3–BOB
1 Sulaymonning otasi shoh Dovud Egamizning uyi uchun Quddusda bir joy tayyorlab qoʻygan edi. Bu joy Moriyox togʻida — Dovudga Egamiz zohir boʻlgan Yobuslik Aravnoning xirmonida edi. Sulaymon Egamizning uyini oʻsha yerda barpo qila boshladi. 2 Qurilish Sulaymon hukmronligining toʻrtinchi yili ikkinchi oyining ikkinchi kunida boshlangan edi. 3 Sulaymon Xudoning uyi uchun poydevor qoʻydi, poydevorning uzunligi (qadimgi oʻlchov birligiga asosan) 60 tirsak , eni 20 tirsak edi. 4 Uyning asosiy xonasi oldida ayvon boʻlib, ayvonning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir oʻlchovda — 20 tirsak, balandligi ham 20 tirsak edi. Sulaymon ayvonning ichini toza oltin bilan qoplatdi. 5 Asosiy xonaning devorlarini oldin sarv yogʻochi bilan qoplatib, ustidan toza oltinni qoplatdi, soʻng xurmo daraxti va zanjirlar shakllarini oʻydirib soldirdi. 6 Uyni qimmatbaho toshlar bilan bezattirdi. Parvayimdan keltirilgan oltin bilan 7 uyning toʻsinlarini, ostonalarini, devorlarini va eshiklarini qoplatdi. Devorlarga karublar suratini oʻydirdi.
8 Sulaymon Eng muqaddas xonani ham qurdirdi. Bu xonaning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir oʻlchovda — 20 tirsak, eni ham 20 tirsak edi. Sulaymon bu xonani 1300 pud toza oltin bilan qoplatdi. 9 Ishlatilgan oltin mixlarning umumiy ogʻirligi 125 misqol edi. Yuqori xonalarning devorlari ham oltin bilan qoplandi.
10 Soʻng Sulaymon ikkita karub shaklini yasattirdi. Ularni oltin bilan qoplatib, Eng muqaddas xonaga oʻrnashtirdi. 11-13 Karublar yonma–yon, kiraverishga qaratib qoʻyilgan edi. Har birining ikkitadan qanoti boʻlib, har bir qanotining uzunligi besh tirsak edi. Qanotlar yoyilgan holda yasalgan boʻlib, karublarning bir qanoti devorga tegib turar edi. Ikkinchi qanoti esa xonaning markazida boshqa karubning qanotiga tegib turar edi. Ikkala karubning yoyilgan qanotlari jami 20 tirsakni tashkil qilar edi. 14 Sulaymon koʻk, safsar, qizil matolardan va mayin zigʻir matosidan ichki parda qildirib, pardaning ustiga karublar suratini soldirdi.
Ikki bronza ustun
15 Sulaymon 18 tirsak balandlikdagi ikki ustun yasattirib, ularni Egamiz uyining old tomoniga oʻrnatdi. Har bir ustun tepasida ustunqosh boʻlib, ustunqoshning balandligi 5 tirsak edi. 16 Ustunqoshlar toʻqilgan zanjirlar va yuzta anor tasviri bilan bezatilgan edi. 17 Ustunlar uyning oldiga — bittasi oʻng tomonga, ikkinchisi chap tomonga oʻrnatilgan edi. Oʻng tomondagi ustunga Yoxin deb, chap tomondagisiga Boʻaz deb nom berildi.