oʻrtaga chiqdi. U Gera deganning oʻgʻli edi. 6 Shohni oʻng va chap tomonida hamma odamlari, qoʻriqchilari himoya qilib turishardi. Shunga qaramay, Shimax Dovudga va uning aʼyonlariga tosh otardi. 7 Shimax shunday deb haqorat qilar edi:
— Yoʻqol, ket, ey razil odam, sening qoʻling qon! 8 Sen Shoulning oʻrniga shoh boʻlgan eding. Shoul xonadonidan qancha qonlar toʻkkan boʻlsang, Egam hammasini oʻz boshingga qaytardi, shohlikni oʻgʻling Absalomga berdi. Qoʻling qon boʻlgani uchun qilmishingga yarasha kulfat tortyapsan.
9 — Bu oʻlik koʻppak nega shoh hazratlarini haqorat qilar ekan? — dedi Zeruya oʻgʻli Abushay Dovudga. — Ijozat bersinlar, borib boshini uzib tashlay.
10 Lekin shoh:
— Bu sizlarga aloqador ish emas, ey Zeruya oʻgʻillari! — dedi. — Egam unga “Dovudni qargʻa!” degani uchun meni qargʻayotgan boʻlsa, kim undan: “Nega bunday qilyapsan?” deb soʻray oladi?!
11 Keyin Dovud Abushay bilan barcha sipohlarga aytdi:
— Oʻzimning pushti kamarimdan paydo boʻlgan oʻgʻlim meni oʻldirmoqchi boʻlyapti–yu, Benyamin naslidan boʻlgan shu odamning qiligʻiga hayron boʻlyapsizlarmi?! Qoʻyinglar uni, mayli, haqorat qilaversin, chunki unga shunday qil, deb Egam buyurgan. 12 Balki Egam kulfatlarimni koʻrib, bugungi haqoratlar evaziga yaxshilik qaytarar.
13 Dovud odamlari bilan yoʻlida davom etaverdi. Dovudning yon tomonida — qir yon bagʻrida yurib ketayotgan Shimax uni qargʻar, tosh otardi. 14 Shoh va hamrohlari boradigan joylariga yetib kelgunlaricha charchashdi va dam olish uchun toʻxtashdi.
Oxitofel va Xushayning maslahatlari
15 Oʻsha paytda Absalom bilan unga ergashgan Isroil xalqi Quddusga kirdilar. Maslahatchi Oxitofel ham Absalom bilan birga edi. 16 Dovudning doʻsti, Orux urugʻidan boʻlgan Xushay Absalomning yoniga borib:
— Shohimizning umri uzoq boʻlsin! Shohimizning umri uzoq boʻlsin! — deb hayqirdi. 17 Absalom Xushayga:
— Doʻstingga sadoqating shumi? Nimaga doʻsting bilan ketmading? — deb soʻradi.
18 — Nega ketar ekanman?! — dedi Xushay. — Men Egam va mana bu xalq, qolaversa, butun Isroil xalqi tanlagan odamni yoqlayman, oʻsha odamning yonida boʻlaman. 19 Ha, men Dovudning oʻgʻli Absalomdan boshqa yana kimga ham xizmat qilardim?! Otangga qanday xizmat qilgan boʻlsam, senga ham shunday xizmat qilaman.
20 Shunda Absalom Oxitofelga qarab:
— Nima qilaylik, bizga maslahat ber–chi, — dedi. 21 Oxitofel shunday maslahat berdi:
— Otang, saroyga qarab turasizlar, deb kanizaklarini qoldirib ketgan edi. Oʻsha kanizaklarning oldiga kir. Shunda sen otangni ochiqchasiga sharmanda qilganingni Isroil xalqi eshitadi. Seni qoʻllab–quvvatlagan odamlarning qarori yanada qatʼiy boʻladi.
22 Saroy tomida Absalom uchun bir chodir qurishdi. Absalom esa jamiki Isroil xalqining koʻzi oldida otasining kanizaklari oldiga kirdi .
23 Oʻsha paytlari Oxitofelning aytgan soʻzlari shunchalik dono ediki, xuddi toʻppa–toʻgʻri Xudodan kelganday tuyulardi. Shuning uchun Absalom ham, Dovud qilganiday, Oxitofelning hamma maslahatini soʻzsiz qabul qilardi.