3–BOB
1-3 Oxiri chiday olmay, ukamiz Timoʻtiyni oldingizga yuborishga qaror qildik. Oʻzimiz esa Afina shahrida qoldik . Masih haqidagi Xushxabarni targʻib etishdagi Xudoning xizmatida Timoʻtiy bizning hamkorimizdir. Azob–uqubatlar tufayli yoʻldan toymasligingiz uchun Timoʻtiy sizlarni imonda mustahkamlab, dalda bersin, dedik. Qiyinchiliklarga uchrashimiz peshanamizga yozilganini oʻzingiz bilasiz–ku! 4 Axir, azob–uqubatlarga uchraymiz, deb oldingizda boʻlganimizda sizlarni ogohlantirgandik. Mana, biz aytganimizdek boʻldi. 5 Shuning uchun ortiqcha sabr qila olmay, imoningiz haqida bilib kelsin deb, Timoʻtiyni yubordim. Shayton sizlarni vasvasaga solib, ishimizni bekor qilgan boʻlsa kerak, deb qoʻrqqan edim.
6 Mana, Timoʻtiy sizlarning oldingizdan qaytib keldi . Bizga sizlarning imoningiz va sevgingiz haqida yaxshi xabar olib keldi. Biz sizlarni sogʻinganimizdek, sizlar ham bizni sogʻinib qolibsiz. Bizni yaxshi soʻzlar bilan eslar ekansiz. Timoʻtiy bularni bizga aytib berdi. 7 Shunday qilib, birodarlar, qiyinchiliklar va azob–uqubatlarda boʻlsak ham, sizlarning imoningiz haqida eshitib, ancha tasalli topdik. 8 Rabbimiz Isoga boʻlgan imoningiz qatʼiy ekan, endi biz yengil nafas olib yashaymiz. 9 Sizlar tufayli biz Xudo oldida quvonchga toʻlib yuribmiz. Shunday ekan, qanday qilib Xudoga oʻz minnatdorchiligimizni bildirmay tura olamiz?! 10 Sizlar bilan yana diydor koʻrishaylik, imoningizga imon qoʻshaylik deb, kechayu kunduz jon–jahdimiz bilan ibodat qilyapmiz.
11 Otamiz Xudoning Oʻzi va Rabbimiz Iso sizlarning oldingizga borishimiz uchun yoʻl ochsin. 12 Sizga boʻlgan mehrimiz toʻlib–toshgani kabi, Rabbimiz sizlarning ham bir–biringizga va boshqa hammaga boʻlgan mehr–muhabbatingizga qalbingizni toʻldirib–toshirsin. 13 Shunda qalblaringiz sobit boʻladi, Rabbimiz Iso Oʻz farishtalari bilan kelganda, sizlar Otamiz Xudo oldida aybsiz va pok tura olasizlar.