8–BOB
Yana Benyamin nasli haqida
1 Benyaminning beshta oʻgʻli bor edi. Toʻngʻich oʻgʻli — Belax, ikkinchisi — Oshbol, uchinchisi — Axrax, 2 toʻrtinchisi — Noʻxax, beshinchisi Rafa edi.
3 Belaxning oʻgʻillari quyidagilardir: Adar, Gera, Abihud, 4 Abushuva, Noʻmon, Oxoʻva, 5 Gera, Shafufon va Xurom.
6-7 Ehudning Noʻmon, Oxiyo va Gera ismli oʻgʻillari boʻlib, ular Gebo shahri aholisining urugʻboshilari edilar. Gebo aholisi Monaxatga quvib yuborilganda, Gera xalqni boshlab ketgan edi. Geraning Uzzo va Oxixud ismli ikki oʻgʻli bor edi.
8 Shaxarayim ikkala xotini Baro va Xushimni qoʻyib yuborgandan keyin, Moʻab yurtida oʻgʻillar koʻrgan edi. 9 Hoʻdash ismli yangi xotini unga Yoʻvov, Zibiyo, Mesho, Malkam, 10 Yus, Sahiyo va Mirmo degan yetti oʻgʻil tugʻib bergan edi. Shaxarayimning bu hamma oʻgʻillari urugʻboshilar edilar. 11 Shaxarayimning yana Abutav va Elfal degan ikkita oʻgʻli ham bor edi. Shaxarayim Moʻabga koʻchib kelmasdan oldin, bu oʻgʻillarni unga xotini Xushim tugʻib bergan edi.
12-13 Elfalning Ibir, Mishom, Shamad, Bariyo va Shema degan oʻgʻillari bor edi. Shamad Onoʻ va Loʻd shaharlarini, shuningdek, bularning atrofidagi qishloqlarni barpo qilgan edi. Bariyo bilan Shema esa Oyjavlon shahri aholisining urugʻboshilari boʻlib, Gat aholisini quvib yuborgan edilar.
14 Oxyo, Shoshax, Yorimoʻt, 15 Zabadiyo, Arod, Eder, 16 Mikoyil, Yishpo va Yoʻxo Bariyoning oʻgʻillari edi.
17 Zabadiyo, Mashullom, Xizqi, Xaber, 18 Yishmaray, Yizliyo va Yoʻvov Elfalning oʻgʻillari edi.
19 Yaxim, Zixri, Zabdi, 20 Elivenay, Zillatay, Eliyol, 21 Odayo, Baroyo va Shimrot Shimaxning oʻgʻillari edi.
22 Yishpon, Ibir, Eliyol, 23 Abdoʻn, Zixri, Xanon, 24 Xanoniyo, Elam, Ontoʻtiyo, 25 Yifdayo va Panuval Shoshaxning oʻgʻillari edi.
26 Shamsharay, Shaxariyo, Otaliyo, 27 Yarshiyo, Ilyos va Zixri Yeroxamning oʻgʻillari edi.
28 Ularning hammasi oʻz naslining urugʻboshilari boʻlib, ismlari oʻz nasli nasabnomasida qayd etilgan edi. Ular Quddusda yashadilar.
29 Yaviyol Givon shahriga asos solib, oʻsha shaharda oʻrnashdi . Xotinining ismi — Maxo, 30 toʻngʻich oʻgʻlining ismi — Abdoʻn, keyingilariniki Zur, Kish, Baal, Nar , Nadov, 31 Gadoʻr, Oxyo, Zakariyo 32 va Mixloʻt edi. Mixloʻt Shimomning otasi edi. Ular Quddusda oʻz urugʻlari bilan yonma–yon yashardi.
Shoh Shoulning nasli
33 Nar — Kishning otasi, Kish shoh Shoulning otasi edi. Shoulning toʻrtta oʻgʻli boʻlib, ismlari Yoʻnatan, Malkishuva, Abunadav va Ishbosit edi.
34 Yoʻnatandan Mefibosit tugʻildi, Mefibositdan Mixo tugʻildi.
35 Mixoning Pitoʻn, Malek, Tariya va Oxoz degan oʻgʻillari bor edi.
36 Oxozdan Yohuvaddo tugʻildi, Yohuvaddodan Elimat, Ozmobit va Zimri tugʻildilar. Zimridan Moʻzo tugʻildi, 37 Moʻzodan Bina tugʻildi, Binadan Rafiyo tugʻildi, Rafiyodan Elasax tugʻildi, Elasaxdan Oziyol tugʻildi.
38 Oziyolning oltita oʻgʻli boʻlib, ularning ismlari Ozrikom, Boxaru, Ismoil, Shariyo, Obodiyo va Xanon edi. Bularning hammasi Oziyolning oʻgʻillari edi.
39 Oziyolning ukasi Eshexning uchta oʻgʻli boʻlib, toʻngʻichi — Ulom, ikkinchisi — Yoush, uchinchisi Elifalet edi. 40 Ulomning oʻgʻillari bahodir jangchi va kamonkashlar edilar. Ularning koʻp oʻgʻillari va nabiralari bor edi, hammasi boʻlib 150 nafar edi.
Benyamin qabilasi mana shulardan iborat edi.