7–BOB
Yoʻlboshchilarning nazrlari
1 Muso Muqaddas chodirni oʻrnatib boʻlgan kuni Chodirga moy surtib, uni muqaddas qildi. Soʻng Chodirning barcha ashyolariga, qurbongohga va uning barcha buyumlariga moy surtib chiqib, muqaddas qildi.
2 Shundan keyin xalqni roʻyxatga olish uchun masʼul boʻlgan yoʻlboshchilar — Isroil qabilalarining urugʻboshilari oʻz nazrlarini keltirishdi. 3 Ularning Egamizga keltirgan nazrlari oltita soyabonli arava va oʻn ikkita hoʻkizdan iborat edi. Har bir yoʻlboshchi bittadan hoʻkiz va har ikkita yoʻlboshchi bittadan arava olib kelgan edi. Yoʻlboshchilar bu nazrlarini Egamizga Muqaddas chodir oldida taqdim qilishdi. 4 Shunda Egamiz Musoga aytdi: 5 “Ular olib kelgan narsalarni qabul qilib ol. Bu narsalardan Uchrashuv chodirida xizmat qilishda foydalaninglar. Levilar nima ish qilishlariga qarab, bu narsalarni ularga taqsimlab ber.”
6 Shunday qilib, Muso aravalarni va hoʻkizlarni levilarga taqsimlab berdi. 7 Gershon urugʻining qiladigan xizmati evaziga ikkita arava va toʻrtta hoʻkizni berdi. 8 Marori urugʻining qiladigan xizmati evaziga esa toʻrtta arava va sakkizta hoʻkizni berdi. Marori va Gershon urugʻlari ruhoniy Horunning oʻgʻli Itamar nazorati ostida Chodirda xizmat qilishardi. 9 Qohot urugʻiga esa Muso hech narsa bermadi, chunki ular Chodirning muqaddas ashyolari uchun masʼul edilar va bu ashyolarni yelkada koʻtarib borishlari lozim edi.
10 Muso qurbongohga moy surtib, uni muqaddas qilgandan keyin Isroil yoʻlboshchilari qurbongohning bagʻishlanishiga ham oʻz nazrlarini olib kelishdi. Ular nazrlarini qurbongoh oldiga qoʻyishdi. 11 Egamiz Musoga shunday degan edi: “Yoʻlboshchilar qurbongohni bagʻishlash marosimiga olib kelgan bu nazrlarni har kuni bittadan taqdim qilishsin.”

12 Birinchi kuni Yahudo qabilasidan Ominadavning oʻgʻli Naxshoʻn nazrlarini taqdim qildi.

13 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha . Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 14 Bulardan tashqari, Naxshoʻn tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 15 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 16 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 17 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Ominadav oʻgʻli Naxshoʻnning nazrlari ana shulardan iborat edi.
18 Ikkinchi kuni Issaxor qabilasining yoʻlboshchisi Zuvor oʻgʻli Natanil nazrlarini taqdim qildi.

19 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 20 Bulardan tashqari, Natanil tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 21 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 22 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 23 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Zuvor oʻgʻli Natanilning nazrlari ana shulardan iborat edi.
24 Uchinchi kuni Zabulun qabilasining yoʻlboshchisi Xalon oʻgʻli Eliyob nazrlarini taqdim qildi.

25 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 26 Bulardan tashqari, Eliyob tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 27 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 28 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 29 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Xalon oʻgʻli Eliyobning nazrlari ana shulardan iborat edi.
30 Toʻrtinchi kuni Ruben qabilasining yoʻlboshchisi Shaduvor oʻgʻli Elizur nazrlarini taqdim qildi.

31 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 32 Bulardan tashqari, Elizur tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 33 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 34 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 35 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Shaduvor oʻgʻli Elizurning nazrlari ana shulardan iborat edi.
36 Beshinchi kuni Shimoʻn qabilasining yoʻlboshchisi Zurishaday oʻgʻli Shalumiyol nazrlarini taqdim qildi.

37 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 38 Bulardan tashqari, Shalumiyol tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 39 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 40 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 41 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Zurishaday oʻgʻli Shalumiyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
42 Oltinchi kuni Gad qabilasining yoʻlboshchisi Duvel oʻgʻli Eliasaf nazrlarini taqdim qildi.

43 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 44 Bulardan tashqari, Eliasaf tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 45 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 46 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 47 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Duvel oʻgʻli Eliasafning nazrlari ana shulardan iborat edi.
48 Yettinchi kuni Efrayim qabilasining yoʻlboshchisi Omihud oʻgʻli Elishama nazrlarini taqdim qildi.

49 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 50 Bulardan tashqari, Elishama tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 51 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 52 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 53 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Omihud oʻgʻli Elishamaning nazrlari ana shulardan iborat edi.
54 Sakkizinchi kuni Manashe qabilasining yoʻlboshchisi Padozur oʻgʻli Gamaliyol nazrlarini taqdim qildi.

55 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 56 Bulardan tashqari, Gamaliyol tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 57 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 58 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 59 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Padozur oʻgʻli Gamaliyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
60 Toʻqqizinchi kuni Benyamin qabilasining yoʻlboshchisi Gidoʻnax oʻgʻli Avidon nazrlarini taqdim qildi.

61 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 62 Bulardan tashqari, Avidon tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 63 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 64 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 65 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Gidoʻnax oʻgʻli Avidonning nazrlari ana shulardan iborat edi.
66 Oʻninchi kuni Dan qabilasining yoʻlboshchisi Omishadayning oʻgʻli Oxazar nazrlarini taqdim qildi.

67 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 68 Bulardan tashqari, Oxazar tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 69 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 70 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 71 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Omishaday oʻgʻli Oxazarning nazrlari ana shulardan iborat edi.
72 Oʻn birinchi kuni Osher qabilasining yoʻlboshchisi Oxron oʻgʻli Paxiyol nazrlarini taqdim qildi.

73 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 74 Bulardan tashqari, Paxiyol tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 75 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 76 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 77 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Oxron oʻgʻli Paxiyolning nazrlari ana shulardan iborat edi.
78 Oʻn ikkinchi kuni Naftali qabilasining yoʻlboshchisi Enan oʻgʻli Oxir nazrlarini taqdim qildi.

79 U quyidagi nazrlarni berdi: ogʻirligi 330 misqol boʻlgan bitta kumush lagan, ogʻirligi 180 misqol boʻlgan bitta kumush togʻoracha. Ikkalasi ham don nazri uchun sifatli un bilan toʻldirilib, unga zaytun moyi aralashtirilgan edi. 80 Bulardan tashqari, Oxir tutatqi toʻldirilgan, ogʻirligi 25 misqol keladigan bitta oltin piyolani ham berdi. 81 U bitta buqani, bitta qoʻchqorni, bitta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini kuydiriladigan qurbonlik qildi, 82 bitta takani gunoh qurbonligi qildi, 83 ikkita hoʻkizni, beshta qoʻchqorni, beshta takani, beshta bir yoshli qoʻchqor qoʻzini tinchlik qurbonligi qildi. Enan oʻgʻli Oxirning nazrlari ana shulardan iborat edi.
84 Shunday qilib, Muso qurbongohga moy surtib, uni muqaddas qilgandan keyin, Isroil yoʻlboshchilari qurbongohning bagʻishlanishiga olib kelgan nazrlarning jami quyidagicha boʻldi: oʻn ikkita kumush lagan, oʻn ikkita kumush togʻoracha, oʻn ikkita oltin piyola. 85 Har bir kumush laganning ogʻirligi 330 misqol, har bir kumush togʻoracha 180 misqol edi . Hammasi boʻlib taqdim qilingan kumush buyumlarning ogʻirligi ikki pudga yaqin edi . 86 Tutatqi toʻldirilgan har bir oltin piyolaning ogʻirligi 25 misqol edi. Bu oʻn ikkita oltin buyumning umumiy ogʻirligi 300 misqol chiqdi. 87 Oʻn ikkita buqa, oʻn ikkita qoʻchqor, oʻn ikkita bir yoshli qoʻchqor qoʻzi kuydiriladigan qurbonlik qilindi, qurbonlikka qoʻshib qilinadigan don nazri ham keltirildi. Oʻn ikkita taka gunoh qurbonligi qilindi. 88 Yigirma toʻrtta hoʻkiz, oltmishta qoʻchqor, oltmishta taka, oltmishta bir yoshli qoʻchqor qoʻzi tinchlik qurbonligi qilindi. Muso qurbongohga moy surtib, uni muqaddas qilgandan keyin, qurbongohning bagʻishlanishiga ana shu nazrlar taqdim qilingan edi.
89 Muso Egamiz bilan gaplashish uchun Uchrashuv chodiriga kirganda, Egamizning ovozini eshitdi. Ovoz Ahd sandigʻining qopqogʻi ustidagi ikki karub orasidan kelayotgan edi.
7–БОБ
Йўлбошчиларнинг назрлари
1 Мусо Муқаддас чодирни ўрнатиб бўлган куни Чодирга мой суртиб, уни муқаддас қилди. Сўнг Чодирнинг барча ашёларига, қурбонгоҳга ва унинг барча буюмларига мой суртиб чиқиб, муқаддас қилди.
2 Шундан кейин халқни рўйхатга олиш учун масъул бўлган йўлбошчилар — Исроил қабилаларининг уруғбошилари ўз назрларини келтиришди. 3 Уларнинг Эгамизга келтирган назрлари олтита соябонли арава ва ўн иккита ҳўкиздан иборат эди. Ҳар бир йўлбошчи биттадан ҳўкиз ва ҳар иккита йўлбошчи биттадан арава олиб келган эди. Йўлбошчилар бу назрларини Эгамизга Муқаддас чодир олдида тақдим қилишди. 4 Шунда Эгамиз Мусога айтди: 5 “Улар олиб келган нарсаларни қабул қилиб ол. Бу нарсалардан Учрашув чодирида хизмат қилишда фойдаланинглар. Левилар нима иш қилишларига қараб, бу нарсаларни уларга тақсимлаб бер.”
6 Шундай қилиб, Мусо араваларни ва ҳўкизларни левиларга тақсимлаб берди. 7 Гершон уруғининг қиладиган хизмати эвазига иккита арава ва тўртта ҳўкизни берди. 8 Марори уруғининг қиладиган хизмати эвазига эса тўртта арава ва саккизта ҳўкизни берди. Марори ва Гершон уруғлари руҳоний Ҳоруннинг ўғли Итамар назорати остида Чодирда хизмат қилишарди. 9 Қоҳот уруғига эса Мусо ҳеч нарса бермади, чунки улар Чодирнинг муқаддас ашёлари учун масъул эдилар ва бу ашёларни елкада кўтариб боришлари лозим эди.
10 Мусо қурбонгоҳга мой суртиб, уни муқаддас қилгандан кейин Исроил йўлбошчилари қурбонгоҳнинг бағишланишига ҳам ўз назрларини олиб келишди. Улар назрларини қурбонгоҳ олдига қўйишди. 11 Эгамиз Мусога шундай деган эди: “Йўлбошчилар қурбонгоҳни бағишлаш маросимига олиб келган бу назрларни ҳар куни биттадан тақдим қилишсин.”

12 Биринчи куни Яҳудо қабиласидан Оминадавнинг ўғли Нахшўн назрларини тақдим қилди.

13 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача . Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 14 Булардан ташқари, Нахшўн тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 15 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 16 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 17 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Оминадав ўғли Нахшўннинг назрлари ана шулардан иборат эди.
18 Иккинчи куни Иссахор қабиласининг йўлбошчиси Зувор ўғли Натанил назрларини тақдим қилди.

19 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 20 Булардан ташқари, Натанил тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 21 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 22 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 23 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Зувор ўғли Натанилнинг назрлари ана шулардан иборат эди.
24 Учинчи куни Забулун қабиласининг йўлбошчиси Халон ўғли Элиёб назрларини тақдим қилди.

25 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 26 Булардан ташқари, Элиёб тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 27 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 28 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 29 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Халон ўғли Элиёбнинг назрлари ана шулардан иборат эди.
30 Тўртинчи куни Рубен қабиласининг йўлбошчиси Шадувор ўғли Элизур назрларини тақдим қилди.

31 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 32 Булардан ташқари, Элизур тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 33 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 34 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 35 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Шадувор ўғли Элизурнинг назрлари ана шулардан иборат эди.
36 Бешинчи куни Шимўн қабиласининг йўлбошчиси Зуришадай ўғли Шалумиёл назрларини тақдим қилди.

37 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 38 Булардан ташқари, Шалумиёл тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 39 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 40 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 41 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Зуришадай ўғли Шалумиёлнинг назрлари ана шулардан иборат эди.
42 Олтинчи куни Гад қабиласининг йўлбошчиси Дувел ўғли Элиасаф назрларини тақдим қилди.

43 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 44 Булардан ташқари, Элиасаф тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 45 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 46 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 47 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Дувел ўғли Элиасафнинг назрлари ана шулардан иборат эди.
48 Еттинчи куни Эфрайим қабиласининг йўлбошчиси Омиҳуд ўғли Элишама назрларини тақдим қилди.

49 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 50 Булардан ташқари, Элишама тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 51 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 52 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 53 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Омиҳуд ўғли Элишаманинг назрлари ана шулардан иборат эди.
54 Саккизинчи куни Манаше қабиласининг йўлбошчиси Падозур ўғли Гамалиёл назрларини тақдим қилди.

55 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 56 Булардан ташқари, Гамалиёл тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 57 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 58 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 59 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Падозур ўғли Гамалиёлнинг назрлари ана шулардан иборат эди.
60 Тўққизинчи куни Бенямин қабиласининг йўлбошчиси Гидўнах ўғли Авидон назрларини тақдим қилди.

61 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 62 Булардан ташқари, Авидон тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 63 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 64 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 65 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Гидўнах ўғли Авидоннинг назрлари ана шулардан иборат эди.
66 Ўнинчи куни Дан қабиласининг йўлбошчиси Омишадайнинг ўғли Охазар назрларини тақдим қилди.

67 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 68 Булардан ташқари, Охазар тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 69 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 70 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 71 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Омишадай ўғли Охазарнинг назрлари ана шулардан иборат эди.
72 Ўн биринчи куни Ошер қабиласининг йўлбошчиси Охрон ўғли Пахиёл назрларини тақдим қилди.

73 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 74 Булардан ташқари, Пахиёл тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 75 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 76 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 77 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Охрон ўғли Пахиёлнинг назрлари ана шулардан иборат эди.
78 Ўн иккинчи куни Нафтали қабиласининг йўлбошчиси Энан ўғли Охир назрларини тақдим қилди.

79 У қуйидаги назрларни берди: оғирлиги 330 мисқол бўлган битта кумуш лаган, оғирлиги 180 мисқол бўлган битта кумуш тоғорача. Иккаласи ҳам дон назри учун сифатли ун билан тўлдирилиб, унга зайтун мойи аралаштирилган эди. 80 Булардан ташқари, Охир тутатқи тўлдирилган, оғирлиги 25 мисқол келадиган битта олтин пиёлани ҳам берди. 81 У битта буқани, битта қўчқорни, битта бир ёшли қўчқор қўзини куйдириладиган қурбонлик қилди, 82 битта такани гуноҳ қурбонлиги қилди, 83 иккита ҳўкизни, бешта қўчқорни, бешта такани, бешта бир ёшли қўчқор қўзини тинчлик қурбонлиги қилди. Энан ўғли Охирнинг назрлари ана шулардан иборат эди.
84 Шундай қилиб, Мусо қурбонгоҳга мой суртиб, уни муқаддас қилгандан кейин, Исроил йўлбошчилари қурбонгоҳнинг бағишланишига олиб келган назрларнинг жами қуйидагича бўлди: ўн иккита кумуш лаган, ўн иккита кумуш тоғорача, ўн иккита олтин пиёла. 85 Ҳар бир кумуш лаганнинг оғирлиги 330 мисқол, ҳар бир кумуш тоғорача 180 мисқол эди . Ҳаммаси бўлиб тақдим қилинган кумуш буюмларнинг оғирлиги икки пудга яқин эди . 86 Тутатқи тўлдирилган ҳар бир олтин пиёланинг оғирлиги 25 мисқол эди. Бу ўн иккита олтин буюмнинг умумий оғирлиги 300 мисқол чиқди. 87 Ўн иккита буқа, ўн иккита қўчқор, ўн иккита бир ёшли қўчқор қўзи куйдириладиган қурбонлик қилинди, қурбонликка қўшиб қилинадиган дон назри ҳам келтирилди. Ўн иккита така гуноҳ қурбонлиги қилинди. 88 Йигирма тўртта ҳўкиз, олтмишта қўчқор, олтмишта така, олтмишта бир ёшли қўчқор қўзи тинчлик қурбонлиги қилинди. Мусо қурбонгоҳга мой суртиб, уни муқаддас қилгандан кейин, қурбонгоҳнинг бағишланишига ана шу назрлар тақдим қилинган эди.
89 Мусо Эгамиз билан гаплашиш учун Учрашув чодирига кирганда, Эгамизнинг овозини эшитди. Овоз Аҳд сандиғининг қопқоғи устидаги икки каруб орасидан келаётган эди.