6–BOB
Oliy ruhoniylar xonadonining shajarasi
1 Levining oʻgʻillari Gershon, Qohot va Marori edi.
2 Qohotning oʻgʻillari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.
3 Imromning Horun va Muso ismli ikki oʻgʻli va Maryam ismli bir qizi bor edi.
Horunning oʻgʻillari Nadov, Abihu, Elazar va Itamar edi.
4 Elazardan Finxaz tugʻildi, Finxazdan Abushuva tugʻildi, 5 Abushuvadan Bukki tugʻildi, Bukkidan Uzzi tugʻildi, 6 Uzzidan Zaraxiyo tugʻildi, Zaraxiyodan Maroyoʻt tugʻildi, 7 Maroyoʻtdan Emoriyo tugʻildi, Emoriyodan Oxitob tugʻildi, 8 Oxitobdan Zodoʻx tugʻildi, Zodoʻxdan Oximas tugʻildi, 9 Oximasdan Ozariyo tugʻildi, Ozariyodan Yoʻxanon tugʻildi, 10 Yoʻxanondan Ozariyo tugʻildi. Shoh Sulaymon Quddusda qurgan Maʼbadda Ozariyo ruhoniy boʻlib xizmat qilgan edi. 11 Ozariyodan Emoriyo tugʻildi, Emoriyodan Oxitob tugʻildi, 12 Oxitobdan Zodoʻx tugʻildi, Zodoʻxdan Shallum tugʻildi, 13 Shallumdan Xilqiyo tugʻildi, Xilqiyodan Ozariyo tugʻildi, 14 Ozariyodan Sarayo tugʻildi, Sarayodan Yohuzadax tugʻildi.
15 Egamiz shoh Navuxadnazar orqali Yahudo va Quddus xalqini surgun qilganda , Yohuzadax ham badargʻa boʻlgan edi.
Levining boshqa nasli
16 Levining oʻgʻillari Gershon, Qohot va Marori edi.
17 Gershonning oʻgʻillari ismi Lubnax va Shimax edi.
18 Qohotning oʻgʻillari Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol edi.
19 Marorining oʻgʻillari Maxli va Mushi edi.
Ota xonadoniga koʻra, roʻyxatga olingan Levi urugʻlari quyidagilardan iborat edi:
20 Gershon nasli quyidagilar edi: Gershondan Lubnax tugʻildi, Lubnaxdan Yaxat tugʻildi, Yaxatdan Zimmo tugʻildi, 21 Zimmodan Yoʻx tugʻildi, Yoʻxdan Yiddo tugʻildi, Yiddodan Zerax tugʻildi, Zeraxdan Yotaray tugʻildi.
22 Qohotning nasli quyidagilar edi: Qohotdan Ominadav tugʻildi, Ominadavdan Koʻrax tugʻildi, Koʻraxdan Asir tugʻildi, 23 Asirdan Elqana tugʻildi, Elqanadan Abuasaf tugʻildi, Abuasafdan Asir tugʻildi, 24 Asirdan Taxat tugʻildi, Taxatdan Uriyol tugʻildi, Uriyoldan Uzziyo tugʻildi, Uzziyodan Shovul tugʻildi.
25 Elqananing Emosay va Oximoʻt degan ikki oʻgʻli bor edi. 26 Oximoʻtdan Elqana tugʻildi, Elqanadan Zoʻfay tugʻildi, Zoʻfaydan Naxat tugʻildi, 27 Naxatdan Eliyob tugʻildi, Eliyobdan Yeroxam tugʻildi, Yeroxamdan Elqana tugʻildi, Elqanadan Shomuil tugʻildi .
28 Shomuilning ikki oʻgʻli bor edi, toʻngʻichining ismi Yoʻel, kenjasining ismi Abiyo edi.
29 Marorining nasli quyidagilar edi: Maroridan Maxli tugʻildi, Maxlidan Lubnax tugʻildi, Lubnaxdan Shimax tugʻildi, Shimaxdan Uzzox tugʻildi, 30 Uzzoxdan Shimo tugʻildi, Shimodan Xaggiyo tugʻildi, Xaggiyodan Osoyoh tugʻildi.
Maʼbad sozandalari
31 Ahd sandigʻi Egamizning uyiga kelgandan keyin, Dovud u yerdagi xizmatga sozandalar tayinlagandi. 32 Sulaymon Quddusda Egamizning uyini qurgunga qadar, ular Muqaddas chodirning oldida qoʻshiq aytib xizmat qilishardi. Oʻz xizmatlarini berilgan koʻrsatmalar asosida ado etishardi. 33 U yerda xizmat qilgan odamlar quyidagi urugʻlardan edi:
Qoʻshiqchi Xaman Qohot urugʻidan boʻlib, uning nasabnomasi quyidagicha edi: Xaman — Yoʻelning oʻgʻli, Yoʻel — Shomuilning oʻgʻli, 34 Shomuil — Elqananing oʻgʻli, Elqana — Yeroxamning oʻgʻli, Yeroxam — Eliyolning oʻgʻli, Eliyol — Toʻvaxning oʻgʻli, 35 Toʻvax — Zufning oʻgʻli, Zuf — Elqananing oʻgʻli, Elqana — Maxatning oʻgʻli, Maxat — Emosayning oʻgʻli, 36 Emosay — Elqananing oʻgʻli, Elqana — Yoʻelning oʻgʻli, Yoʻel — Ozariyoning oʻgʻli, Ozariyo — Zafaniyoning oʻgʻli, 37 Zafaniyo — Taxatning oʻgʻli, Taxat — Asirning oʻgʻli, Asir — Abuasafning oʻgʻli, Abuasaf — Koʻraxning oʻgʻli, 38 Koʻrax — Izxorning oʻgʻli, Izxor — Qohotning oʻgʻli, Qohot — Levining oʻgʻli, Levi — Yoqubning oʻgʻli.
39 Xamanning oʻng qoʻl yordamchisi Osif ismli qarindoshi edi. Osifning nasabnomasi quyidagicha edi: Osif — Barxiyoning oʻgʻli, Barxiyo — Shimoning oʻgʻli, 40 Shimo — Mikoyilning oʻgʻli, Mikoyil — Bosiyoning oʻgʻli, Bosiyo — Malkiyoning oʻgʻli, 41 Malkiyo — Itnoning oʻgʻli, Itno — Zeraxning oʻgʻli, Zerax — Odayoning oʻgʻli, 42 Odayo — Etxanning oʻgʻli, Etxan — Zimmoning oʻgʻli, Zimmo — Shimaxning oʻgʻli, 43 Shimax — Yaxatning oʻgʻli, Yaxat — Gershonning oʻgʻli, Gershon — Levining oʻgʻli.
44 Xamanning chap qoʻl yordamchisi Etxan ismli qarindoshi edi. U Marori urugʻidan edi. Etxanning nasabnomasi quyidagicha edi: Etxan — Xishining oʻgʻli, Xishi — Abdining oʻgʻli, Abdi — Malluxning oʻgʻli, 45 Mallux — Xashaviyoning oʻgʻli, Xashaviyo — Emoziyoning oʻgʻli, Emoziyo — Xilqiyoning oʻgʻli, 46 Xilqiyo — Omzining oʻgʻli, Omzi — Banixning oʻgʻli, Banix — Shamerning oʻgʻli, 47 Shamer — Maxlining oʻgʻli, Maxli — Mushining oʻgʻli, Mushi — Marorining oʻgʻli, Marori — Levining oʻgʻli.
48 Xudoning uyidagi boshqa hamma xizmatga Levi qabilasining qolgan aʼzolari tayinlangan edilar.
Horunning nasli
49 Faqat Horun va uning nasli qurbongohda qurbonlik kuydirib, tutatqi qurbongohida xushboʻy tutatqi tutatishlari mumkin edi. Ular Eng muqaddas xonadagi barcha xizmatni ado etib, Xudoning quli Muso bergan hamma buyruqlarga koʻra, Isroil xalqini gunohdan poklar edilar.
50 Horunning nasli quyidagilar edi: Horunning oʻgʻli — Elazar, Elazarning oʻgʻli — Finxaz, Finxazning oʻgʻli — Abushuva, 51 Abushuvaning oʻgʻli — Bukki, Bukkining oʻgʻli — Uzzi, Uzzining oʻgʻli — Zaraxiyo, 52 Zaraxiyoning oʻgʻli — Maroyoʻt, Maroyoʻtning oʻgʻli — Emoriyo, Emoriyoning oʻgʻli — Oxitob, 53 Oxitobning oʻgʻli — Zodoʻx, Zodoʻxning oʻgʻli — Oximas.
Levilar yashagan shaharlar
54 Levilarga ajratilgan shaharlardan Qohot urugʻining Horun nasli birinchi boʻlib ulush olgan edi. Ularga qurʼa boʻyicha berilgan hududga 55 Yahudo yurtidagi Xevron shahri va uning atrofidagi yaylovlar kirgan edi. 56 Ammo oʻsha shaharning atrofidagi dalalaru qishloqlar Yafunax oʻgʻli Xolibga berildi. 57 Horun nasliga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: panoh shahar Xevron, bundan tashqari, Libna, Yatir, Eshtamoʻva, 58 Xoʻlun , Davir, 59 Oyin , Yutto va Bayt–Shamash. 60 Benyamin qabilasining hududidan quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: Givon , Gebo, Elimat va Onotoʻt. Qohot urugʻining Horun nasliga hammasi boʻlib oʻn uchta shahar berildi. 61 Qohot naslining qolganlariga esa Iordanning gʻarb tomonidagi Manashe qabilasiga qarashli hududdan oʻnta shahar qurʼa boʻyicha taqsimlab berildi.
62 Gershon urugʻiga, xonadonlariga koʻra, Issaxor, Osher, Naftali va Bashandagi Manashe qabilalarining hududlaridan oʻn uchta shahar qurʼa boʻyicha berildi.
63 Marori urugʻiga, xonadonlariga koʻra, Ruben, Gad va Zabulun qabilalarining hududlaridan oʻn ikkita shahar qurʼa boʻyicha berildi.
64 Shunday qilib, Isroil xalqi levilarga yashash uchun shaharlarni va oʻsha shaharlar atrofidagi yaylovlarni ajratib berdi. 65 Yuqorida nomlari aytib oʻtilgan Yahudo, Shimoʻn va Benyamin qabilalari hududlaridan ajratilgan shaharlar ham qurʼa boʻyicha taqsimlangan edi.
66 Qohot urugʻining baʼzi xonadonlariga Efrayim qabilasining hududidan quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: 67 Efrayim qirlaridagi panoh shahar Shakam, Gezer, 68 Yoxmayom, Bayt–Xoʻron, 69 Oyjavlon va Gat–Rimmon. 70 Qohot urugʻining qolgan xonadonlariga esa Iordanning gʻarb tomonidagi Manashe qabilasining yarmiga qarashli ikki shahar berildi: Onar va Bilom. Bu shaharlarning atrofidagi yaylovlar ham ularga berildi.
71 Gershon urugʻiga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi:
Iordanning sharq tomonidagi Manashe qabilasining hududidan — Ashtaroʻt va Bashandagi Goʻlon,
72 Issaxor qabilasining hududidan — Kedesh, Dovarat, 73 Ramoʻt va Onem,
74 Osher qabilasining hududidan — Moshol, Abdoʻn, 75 Huqqoq va Rexob,
76 Naftali qabilasi hududidan — Xammon, Xiratayim va Jaliladagi Kedesh.
77 Marori urugʻining qolgan xonadonlariga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi:
Zabulun qabilasining hududidan — Yoxnayom, Kartax , Rimmono va Tovur,
78-79 Yerixo roʻparasidagi Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan Ruben qabilasining hududidan — Yaxaz , Kadamoʻt, Mifat va choʻldagi Bazer,
80 Gad qabilasining hududidan — Giladdagi Ramoʻt, Moxanayim, 81 Xashbon va Yazir.
© © Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020