10–BOB
Shoh Shoulning oʻlimi
1 Filistlar Isroil lashkari bilan jang qildi. Isroil lashkari Filistlarning oldiga tushib qochdi, koʻplari Gilbova togʻida halok boʻldi. 2 Filistlar Shoul bilan uning oʻgʻillari ortidan tushdilar. Natijada Shoulning oʻgʻillari Yoʻnatan, Abunadav va Malkishuva oʻldirildi. 3 Shoulning atrofida jang tobora avjiga chiqdi. Shu payt Filist kamonkashlari Shoulga qarata oʻq otdilar. Shoul yaralandi. 4 U qurolbardoriga:
— Qilichingni sugʻurgin–da, menga sanch, toki anavi sunnatsizlar kelib, meni xoʻrlamasinlar, — dedi.
Lekin qurolbardori qoʻrqdi, Shoulning aytganini qilmadi. Shunda Shoul qilichini qinidan sugʻurib, oʻzini qilich ustiga tashladi. 5 Qurolbardori ham Shoulning halok boʻlganini koʻrib, oʻzini qilichi ustiga tashlab, oʻldi. 6 Shunday qilib, Shoul, uning uchala oʻgʻli va butun xonadoni bir kunda halok boʻlishdi. 7 Yizril vodiysida yashaydigan Isroil xalqi oʻz sipohlarining qochganini, Shoul bilan oʻgʻillari oʻlganini koʻrishdi–yu, shaharlarini tashlab qochishdi. Filistlar bu shaharlarga kelib oʻrnashib olishdi.
8 Ertasi kuni Filistlar halok boʻlganlarni talon–taroj qilgani jang maydoniga kelishdi. Birdan ular Gilbova togʻida Shoul bilan uning oʻgʻillarining jasadlari yotganini koʻrib qolishdi. 9 Ular Shoulning kiyimlarini yechishdi, boshini kesib, qurollarini olishdi. Filist yurti boʻylab xabarchilar joʻnatib, bu xushxabarni oʻz butxonalarida eʼlon qilib, xalqqa eshittirishdi. 10 Shoulning qurol–aslahasini oʻz xudolari uyiga qoʻyishdi, boshini esa xudo Doʻgʻon uyining devoriga qoqib qoʻyishdi. 11 Giladdagi Yobosh aholisi Filistlarning Shoulni nimalar qilganini eshitishdi. 12 Shunda hamma jasur yigitlar Shoul bilan oʻgʻillarining jasadlarini olib, Yobosh shahriga keltirishdi. Suyaklarini Yoboshdagi eman daraxti tagiga dafn qilgach, yetti kun roʻza tutishdi .
13 Shunday qilib, Shoul Egamizga qilgan sadoqatsizligi uchun halok boʻlgan edi. U Egamizning soʻziga itoat etmadi. Buning ustiga, arvoh chaqiruvchiga maslahat solgan edi . 14 Egamizning xohish–irodasini esa soʻramadi. Shuning uchun Egamiz uni oʻldirib, shohlikni Essay oʻgʻli Dovudga berdi.