99–SANO
Shukronalik sanosi.
1 Ey zamin ahli, Egamizga shodlik ila hayqiring,
2 Xursand boʻlib Egamizga sajda qiling,
Shodlanib, qoʻshiq aytib, Uning huzuriga keling.

3 Bilingki, Egamiz Xudodir,
Bizni yaratgan Udir, biz Unikimiz.
Biz Uning xalqimiz, yaylovidagi qoʻylarimiz.

4 Shukrona aytib, darvozalaridan kiring,
Hamdu sano aytib, hovlilariga kiring.
Shukrona aytib, Uning nomini olqishlang!

5 Egamiz yaxshidir,
Uning sodiq sevgisi abadiy davom etadi,
Sadoqati esa barcha nasllarga oʻtadi.