23–BOB
Dovud Keylax shahrini ozod qiladi
1 Dovudga: “Filistlar Keylax shahriga hujum qilib, hosilni talon–taroj qilyapti”, deb xabar berishdi.
2 — Borib oʻsha Filistlar bilan urishaymi? — deb Egamizdan soʻradi Dovud.
— Bor, Filistlar bilan urishib, Keylax shahrini xalos et, — dedi Egamiz. 3 Lekin Dovudning odamlari:
— Biz shu yerda — Yahudoda qoʻrqib oʻtiribmiz–u, Keylaxga borib, Filist lashkariga qarshi urishmoqqa bizda jurʼat bormidi?! — deyishdi. 4 Dovud yana Egamizdan Uning xohish–irodasini soʻradi.
— Otlan, Keylaxga bor! Filistlarni Oʻzim sening qoʻlingga beraman, — dedi unga Egamiz.
5 Dovud odamlari bilan Keylaxga borib, Filistlarga qarshi urush qildi. Dovud Filistlarning mol–holini tortib oldi. Ularga ogʻir talafot yetkazdi. Shunday qilib, Keylax xalqini qutqardi. 6 Oximalekning oʻgʻli Abuatar Keylaxda turgan Dovudning yoniga qochib, oʻzi bilan efodni ham olib ketgan edi. 7 Shoul Dovudning Keylax shahriga ketganini eshitib: “Xudo Dovudni qoʻlimga berdi, oʻsha shahar darvozalarining tambalari bor, u shaharga kirib oʻzini oʻzi tutib berdi”, dedi.
8 Shoul Dovudni va uning odamlarini qamalga olish maqsadida butun lashkarini urushga daʼvat etib, Keylaxga yurish qildi. 9 Dovud Shoulning qabih niyatini eshitib, ruhoniy Abuatarga:
— Efodni bu yerga olib kel, Egamizning xohish–irodasini bilaylik, — dedi. 10 Soʻng Xudoga shunday deb iltijo qildi:
— Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Aniq xabar eshitdim: Shoul Keylaxga kelib, shu quling sababli shaharni vayron qilmoqchi ekan. 11 Keylaxliklar meni Shoulning qoʻliga tutib beradimi? Bu qulingning eshitganlari rostmi, Shoul bu yerga keladimi? Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz, oʻtinib soʻrayman, bu qulingga ayon et!
— Shoul keladi, — dedi Egamiz.
12 — Keylaxliklar meni va odamlarimni Shoulning qoʻliga tutib beradimi? — deb soʻradi Dovud.
— Tutib beradi, — dedi Egamiz.
13 Shu onda Dovud bilan yonidagi olti yuztacha odam Keylaxdan chiqib, bir joydan boshqa joyga koʻchib yuraverishdi. Dovud Keylaxdan qochib ketibdi degan xabarni eshitgan Shoul u yerga bormaydigan boʻldi.
Dovud choʻlda
14 Dovud adirlardagi pana joylarda — Zif choʻlidagi qirlarda makon qilardi. Shoul Dovudni muttasil taʼqib qildi, lekin Xudo uni Shoulning qoʻliga bermadi. 15 Bir payt Dovud Zif choʻlidagi Xoreshda turganda, Shoul uni oʻldirgani yoʻlga chiqqani haqida xabar eshitdi.
16 Shu paytda Shoulning oʻgʻli Yoʻnatan Xoreshda turgan Dovudning oldiga bordi va “Xudo seni saqlaydi”, deb uni ruhlantirdi.
17 — Qoʻrqma, — dedi Yoʻnatan unga, — otam Shoul seni topa olmaydi. Sen Isroil shohi boʻlasan, men esa sendan keyingi odam boʻlaman. Otam Shoul ham shuni biladi.
18 Ikkovi Egamiz oldida ahd qilishdi. Dovud Xoreshda qoldi, Yoʻnatan esa uyiga ketdi.
19 Bir necha Zifliklar Givoga borib, Shoulga xabar berdilar:
— Dovud hududimizdagi Xoresh degan joyda yashirinib yuribdi. Bu joy Yishmonning janubidagi Xaxilo adirlarida joylashgan. 20 Ey shoh hazratlari, boravering. Biz albatta Dovudni shohning qoʻliga tutib beramiz.
21 — Sizlar menga qayishar ekansiz, Xudo sizlarni yorlaqasin! — dedi Shoul. 22 — Borib, yana bir marta tekshirib chiqinglar, Dovud qayerlarda yashirinib yurganini, oʻsha yerda uni kimlar koʻrganini yaxshilab surishtiringlar. Aytishlaricha, u juda ayyor ekan. 23 Hamma yashiringan joylarini bilib olib, keyin menga aniq xabar keltiringlar. Oʻshanda men sizlar bilan boraman. Agar Dovud oʻsha yerda boʻlsa, uni butun Yahudo urugʻlari orasidan qidirib topaman.
24 Shunday qilib, Zifliklar yoʻlga tushib, Shouldan oldin Zifga kelishdi. U paytda Dovud odamlari bilan Yishmonning janubidagi Moyun choʻlining kimsasiz bir vodiysida edilar. 25 Shoul ham odamlari bilan Dovudni izlashga chiqdi. Dovud Shoulning kelayotganini eshitgach, Moyun choʻlining qoyalik joyiga borib yashirindi. Shoul buni bilib qolib, Dovudning orqasidan ketdi.
26 Shoul qirning bir tomonidan, Dovud bilan uning odamlari esa qirning boshqa tomonidan borishardi. Dovud tezda Shouldan qochib qutulmoqchi edi. Shoul esa sipohlari bilan Dovud odamlarining yoʻlini toʻsmoqchi boʻlib, oʻrab olayotgan edi. 27 Xuddi shu payt bir xabarchi kelib Shoulga:
— Tezroq yuring! Filistlar yurtimizga yopirildi, — deb qoldi.
28 Shoul Dovudni taʼqib qilish oʻrniga, Filistlar bilan jang qilgani qaytib ketdi. Shuning uchun oʻsha yerga “Qutulish qoyasi” deb nom berildi.