25–BOB
Bildad uchinchi marta gapiradi: inson zoti solih boʻla olmasligi haqida
1 Shunda Shuvaxlik Bildad dedi:

2 “Xudo haybatli hukmrondir!
Samolarda U tinchlik oʻrnatadi.
3 Uning lashkarlarini kim sanay oladi?!
Axir, Uning nuri butun yer yuzini yoritadi–ku!
4 Shunday ekan, inson zoti qanday qilib
Xudo oldida solihlikka daʼvo qila oladi?!
Ayoldan tugʻilganlar qanday qilib pok boʻla oladi?!
5 Xudoning nazarida hatto oy ham yorugʻmas,
Yulduzlar ham pok emas.
6 Shunday ekan, inson kim boʻlibdi?!
Axir, u bir qurt–ku,
Odamzod bir pashshaday–ku!”