3–BOB
1 Qaranglar, Otamiz Xudo bizni farzandlarim deb, qanday buyuk bir sevgini koʻrsatdi! Haqiqatan ham, biz Uning farzandlarimiz. Dunyo Otamizni hech qachon tan olmagan, shuning uchun bizni ham Xudoning farzandlari deb tan olmayapti. 2 Ha, azizlarim, hozir biz Xudoning farzandlarimiz. Ammo kelajakda kim boʻlishimiz bizga hanuz ochilmagan. Faqat shuni bilamizki, oʻsha payt kelganda, biz Xudo singari boʻlamiz, chunki Xudoning Oʻzini koʻramiz. 3 Xudoga bunday umid bogʻlagan har bir odam Iso Masih singari pok boʻlishi uchun oʻzini poklaydi.
4 Gunoh qiluvchi har qanday odam Xudoga qarshi bosh koʻtargan boʻladi, chunki gunoh Xudoga qarshi bosh koʻtarmoq demakdir. 5 Masih esa gunohlarimizni yuvish uchun kelganini bilasizlar. Unda gunoh yoʻqligi oʻzingizga ayon. 6 Masih bilan yashagan har bir odam gunohdan yuz oʻgiradi. Gunoh qilib yurgan odam esa, Masihni koʻrmagan ham, tanimagan ham.
7 Aziz bolalarim , hech kim sizlarni aldamasin. Adolatli ish qiluvchi har qanday odam xuddi Masih singari odildir. 8 Gunoh qiluvchi esa iblis zotidandir. Chunki iblis azaldan gunoh qilib kelyapti. Ammo Xudoning Oʻgʻli iblisning ishlarini barbod qilish uchun keldi. 9 Xudoning bolalari gunoh qilmaydi, chunki Xudoning hayotbaxsh kuchi ularning ichidadir. Ular Xudoning bolalari boʻlganlari uchun gunohda yashamaydilar. 10 Adolatli ish qilmagan va oʻz birodarini sevmagan odam esa Xudodan emas. Demak, iblis bolalari bilan Xudo bolalarining farqi ana shundadir.
Bir–birimizni yaxshi koʻraylik!
11 Sizlar boshidan eshitgan kalom shu: bir–birimizni yaxshi koʻraylik! 12 Yovuz shayton zoti boʻlgan Qobilga oʻxshamaylik. U oʻz ukasini oʻldirgandi. Nima uchun ukasini oʻldirdi? Chunki uning ishlari qabih, ukasining ishlari esa toʻgʻri edi.
13 Ey birodarlarim, agar dunyo sizdan nafratlanayotgan boʻlsa, hayratlanmanglar. 14 Biz oʻlimdan hayotga oʻtganimizni bilamiz, chunki birodarlarimizni sevamiz. Birodarini sevmagan odam esa oʻlim iskanjasida qolgan. 15 Birodaridan nafratlangan har qanday kishi qotildir. Hech bir qotil abadiy hayotga ega boʻlmasligini bilasizlar. 16 Masih bizlar uchun jonini fido qildi, ana shundan biz haqiqiy sevgini bildik. Demak, biz ham birodarlarimiz uchun jonimizni fido qilishga burchlimiz. 17 Agar oʻzimizga toʻq boʻlib turib, muhtojlikda yashayotgan birodarimizni koʻrsak–u, unga yordam bermay yuragimizni tosh qilsak, qanday qilib bizda Xudoning sevgisi joy oladi?!
18 Aziz bolalarim, biz haqiqiy sevgimizni quruq gap bilan emas, amalda koʻrsataylik. 19-20 Shunda biz haqiqat ahli ekanimizga ishonch hosil qilamiz. Hattoki vijdonimiz qiynalganda ham “Xudo hamma narsani biladi, U vijdonimizdan ham ulugʻ” degan haqiqat bilan Xudoning huzurida oʻzimizni tinchlantira olamiz. 21 Agar vijdonimiz bizni qiynamasa, ey azizlarim, Xudo oldida dadil boʻlamiz 22 va Undan nima soʻrasak, U beradi. Chunki biz Uning amrlarini bajarib, Unga manzur boʻlgan ishlarni qilyapmiz. 23 Xudoning amri esa Uning Oʻgʻli Iso Masihga ishonishdan va Masih buyurganidek, bir–birimizni sevishdan iboratdir. 24 Xudoning amrlarini bajargan odam Xudo bilan birga va Xudo u bilan birga yashaydi. Xudo biz bilan yashayotganini U har birimizga bergan Ruhidan bilamiz.